Bog’lovchi (la congiunzione)
Bog’lovchi so’zlarni, gaplarni bir-biriga bog’lash uchun ishlatiladi. Italyan tilida bog’lovchi sodda (semplice) va murakkab (composta) bo’ladi.
1. Sodda bo’glovchilar: e (va), ma (ammo; balki)
2. Murakkab: perchè (nima uchun; negaki)
Vazifasiga ko’ra bog’lovchilar teng (coordinanti) va ergashtiruvchi (subordinanti) bo’ladi.
Teng bog’lovchilar (le congiunzioni coordinanti)
Ikkita so’z, ikkita gapni tenglik asosida bog’laydi. Italyan tilida teng bog’lovchilarning quyidagi turlari bor:
- Teng bog’lovchilar (copulative) - e (va), anche (ham), nè (na), neppure (hatto), nemmeno hattoki), neanche (hattoki)
Verrà anche lui - u ham keladi
Non è bello nè simpatico - u na chiroyli, na yoqimtoy
- Ayiruv (disgiuntive) - o (yo), ovvero (yoki), oppure (yoki, yohud), altrimenti (aks holda)
Arriverà oggi oppure domani - bugun yoki ertaga keladi
Prendi un tè o un caffè? - choy olasanmi yo qahva?
- Zidlov (avversative) - ma (ammo), tuttavia (shunga qaramay, biroq), invece (aksincha, qaramasdan), anzi (aksincha), pure (biroq, -ga qaramasdan, hech bo’lmasa)
Oggi è una magnifica giornata, pure preferisco restare in casa - bugun ajoyib kun bo’lishiga qaramasdan, uyda qolishni afzal ko’raman
Luigi è andato a lezione, invece carlo ha preferito studiare in biblioteca - luiji darsga ketdi, aksincha karlo kutubxonada o’qishni afzal ko’rdi
- Aniqlov (dichiarative) - cioè (ya’ni), infatti (darhaqiqat), diffati (haqiqatan), ossia (ya’ni, boshqacha aytganda)
Mia zia, cioè la sorella di mia made - mening xolam, ya’ni onamning opasi
Non è venuta a lezione, diffati è a casa con la febbre - darsga kelmadi, haqiqatan u uyda isitmalab yotibdi
- Xulosalovchi (conclusive) - perciò (shuning uchun), dunque (shunga ko’ra), pertanto (shu sababli), quindi (demak, binobarin), sicchè (shunday qilib)
Ho finito, quindi me ne posso andare - tugatdim, demak ketishim mumkin
È uscito senza sciarpa, perciò gli è venuto mal di gola - u sharfsiz ketdi, shuning uchun tomog’i og’rib qaytdi
- Takror (correlative) - e…e (va…va), o…o (yo…, yo…), nè…nè (na..,na…), così…come (qanday.., shunday…), non solo…ma anche (-ga qaramasdan)
Non solo è giovane, ma è anche brava - u yosh bo’lishiga qaramasdan aqllidir
Ergashtiruvchi bog’lovchilar (le congiunzioni subordinanti)
Ikki yoki undan ortiq gaplarni tobelik asosida bog’laydi. Italyan tilida ergashtiruvchi bog’lovchilarning quyidagi turlari bor:
- Sabab (causali) - perchè (chunki), poichè (negaki), siccome (shuning uchunki, sababli, modomiki), che (-ki), giacchè (chunki)
non sono potuta entrare nella sala - kech kelganligim sababli, zalga hira olmadim
- Maqsad (finali) - affinchè (uchun, maqsadda, -ga), che (-ki), perchè (chunki, negaki, shuning uchunki)
Te lo dico perchè (affinchè) tu ti renda conto - uni senga aytaman, chunki o’zingga javob bera olasan
- Vaqt (temporali) - quando (qachon), mentre (paytda, -da, o’sha kezda), allora (hozirgina), prima che (qadar, -guncha, -dan oldin)
Vieni quando puoi - qachon xohlasang kel
Mentre passeggiava canticchiava a bassa voce - sayr qilayotgan paytda past ovozda kuylar edi
- Aniqlov (dichiarative) - che (-ki), come (hozirgina, shu zahoti)
Credo che venga - ishonamanki, keladi
- Natija (consecutive) - così…che (shunday … -ki, shunday, shunaqa), tanto…da (shu qadar)
Era tanto arrabiato da tremare - qo’rqqanligidan shu qadar asabiy edi
- Modal (modali) - come (qanday, shunday), così (shunaqa), quasi (xuddi), comunque (shunday bo’lsa-da, shunga qaramay, -masin), senza che (-dan, oldidan)
Fa come vuoi - qanday xohlasang, shunday bajar
Comunque si comporti, ha sempre torto - u har doim haqligidan, o’zini shunday tutardi
- To’siqsiz (concessive) - benchè (qaramay, garchi), quantunque (-sa ham, garchi, qaramasdan, bo’lsa ham), sebbene (qaramasdan, garchi), nonostante (qaramasdan)
Benchè fosse mattina non c’era il sole - kunduz bo’lishiga qaramasdan, quyosh yo’q edi
Sebbene avesse studiato molto non superò l’esame - juda ko’p o’qigan bo’lsa ham, imtihondan yiqildi
Nonostante le buone intenzioni, ricominciò a fumare - ajoyib maqsadlarga qaramasdan, chekishni qaytadan boshladi
- Qiyosiy-chog’ishtiruv (comparative) - come (xuddi, -dek, kabi), più di (ko’p, marta katta), meno di (ozroq, kam, marta kam)
Le scarpe costavano meno di quanto credessi - oyoq kiyimlar o’ylaganimdan arzonroq turar ekan
- So’roq (interrogative) - che (nima), perchè (nima uchun, nega), quando (qachon), come (qanday)
Dimmi perchè sei in ritardo? - aytchi, nega kech qolding?
Quando sei arrivato? - qachon yetib kelding?
- Ayiruv-chegaralovchi (eccettuative) - ecceto che (-dan tashqari), tranne che/ trannechè (-dan bo’lak, -dan mustasno), fuorchè (-dan boshqa, -dan istisno), salvo che (agar..., -sa)
Non darò le dimissioni, salvo che me lo impongano - faqatgina meni bunga majbur qilgan taqdirda, uni ishdan bo’shataman
Prepare tutto per la partenza tranne che (fuorchè) chiudere la valigia - chamadonni yopishdan bo’lak, barcha narsani ketish uchun tayyorladim
- Shart (condizionali) - se (agar), purchè (sharti bilan, zahoti), qualora (bilanoq, agar)
Se hai detto la verità non devi temere nulla - agar haqiqatni aytgan bo’lsang, hech narsadan qo’rqmasliging kerak
Ti perdenerò purchè tu dica la verita - rostini aytganliging sharti bilan seni kechiraman
Qualora decidessi di partire, avvertimi - agar jo’nab ketishni qaror qilsang, meni ogohlantir
Mavzu yuzasidan