⬅ Ortga qaytish

Periodo ipotetico

Rasm

Shart maylli gaplar (Periodo Ipotetico) haqida bilishingiz kerak bo'lgan barcha narsalar

Shart maylli gaplar (italyancha "Periodo Ipotetico") italyan tilidagi eng muhim, shu bilan birga biroz murakkab bo'lgan grammatik mavzulardan biridir.

Bu qoida ma'lum bir shartni (protasi) va uning natijasini (apodosi) ifodalab, turli taxminlar, farazlar va qandaydir shart bajarilsa yuz berishi mumkin bo'lgan holatlarni tushuntirishga yordam beradi.

Italyan tilini o’rganayotganlar uchun bu qoidani yaxshi o'zlashtirish italyan tilida yuqori darajaga chiqish hamda o'z fikrlarini aniq va chiroyli tushuntira olish uchun juda muhimdir.

Shart maylli gap o'zi nima?

Shart maylli gap bir-biriga uzviy bog'langan ikkita qismdan tashkil topadi:

  • Shart qismi (yunoncha "protasi"): bu qism gapdagi shartni bildiradi va odatda "se" (agar) so'zi bilan boshlanadi.
  • Natija qismi (yunoncha "apodosi"): bu qism asosiy gap bo'lib, o'sha shart bajarilganda qanday natija kelib chiqishini tushuntiradi.

Misol:

"Se piove (protasi), resto a casa (apodosi)." - "Agar yomg'ir yog'sa (shart qismi), uyda qolaman (natija qismi)."

Bu qismlarning o'rnini bemalol almashtirish ham mumkin:

"Resto a casa (apodosi) se piove (protasi)." - "Uyda qolaman (natija qismi), agar yomg'ir yog'sa (shart qismi)."

Asosiy xususiyatlari

Shart maylli gaplarning italyan tili grammatikasida uni o'ziga xos qilib turadigan bir nechta xususiyatlari bor:

  1. Mantiqiy bog'liqlik: Natija har doim shartning bajarilishiga bog'liq bo'ladi.
  2. Tuzilishdagi erkinlik: Gap qismlarining o'rnini almashtirish ma'noni o'zgartirmaydi.
  3. Zamonlarning xilma-xilligi: Bu gaplar hozirgi, o'tgan yoki kelasi zamon haqida bo'lishi mumkin.
  4. Ehtimollik darajalari: Voqeaning amalga oshish ehtimoli yuqori, past yoki umuman imkonsiz ekanligini ko'rsatib beradi.

Shart maylli gaplarning 3 ta asosiy turi

Italyan tili grammatikasida shart maylli gaplarning uchta asosiy turi bor. Ularning har biri o'ziga xos zamonlar, mayllar va amalga oshish ehtimoliga ega:

1. Real holatlar uchun shart maylli gaplar (Realtà)

Bu tur amalga oshishi mumkin bo'lgan va ehtimoli juda yuqori bo'lgan (real) holatlarni bildiradi.

Qolipi: Se + indicativo (hozirgi/kelasi/o'tgan zamon) + indicativo (hozirgi/kelasi zamon) yoki imperativo (buyruq mayli).

Misollar:

"Se studi con impegno, supererai l’esame." - "Agar qunt bilan o'qisang, imtihondan o'tasan." (hozirgi + kelasi zamon)

"Se hai fame, mangia qualcosa." - "Agar qorning och bo'lsa, biror narsa yegin." (hozirgi zamon + buyruq mayli)

"Se pioverà domani, annulleremo la gita." - "Agar ertaga yomg'ir yog'sa, sayohatni bekor qilamiz." (kelasi + kelasi zamon)

"Se hai finito i compiti, puoi uscire." - "Agar darslaringni tugatgan bo'lsang, ko'chaga chiqishing mumkin." (o'tgan + hozirgi zamon)

Birinchi turning boshqa ma'nolari:

Bu tur turli zamonlar bilan kelib, quyidagi ma'nolarni ham bildirishi mumkin:

  1. Odatdagi holatlar: "Se bevo troppo caffè, non riesco a dormire." - "Agar ko'p qahva ichsam, uxlay olmayman."
  2. Aniq natija: "Se metti l’acqua sul fuoco, bolle." - "Agar suvni olovga qo'ysang, qaynaydi."
  3. Ogohlantirish yoki qo'rqitish: "Se non smetti di fare rumore, chiamo la polizia!" - "Agar shovqin qilishni to'xtatmasang, politsiyani chaqiraman!"
  4. Va'da: "Se passi l’esame, ti regalo una bicicletta." - "Agar imtihondan o'tsang, senga velosiped sovg'a qilaman."

2. Ehtimoliy shart maylli gaplar (Possibilità)

Bu tur hozirgi zamonda amalga oshishi qiyin (ehtimoli kam) bo'lgan yoki umuman haqiqatga to'g'ri kelmaydigan orzu-havaslarni bildiradi.

Qolipi: Se + congiuntivo imperfetto + condizionale presente.

Misollar:

"Se avessi più tempo, viaggerei di più." - "Agar ko'proq vaqtim bo'lganida edi, ko'proq sayohat qilardim." (Hozirgi zamondagi ushalmas orzu)

"Se fossi ricco, comprerei una villa al mare." - "Agar boy bo'lganimda edi, dengiz bo'yidan villa sotib olardim." (Amalga oshishi qiyin bo'lgan faraz)

"Se parlassi meglio l’italiano, troverei lavoro più facilmente." - "Agar italyan tilida yaxshiroq gapirganimda, osonroq ish topar edim." (Yaxshilash mumkin bo'lgan holat)

"Se fosse qui Marco, saprebbe cosa fare." - "Agar Marko shu yerda bo'lganida, nima qilishni bilgan bo'lardi." (Ayni paytda uning yo'qligi)

Ikkinchi turning o'ziga xos ishlatilishi:

  1. Maslahat berish: "Se fossi in te, accetterei quella proposta." - "Sening o'rningda bo'lganimda, shu taklifni qabul qilgan bo'lardim."
  2. Xushmuomalalik: "Se potessi, ti aiuterei volentieri." - "Qo'limdan kelganida edi, senga bajonidil yordam berardim."
  3. Hozirgi holatdan afsuslanish: "Se abitassi in centro, andrei sempre a teatro." - "Markazda yashaganimda edi, har doim teatrga borardim."
  4. Haqiqatga zid holatlar: "Se nevicasse a luglio, sarebbe molto strano." - "Agar iyul oyida qor yog'sa, bu juda g'alati bo'lardi."

3. Amalga oshmagan holatlar uchun shart maylli gaplar (Irrealtà)

Bu tur o'tgan zamonda bo'lib o'tgan va endi o'zgartirib bo'lmaydigan, umuman imkonsiz holatlarni bildiradi.

Qolipi: Se + congiuntivo trapassato + condizionale passato.

Misollar:

"Se avessi studiato di più, avresti superato l’esame." - "Agar ko'proq o'qiganingda edi, imtihondan o'tgan bo'larding." (O'tmishdagi afsus)

"Se fosse partito prima, avrebbe preso il treno." - "Agar u vaqtliroq yo'lga chiqqanida, poyezdga ulgurgan bo'lardi." (Qo'ldan boy berilgan imkoniyat)

"Se avessimo saputo della festa, saremmo venuti." - "Agar bazm haqida bilganimizda, borgan bo'lardik." (O'tmishda ma'lumotning yo'qligi)

"Se non avesse piovuto, saremmo andati al mare." - "Agar yomg'ir yog'maganida, dengizga borgan bo'lardik." (O'tgan zamondagi ob-havo sharti)

Uchinchi turning asosiy vazifalari:

  1. Afsuslanish: "Se avessi accettato quel lavoro, ora sarei felice." - "O'sha ishni qabul qilganimda, hozir baxtli bo'lardim."
  2. Dashnom berish: "Se mi avessi ascoltato, non avresti fatto questo errore." - "Meni eshitganingda edi, bu xatoni qilmagan bo'larding."
  3. O'tgan zamon haqida faraz: "Se fosse arrivato in tempo, avrebbe visto lo spettacolo." - "Vaqtida kelganida, tomoshani ko'rgan bo'lardi."
  4. O’zini oqlash: "Se avessi avuto i soldi, avrei comprato il regalo." - "Pulim bo'lganida, sovg'ani sotib olgan bo'lardim."

Uchala turning qisqacha jadvali

Tur

Shart qismi (Se...)

Natija qismi

Ma'nosi

1-tur (Real holat)

Indicativo (hozirgi/kelasi/o'tgan)

Indicativo (hozirgi/kelasi) / Imperativo

Amalga oshishi mumkin va ehtimoli yuqori

2-tur (Ehtimoliy)

Congiuntivo imperfetto

Condizionale presente

Hozirgi zamonda amalga oshishi qiyin yoki imkonsiz

3-tur (Amalga oshmagan)

Congiuntivo trapassato

Condizionale passato

O'tgan zamonda qolib ketgan imkonsiz holat

 

Aralash turlar (MISTO) va ularning variantlari

Yuqoridagi uchta klassik turdan tashqari, turli ma'nolarni ifodalash uchun ularni aralashtirib ishlatish ham mumkin:

Aralash tur (O'tgan zamon -> Hozirgi zamon)

Qolipi: Se + congiuntivo trapassato + condizionale presente.

O'tgan zamonda bajarilmagan shartning hozirgi zamonda ko'rinayotgan natijasini bildiradi:

"Se avessi studiato medicina, ora sarei medico." - "Agar (o'tmishda) tibbiyotda o'qiganimda, hozir shifokor bo'lardim."

"Se non avesse fumato per anni, ora avrebbe una salute migliore." - "Agar u yillar davomida chekmaganida, hozir sog'lig'i yaxshiroq bo'lardi."

"Se fossimo partiti prima, ora non saremmo in ritardo." - "Agar vaqtliroq yo'lga chiqqanimizda, hozir kechikmayotgan bo'lardik."

Aralash tur (Hozirgi zamon -> O'tgan zamon)

Qolipi: Se + congiuntivo imperfetto + condizionale passato.

Insondagi qandaydir doimiy xarakter yoki hozirgi holatning o'tgan zamonga ta'sirini bildiradi:

"Se fossi più coraggiosa, avrei accettato quella proposta." - "Agar jasurroq bo'lganimda (umuman olganda), o'sha taklifni qabul qilgan bo'lardim."

"Se avessi più soldi, avrei comprato quella casa." - "Agar pulim ko'proq bo'lganida, o'sha uyni sotib olgan bo'lardim."

"Se" (Agar) bog'lovchisining o'rniga nimalar ishlatsa bo'ladi?

Shart maylli gaplar har doim ham "se" bilan boshlanavermaydi. Boshqa so'zlar yordamida ham shart ifodalash mumkin:

  • Qualora (Rasmiyroq): "Qualora avesse bisogno, mi chiami." - "Mabodo yordam kerak bo'lib qolsa, menga qo'ng'iroq qiling."
  • Purché (Qat'iy shart): "Puoi uscire, purché torni presto." - "Ko'chaga chiqishing mumkin, faqat bitta shart bilan: vaqtli qaytasan."
  • A patto che (Kelishuv): "Accetto, a patto che mi paghiate subito." - "Darhol pulini to'lash sharti bilangina rozi bo'laman."
  • Nel caso che / Nel caso in cui: "Nel caso che piovesse, rimaniamo in casa." - "Yomg'ir yog'ib qolgudek bo’lsa, uyda qolamiz."
  • Ammesso che (Shubhali faraz): "Ammesso che sia vero, cosa facciamo?" - "Buni rost deb faraz qilsak, unda nima qilamiz?"
  • Supposto che: "Supposto che arrivi in tempo, partiremo insieme." - "Vaqtida keladi deb hisoblasak, birga yo'lga chiqamiz."

Shart maylli gaplarning yashirin (qisqartirilgan) shakllari

Ba'zida maxsus bog'lovchilarsiz ham shartni anglatish mumkin:

  1. Gerundio bilan: "Studiando di più, otterresti risultati migliori." - "Agar ko'proq o'qiganingda, yaxshiroq natijalarga erishgan bo'larding."
  2. Participio bilan: "Arrivato in tempo, avrebbe visto lo spettacolo." - "Vaqtida kelganida, tomoshani ko'rgan bo'lardi."
  3. Infinito bilan: "A sentire lui, sarebbe tutto facile." - "Agar uning gapiga quloq solsang, hamma narsa osonday tuyuladi."
  4. Qisqartma tuzilmalar bilan: "Con più tempo, farei meglio." - "Ko'proq vaqtim bo'lganda, yaxshiroq qilgan bo'lardim."

 

Italyan tilini o’rganayotganlar eng ko'p qiladigan xatolar

Tilni o’rganayotganlar bu mavzuni o'rganishda tez-tez xato qilib turishadi. Quyida eng ko'p uchraydigan xatolar va ularning to'g'ri shakli keltirilgan:

Zamon va mayllardagi xatolar:

Xato: "Se avrei tempo, andrei al cinema." (Se'dan keyin condizionale ishlatish xato!)

To'g'ri: "Se avessi tempo, andrei al cinema." - "Vaqaqtim bo'lganda edi, kinoga borardim."

Xato: "Se studiavo di più, superavo l’esame."

To'g'ri: "Se avessi studiato di più, avrei superato l’esame." - "Ko'proq o'qiganimda, imtihondan o'tardim."

Xato: "Se sarò ricco, comprerei una villa."

To'g'ri: "Se fossi ricco, comprerei una villa." yoki "Se sarò ricco, comprerò una villa." "Boy bo’lganimda, villa sotib olgan bo’lardim" yoki "… bo’lsam, … sotib olaman."

Turlarni adashtirib yuborish:

Xato: "Se avessi fame, mangio." (Ikkinchi va birinchi turni qorishtirib yuborish)

To'g'ri: "Se ho fame, mangio." yoki "Se avessi fame, mangerei." - "Agar qornim ochsa, yeyman / Agar qornim och bo'lganida edi, yegan bo'lardim."

Xato: "Se andavo alla festa, mi sarei divertito."

To'g'ri: "Se fossi andato alla festa, mi sarei divertito." - "Agar bazmga borganimda, maza qilib dam olardim."

Moslashuvdagi xatolar:

Xato: "Se lei fosse venuta, l’avrei visto." (Sifatdoshning jinsga moslashuvi xato)

To'g'ri: "Se lei fosse venuta, l’avrei vista." - "Agar u (qiz bola) kelganida, uni ko'rgan bo'lardim."

 

Uslub va vaziyatga qarab ishlatilishi

Shart maylli gaplar vaziyatga qarab turlicha ko'rinishda bo'lishi mumkin:

Rasmiy uslub (Hujjatlar va rasmiy joylarda):

"Qualora dovessero sorgere problemi, La preghiamo di contattarci." - "Mabodo muammolar yuzaga kelsa, biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz."

"Nel caso in cui non fosse possibile ottemperare alla richiesta, sarà necessario presentare documentazione aggiuntiva." - "Agar so'rovni qondirish imkoni bo'lmasa, qo'shimcha hujjatlarni taqdim etish kerak bo'ladi."

So'zlashuv uslubi (Kundalik hayotda):

"Se hai sete, in frigo c’è della coca cola." - "Agar chanqagan bo'lsang, muzlatgichda koka-kola bor."

"Se non ti sbrighi, facciamo tardi!" - "Agar tezlashmasang, kech qolamiz!"

"Se fosse per me, starei sempre in vacanza." - "Menga qolsa, doim ta'tilda yurardim."

Adabiy uslub (Kitob va she'riyatda):

"S’io fossi foco, arderei lo mondo." (Chekko Anjoleri) - "Agar men olov bo'lganimda, dunyoni yoqib yuborgan bo'lardim."

"Se tu segui tua stella, non puoi fallire a glorioso porto." (Dante) - "Agar o'z yulduzingga ergashsang, shon-sharaf manziliga yetmasliging imkonsiz."

 

Shart maylli iboralar (Idiomalar)

Italyan tilida shart maylli gap qurilishidan foydalanilgan juda ko'p mashhur iboralar mavjud:

"Se sono rose, fioriranno" - "Vaqt ko'rsatadi" (So'zma-so'z: Agar atirgul bo'lsa, albatta gullaydi).

"Se non è zuppa, è pan bagnato" - "Alixo'ja - Xo'jaali" (Boshqacha aytilganda: ikkisi ham bir narsa).

"Se fossi nei tuoi panni" - "Sening o'rningda bo'lganimda".

"Se il diavolo ci mette la coda" - "Agar ishimizga shayton aralashmasa (kutilmagan muammo chiqmasa)".

"Se Dio vuole" - "Xudo xohlasa".

Xushmuomalalik ifodalari:

"Se non disturbo..." - "Agar xalaqit bermayotgan bo'lsam..."

"Se posso permettermi..." - "Ruxsat etsangiz, fikrimni aytsam..."

"Se non sbaglio..." - "Agar adashmayotgan bo'lsam..."

"Se mi consente..." - "Ruxsatingiz bilan..."

 

O'rganish uchun tavsiyalar

Italyan tilini o’rganayotganlar bu qoidani yaxshi o'zlashtirish uchun quyidagi strategiyalardan foydalanishlari mumkin:

  1. Asta-sekin o'rganish: Dastlab eng oson va ko'p ishlatiladigan 1-turdan boshlang. Asosiy qoliplarni yodlab oling. Keyin ularni bir turdan boshqasiga aylantirishni mashq qiling.
  2. Yodlash texnikasi: Bitta ma'noni turli xil usullarda aytib ko'ring. Masalan:

"Se piove, resto a casa." (1-tur)

"Se piovesse, resterei a casa." (2-tur)

  1. Mashqlar: Gapni davom ettirish (sharti berilsa natijasini topish), dialoglar tuzish va matnlardan Shart maylli gaplarni qidirib topish tahlil qilish tavsiya etiladi.

Dialektlar va mintaqaviy xususiyatlar

Italyan tilining dialektlarida shart maylli gaplarda grammatik qoidalarga zid holatlar uchrashini bilish foydali:

  • Janubiy Italiyada: "Se ero ricco, compravo una villa." (Congiuntivo o'rniga oddiy imperfetto ishlatishadi). Bu grammatik jihatdan xato, lekin xalq orasida ko'p ishlatiladi.
  • Shimoliy Italiyada: "Se avevo i soldi, venivo anch’io." (Har ikki o’rinda ham imperfetto ishlatiladi). Bu ham norasmiy so'zlashuvda ko'p uchraydi, lekin adabiy tilda xato hisoblanadi.
  • Talabalarga maslahat: Yozishda va rasmiy suhbatlarda har doim standart italyan tilidan foydalaning. Dialektlarni esa faqat italyanlarni yaxshiroq tushunish uchun bilib olganingiz ma'qul, o'zingiz ularni ishlatishga urinmang.

 

Eng ko'p beriladigan savollar (FAQ)

1. "Se" so'zidan keyin qachon congiuntivo, qachon indicativo ishlatish kerak?

Shart ehtimoli baland va aniq bo'lsa indicativo ishlating (1-tur). Shart ehtimoli past, umuman imkonsiz yoki faraz bo'lsa congiuntivo ishlating (2 va 3-turlar).

2. "Se avrei tempo, andrei al cinema" deb aytish to'g'rimi?

Yo'q, bu juda keng tarqalgan xato. "Se" so'zidan keyin hech qachon condizionale ishlatilmaydi. To'g'ri varianti: "Se avessi tempo, andrei al cinema."

3. "Se piove" va "Se piovesse" o'rtasida nima farq bor?

"Se piove" - aniqroq ehtimolni bildiradi (Masalan: osmon bulut, yomg'ir yog'ishi aniqroq). "Se piovesse" - ehtimoli kamroq yoki shunchaki taxmin (Masalan: havo ochiq, lekin yog'ib qolsa-chi degan ma'noda).

4. Shart maylli gaplarda "se" bog'lovchisini tushirib qoldirish mumkinmi?

Ha, lekin faqat she'riyat yoki adabiyotda: "Fossi in te, non lo farei." Standart til qoidasida "se"ni saqlab qolgan ma'qul.

5. Uchinchi turda participio passato (sifatdosh) qanday moslashadi?

Oddiy moslashuv qoidalari asosida: "Se lei fosse venuta, l’avrei vista." Agar gapda to'g'ri to'ldiruvchi (bu yerda "la" - uni) bo'lsa, fe'l oxiri unga moslashadi (vista).

6. Gap qismlarining o'rnini almashtirish mumkinmi?

Ha, har doim. "Andrei al cinema, se avessi tempo" bilan "Se avessi tempo, andrei al cinema" umuman bir xil ma'noni beradi.

7. "Se" o'rniga "magari" ishlatsam bo'ladimi?

"Magari" shartni emas, balki kuchli orzuni bildiradi: "Magari piovesse!" - "Qaniydi yomg'ir yog'sa!". Uni "se" bilan almashtirib bo'lmaydi.

Xulosa

Shart maylli gaplar italyan tilining eng boy ifoda vositalaridan biridir. U orqali murakkab fikrlarni bildirish, reallik va farazlar o'rtasida chiroyli harakatlanish mumkin. O’quvchilar uchun bu shunchaki texnik qoida emas, balki italyan tilining butun chiroyini his qilish kalitidir.

Boshida u grammatik labirintdek tuyulishi mumkin, lekin sabr, mashq qilish va til muhitida bo'lish orqali u sizning fikringiz va his-tuyg'ularingizni italyancha nafosat bilan tushuntirish vositasiga aylanadi.

Manba: learnamo.com

 

⬅ Bosh sahifaga qaytish