⬅ Qiziqarli Grammatika bo'limiga qaytish

Congiuntivo trapassato

Sizga qiziq bo'lishi mumkin:

  1. Congiuntivo presente
  2. Congiuntivo passato
  3. Congiuntivo imperfetto

Congiuntivo trapassato o'tgan zamonda ifodalangan subyektiv fikr, his-tuyg'u, umid yoki gumondan oldinroq sodir bo'lib o'tgan va tugallangan voqea-hodisalar uchun qo'llaniladi. Ya'ni, bosh gapdagi harakat o'tgan zamonda bo'ladi, ergash gapdagi harakat esa undan ham oldin yuz bergan bo'ladi.

Pietro pensava che io avessi lavorato in banca. – Pietro meni bankda ishlagan (oldinroq ishlagan) deb o`ylagan edi.

Yasalishi:

Congiuntivo trapassato murakkab zamon hisoblanadi. U yordamchi fe'llar (essere yoki avere) ning congiuntivo imperfetto shakliga asosiy fe'lning participio passato (o'tgan zamon sifatdoshi) shaklini qo'shish orqali yasaladi.

Endi congiuntivo trapassatodagi to'g'ri fellarning tuslanishini ko'rib chiqamiz (essere yordamchi fe'li bilan kelganda jins va songa moslashishiga e'tibor bering):

Shaxs andare (essere bilan) vedere (avere bilan) finire (avere bilan)
Io fossi andato/a avessi visto avessi finito
Tu fossi andato/a avessi visto avessi finito
Lui/Lei fosse andato/a avesse visto avesse finito
Noi fossimo andati/e avessimo visto avessimo finito
Voi foste andati/e aveste visto aveste finito
Loro fossero andati/e avessero visto avessero finito

Congiuntivo trapassatoda ba'zi noto'g'ri fe`llar (ularning o'zgarishi asosan participio passato qismining noto'g'ri yasalishi bilan bog'liq):

Shaxs essere avere fare dire stare
Io fossi stato/a avessi avuto avessi fatto avessi detto fossi stato/a
Tu fossi stato/a avessi avuto avessi fatto avessi detto fossi stato/a
Lui/Lei fosse stato/a avesse avuto avesse fatto avesse detto fosse stato/a
Noi fossimo stati/e avessimo avuto avessimo fatto avessimo detto fossimo stati/e
Voi foste stati/e aveste avuto aveste fatto aveste detto foste stati/e
Loro fossero stati/e avessero avuto avessero fatto avessero detto fossero stati/e

Qo'llanilish qoidalari:

Congiuntivo trapassatoda bosh gap har doim o`tgan zamon shakllarida (passato prossimo, imperfetto, passato remoto) yoki condizionale passato (o'tgan zamon shart mayli) da keladi.

  • Imperfetto + Congiuntivo trapassato:

    Pensavo che le sigarette fossero rimaste nella borsa. – Sigaretlar sumkada qolib ketgan deb o`ylagandim.

  • Passato prossimo + Congiuntivo trapassato:

    Ho sperato che tu avessi studiato bene. – Yaxshi tayyorgarlik ko'rgansan deb umid qilgandim.

Muhim: Congiuntivo trapassato italyan tilida 3-toifa shart gaplarida (Periodo ipotetico dell'irrealtà nel passato) o'tgan zamondagi ushalmagan orzu yoki qilinmagan shartlarni ifodalashda juda faol ishlatiladi. Bunda bosh gap Condizionale passato da keladi:

Se avessi studiato di più, avrei superato l'esame.Agar ko'proq o'qiganimda edi (lekin o'qimadim), imtihondan o'tgan bo'lardim.

Mi sarebbe piaciuto che tu fossi venuto con me al mare. – Men bilan dengizga borishingni xohlagan bo'lardim (ammo bormading).

⬅ Qiziqarli Grammatika bo'limiga qaytish