⬅ Ortga qaytish

INFINITIV

Rasm

INFINITIV NIMA O‘ZI?

Birinchidan, bu atama Giacomo Leopardining mashhur “L’infinito” she’rini eslatadi. Ushbu she’r quyidagi mashhur misralar bilan boshlanadi:

Sempre caro mi fu quest’ermo colle, e questa siepe, che da tanta parte dell’ultimo orizzonte il guardo esclude…”.

Ikkinchidan, “infinitiv” so‘zi cheksizlik, tugamaslik, o‘lchab bo‘lmaslik yoki yetib bo‘lmaslik kabi ma’nolarni ham anglatishi mumkin. Asrlar davomida faylasuflar, mutafakkirlar va olimlar aynan shu tushunchaga javob topishga harakat qilib kelishgan.

Albatta, bu javoblarning barchasi ma’lum ma’noda to‘g‘ri. Biroq biz bu yerda italyan tili grammatikasi haqida gapiryapmiz.

Shu sababli savolni boshqacha shaklda qo‘yamiz: grammatikada infinitiv nima?

Infinitiv — fe’lning noaniq shakli. Infinitiv — bu fe’lning mayli bo‘lib, u fe’lning umumiy ma’nosini bildiradi, ammo harakatning vaqtini ham, uni kim bajarayotganini ham aniq ko‘rsatmaydi. U harakatni umumiy va noaniq tarzda ifodalaydi hamda ma’lum bir shaxs yoki zamonga bog‘lanmaydi. Shu sababli u noaniq mayl (modo indefinito) deb ataladi.

Lug‘atlarda fe'llarning ma'nosini qidirganda, ular doimo mana shu asosiy — infinitiv shaklda beriladi.

FE’LLARNING UCH ASOSIY TUSLANISHI

Italyancha fe’llar o'zining noaniq shakli oxiridagi qo'shimchasiga ko'ra uch asosiy tuslanishga bo‘linadi:

  • Birinchi tuslanish: -are bilan tugaydigan fe’llarni o‘z ichiga oladi.

aiutare (yordam bermoq), mangiare (yemoq), parlare (gapirmoq).

  • Ikkinchi tuslanish: -ere bilan tugaydigan fe’llarni o‘z ichiga oladi.

vincere (yutmoq), leggere (o‘qimoq).

  • Uchinchi tuslanish: -ire bilan tugaydigan fe’llarni o‘z ichiga oladi.

dormire (uxlamoq), partire (ketmoq).

Istisno holatlar:

  1. Ikkinchi tuslanishga ba’zi noodatiy fe’llar ham kiradi. Bular -rre bilan tugaydigan fe’llardir (trarre – (foyda) olmoq, porre - qo’ymoq, produrre – ishlab chiqarmoq). Shuningdek, dire va fare fe’llari ham aslida lotin tilidagi -ere bilan tugaydigan fe’llardan (dicere, facere) kelib chiqqani uchun ko'pincha shu guruhga kiritiladi.
  2. Essere (bo‘lmoq) va avere (ega bo‘lmoq) fe’llari esa italyan tilida o‘ziga xos mutlaqo alohida tuslanishga ega. Ularning infinitiv shakli -ere bilan tugasa ham, ular ikkinchi tuslanishga kirmaydi.

INFINITIV ZAMONLARI

Italyan tilida infinitivning faqat ikki zamoni mavjud:

1. Hozirgi zamon (presente): Bu fe’lning asosiy shakli hisoblanadi.

scrivere - yozmoq, sognare – orzu qilmoq.

2. O‘tgan zamon (passato): Yordamchi fe’lning infinitivi (essere yoki avere) hamda asosiy fe’lning o‘tgan zamon sifatdoshi yordamida yasaladi. Misol uchun avere preso, essere andato/a.

INFINITIV QANDAY HOLATLARDA ISHLATILADI?

Infinitiv gapda faqat fe'lning dastlabki shakli sifatidagina emas, balki turli grammatik vazifalarda ham faol qo'llanadi.

1. Mustaqil gaplarda

  • Shubha yoki ikkilanishni ifodalashda: Odatda "che" so'zi bilan keladi.

Che fare? - Nima qilish kerak?

Che dire? — Nima deyish mumkin?

  • Kutilmagan hodisani ta’kidlashda:

Ecco arrivare il capo! - Mana, rahbar kelib qoldi!.

  • Amalga oshmaydigan istakni ifodalashda:

Ah, avere 10 anni adesso! - Eh, hozir 10 yoshim qaytsa edi!.

2. Modal fe’llar bilan

Infinitiv ko‘pincha dovere, potere, volere, sapere kabi modal fe’llardan keyin ishlatiladi. Bunda harakatning zamoni va bajaruvchisini modal fe’l bildiradi.

Oggi devo lavorare. - Bugun ishlashim kerak.

Ieri non ho potuto guardare il film. – Kecha filmni ko‘ra olmadim.

Muhim qoida: Agar infinitiv olmosh bilan ishlatilsa, olmosh infinitivdan keyin bitta so'z bo'lib qo‘shilib yoziladi va infinitiv oxiridagi "-e" harfi tushib qoladi. Masalan: farlo (buni qilmoq), vederti (seni ko‘rmoq), mangiarle (ularni yemoq).

3. Predloglar bilan ishlatilishi

1. Otga bog‘liq infinitiv. Bu holatda ko'pincha fe'lning noaniq shakli otga per, da predloglari orqali bog'lanadi.

Ho raccolto dei vestiti da donare in beneficenza. - Men xayriya qilish uchun beriladigan kiyimlarni yig‘ib oldim.

Abbiamo terminato il progetto da consegnare al cliente domenica. – Biz yakshanba kuni mijozga topshirilishi kerak bo‘lgan loyihani tugatdik.

Ho comprato questi auricolari per ascoltare la musica  Men musiqa tinglash uchun bu quloqchinlarni sotib oldim.

2. Fe’lga bog‘liq infinitiv. Italyan tilida ko'plab fe'llar oldidan predloglar keladi. Bu holatda predlogdan keyin keladigan fe'limiz doimo infinitiv shaklda bo'ladi.

Prova a dormire almeno 8 ore per notte. - Har kecha kamida 8 soat uxlashga harakat qil.

Vado a fare la spesa al supermercato tutte le settimane. – Men har hafta supermarketga xarid qilish uchun boraman.

4. Yashirin shakllarda

Asosiy gap va ergash gapdagi fe’llarning egasi bir xil bo‘lganda, CHE bog'lovchisi o'rniga DI + infinitiv shakli qo'llanadi.

Egalar turli: Credo che Paolo abbia la febbre - Paolo isitmalagan bo’lsa kerak.

Penso che tu abbia esagerato con il vino. – Menimcha, sen vino ichishda oshirib yubording.

Ega bir xil: Credo di avere la febbre – Menimcha, men isitmalaganman.

Penso di aver esagerato con il vino. – Menimcha, men vino ichishda oshirib yuborganman.

5. Ayrim bog‘lovchilar bilan

Infinitiv prima di (-dan oldin), senza (-siz), dopo (keyin) kabi bog‘lovchilardan keyin keladi.

Prima di entrare bussa! – Kirishdan oldin taqillat!

E’ andato senza dire una parola – Bir so’z demasdan ketdi.

Diqqat qiling: dopo bog‘lovchisidan keyin doimo infinitivning o‘tgan zamon shakli ishlatiladi.

Andrai solo dopo aver fatto i compiti. - Vazifalarini bajarganingdan keyingina borasan.

6. Ot vazifasida (Infinito sostantivato)

Infinitiv harakat nomi sifatida ot vazifasida kelib, gapda ega yoki to‘ldiruvchi bo'lishi mumkin. U odatda il yoki lo aniq artikli bilan keladi.

(Il) mangiare bene fa vivere più a lungo. – Yaxshi ovqatlanish uzoq umr ko‘rishga yordam beradi.

Con il passare del tempo, abbiamo notato dei cambiamenti in lui. – Vaqt o‘tishi bilan unda ba’zi o‘zgarishlarni sezdik.

7. Ko‘rsatma va buyruqlar berishda

1. Retseptlar, qo‘llanmalar yoki texnik ko‘rsatmalarda umumiy buyruq berish uchun infinitiv ishlatiladi. 

Mettere nel forno.Pechga qo‘yilsin.

Rompere le uova. – Tuxumlarni sindiring.

2. Shuningdek, u 2-shaxs birlikdagi inkor buyruq shaklini yasashda ham qatnashadi. 

Non fumare! Chekma!

Non bere! — Ichma!

 

Ushbu maqola O'zDJTU Tarjimonlik fakulteti

Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

 3-bosqich talabalari S. Erkinov, A. Murodov,

L. O'rinboyeva va D. Allamuradovalar tomonidan tarjima qilindi

⬅ Bosh sahifaga qaytish