⬅ Yangiliklar bo'limiga qaytish

Loyiha haqida

Rasm

Eng chiroyli, jozibador til ― fransuz tili, diplomatiya tili ― ingliz tili, eng dag’al, qo’pol til ― nemis tili hisoblansa, eng musiqiy til esa italyan tili hisoblanadi. Bejizga “dushmaningni qo’rqitmoqchi bo’lsang, nemis tilida; ishda muvaffaqiyat qozonmoqchi bo’lsang, ingliz tilida; sevganingga sevgi izhor qilmoqchi bo’lsang, italyan tilida so’zla” deyishmagan. Italyan tili ― eng ko’p o’rganilayotgan 5 ta til qatoriga kiradi. O’zbekistonda ham bu tilga o’qitish ishlari yetarlicha yo’lga qo’yilgan, chunonchi, Samarqand davlat chet tillari institutida italyan tili yo’nalishining mavjudligi, Toshkent shahridagi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022-yildan buyon italyan tili kafedrasining mavjudligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ikkinchi til sifatida o'qitilishi hamda boshqa bir qator oliygohlarda 2-til sifatida o'qitilishi so’zimizga isbot bo’la oladi.

Internet olamida italyan tili haqidagi o’zbekcha ma’lumotlarning yo’qligi, mavjud darslik va qo’llanmalarning kamligi hamda ularning, asosan, rus tilida ekanligi bu loyihani yaratishda turtki bo’ldi. Bu sayt barcha italyan tilini o’rganmoqchi bo’lganlar, bu tilga qiziqqanlar uchun foydali manba bo’ladi degan umiddamiz. Saytimiz italyan tilini o’rgatish bo’yicha ilk saytlardan bo’lib, keyinchalik uning ma’lumotlar omborini kengaytirish, unga yangi loyihalarni qo’shish niyatimiz bor. Yurtimizda turizm sohasiga berilayotgan ulkan e’tibor, kelayotgan turistlar orasida italiyaliklarning o’rni salmoqli ekanligini hisobga olsak, italyan tilini o’rganish ham foydali, ham daromadli ekanligi ma’lum bo’ladi. Saytimizdagi ma’lumotlar asta-sekin to’ldirilib boriladi. Saytdagi ma’lumotlar, asosan, initaliano.ru, studyitalian.ru, italian-online.ru saytlaridan va boshqa internet saytlaridan, Samarqand davlat chet tillari institutining ispan-italyan kafedrasi kutubxonasidagi manbalardan hamda boshqa manbalardan tarjima qilish orqali olindi. Saytimizda italyan tili grammatikasi bo’yicha boshlang’ich ma’lumot olish, testlar ishlash, italyan tilidagi mediafayllarni ko’rish, foydali ma’lumotlar olish mumkin.

Loyiha yangi bo’lib, kamchilik va xatolardan holi emas, albatta. Shu sababli, agar saytimizda biror xato va kamchilikka duch kelsangiz, bu haqida xabar berishingizni so’rab qolgan bo’lardik. Agar sizda taklif, savol yoki shikoyatlar mavjud bo’lsa, saytning qayta aloqa bo’limidan bizga xabar yo’llashingiz mumkin.

Hurmat bilan, MUSTAFAYEV SHAXBOZ - loyiha asoschisi

💬 0 Izohlar

🤖 7 + 3 =
Hali izohlar yo'q. Fikr bildirib, munozarani boshlab bering! ✨
⬅ Yangiliklar bo'limiga qaytish
Sayt rivojiga hissa qo'shing!
inITALIA.uz loyihasi doimiy ravishda bepul va foydali bo'lib qolishi uchun o'z yordamingizni ayamang. Sizning kichik e'tiboringiz loyiha uchun juda muhim!
💳 Loyihani qo'llab-quvvatlash
Ushbu oyna avtomatik 15 soniyadan so'ng yopiladi