β¬… Umumiy bo'limiga qaytish

''IN'' PREDLOGI

“IN” predlogi o’zbek tilidagi tushum (-ni), jo’nalish (-ga) va o’rin-payt (-da) kelishigiga mos keladi. Qaydan tarjima qilish esa konteksdan ma’lum bo’ladi.

“IN” predlogi quyidagi hollarda ishlatiladi :

Bir joydagi harakat

Abita in via Garibaldi. Lavoro in centro, ma vivo in periferia.

U Garibaldi ko‘chasida yashaydi. Markazda ishlayman, ammo shahar chetida yashayman.

Bir joyga harakat

D’estate progettiamo di andare in Germania. Quali idee ti sei messo in testa?

Yozda Germaniyaga borishni rejalashtiriyapmiz. Miyangga qanday fikrlar keldi?

Aniq vaqt

Nel mese di gennaio si festeggia la Befana. È nato nel 1983.

Befana bayrami yanvar oyida nishonlanadi. U 1983-yil paydo bo’lgan.

Vaqt davomiyligi

Questo lavoro si deve finire in tre giorni.

Bu ish 3 kunda tugatilishi shart.

To’ldiruvchi-kesim

Portare in dono. Prendere in moglie una straniera.

Sovg‘aga olib bormoq. Chet ellik xonimni xotinlikka olish.

Mahsulot, tarkib

Il pavimento in legno. La statua in bronzo.

Yog’och pol. Bronza haykal.

Chegara

È brava in astronomia. Commerciare in tessuti. Laurearsi in lettere.

U astronomiyaga qobiliyatli. Matolar sotmoq. Filologiyani bitirmoq.

Yakun

Mandare in omaggio un mazzo di fiori. Una festa in onore della figlia.

Hurmat bilan bir dasta gul yubormoq. Qiziga atab uyushtirilgan bayram.

Vosita

Andare in treno. Massimo preferisce andare in bicicletta.

Poyezdda ketmoq. Massimo velosipedda borishni afzal ko‘radi.

Holat

Parlare in fretta e furia. Trovarsi in pericolo. Camminare in punta di piedi.

Tez va jahl ustida gapirmoq. Xavfda bo’lmoq. Oyoq uchida yurmoq.

Son

Girano sempre in due. Eravamo in una decina nell’aula.

Ular doim birga sayr qilishadi. Biz auditoriyada o‘ntacha edik.

 

O'zgarish,shartli o'zgarish, fizik ko'rinish

La ranocchia si è trasformata in un bel principe.

Qurbaqa bir barn ΠΎ shaxzodaga aylandi.

 

“IN” predlogi  ishonmoq (credere)umid qilmoq (confidare)umid bog‘lamoq (sperare) fe'llari bilan ham ishlatiladi:

Credere nelle proprie forze è mollo importante. — Πž‘z kuchiga ishonish juda muhim.

Stefania continuava a sperare nel futuro. — Stafenia kelajakka umid qilishni davom etardi.

πŸ’¬ 0 Izohlar

πŸ€– 7 + 8 =
Hali izohlar yo'q. Fikr bildirib, munozarani boshlab bering! ✨
β¬… Umumiy bo'limiga qaytish
β˜•
Sayt rivojiga hissa qo'shing!
inITALIA.uz loyihasi doimiy ravishda bepul va foydali bo'lib qolishi uchun o'z yordamingizni ayamang. Sizning kichik e'tiboringiz loyiha uchun juda muhim!
πŸ’³ Loyihani qo'llab-quvvatlash
Ushbu oyna avtomatik 15 soniyadan so'ng yopiladi