SIFATDOSH NIMA?
Sifatdosh fe’lning noaniq shakllaridan biri hisoblanadi. U fe’l shakllariga xos xususiyatlar bilan birga ot va sifatning ham ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassam etgani (ular bilan “ishtirok etgani” uchun shunday nomlanadi). Shuning uchun sifatdosh bir tomondan harakatni, holatni yoki mavjudlik tarzini ifodalaydi (bu fe’llarga xos xususiyat), ikkinchi tomondan esa o‘zi bog‘langan ot bilan rod va sonda moslashadi hamda uning aniqlovchisi vazifasini bajaradi. Masalan, quyidagi gapda:
Un boato assordante squarciò il cielo — Quloqlarni teshgudek gumburlash osmonni zirillatib yubordi.
“assordante” hozirgi zamon sifatdoshi fe’lga xos ma’noga ega (“quloqni qomatga keltiradigan, juda baland tovush chiqaradigan”) va shu bilan birga “boato” otiga moslashgan holda (mujskoy rod, birlik) sifat vazifasini bajaradi.
Xuddi shuningdek, quyidagi gapda:
Ho mandato a riparare il mio computer rotto — Buzilgan kompyuterimni ta'mirlashga berdim.
“rotto” shaklidagi o‘tgan zamon sifatdoshi fe’lning majhul nisbatdagi harakatiga ishora qiladi (ya’ni “singan, buzilgan, ishdan chiqqan”), lekin "kompyuter" so‘zi bilan ham rod va son jihatdan moslashadi.
SIFATDOSH ZAMONLARI

Sifatdoshning ikki zamon shakli mavjud:
Hozirgi zamon sifatdoshi asosan otning aniqlovchisi sifatida ishlatiladi. Masalan:
Sono andata al Luna Park e ho passato un pomeriggio entusiasmante — Men Luna Parkka bordim va juda zavqli tushdan keyin vaqtini o’tkazdim.
Anche se le cose gli vanno male, Davide è sempre sorridente — Ishlari yaxshi ketmayotgan bo‘lsa ham, Davide doimo kulib turadi.
Hozirgi zamon sifatdoshining fe’l sifatidagi vazifasi esa juda kam uchraydi. U asosan adabiy matnlarda, huquqiy va rasmiy-burokratik uslubda qo’llanadi. O‘tgan zamon sifatdoshi esa ham sifat, ham fe’l vazifasida keng qo’llanadi. Sifat vazifasida qo‘llanishiga quyidagi misolni keltirish mumkin:
Radunarono tutti gli studenti laureati per la consegna ufficiale del diploma —Diplomlarni rasmiy topshirish marosimi uchun barcha bitiruvchi talabalarni yig’ishdi.
O‘tgan zamon sifatdoshi o‘zining fe’l vazifasida “essere” yordamchi fe’li bilan birikib, majhul nisbat zamonlarini hosil qiladi. Shu bilan birga, u “essere” va “avere” yordamchi fe’li bilan ham birikib, barcha murakkab zamonlarni hosil qiladi. O‘tgan zamon sifatdoshi “essere” yordamchi fe’li bilan birikkanda ega bilan moslashadi, “avere” yordamchi fe’li bilan birikkanda esa o‘zgarishsiz qoladi. Masalan:
Il vestito di Chiara è stato ammirato da tutti — Kiaraning ko‘ylagi (barcha tomonidan) hayrat bilan tomosha qilindi.
Nisbiy ergash gaplar (subordinate relative):
Matteo ha completato con successo tutti i compiti assegnatigli — Matteo o'ziga yuklatilgan barcha vazifalarni muvaffaqiyatli yakunladi.
Sabab ergash gaplari (subordinate causali):
Colpito dall’evento, Paolo prese una decisione inattesa — Bo‘lgan voqeadan ta’sirlangan Paolo kutilmagan qaror qabul qildi.
Shart ergash gaplari (subordinate ipotetiche):
Non curata a dovere, la polmonite può avere conseguenze molto gravi — Pnevmoniya vaqtida va zarur darajada davolanmasa, juda og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Payt ergash gaplari (subordinate temporali):
Passata la tempesta, tutti uscirono fuori al sole — Bo‘ron o‘tib ketgach, hamma quyosh nuridan bahramand bo‘lish uchun tashqariga chiqdi.
To‘siqsiz ergash gaplar (subordinate concessive):
Rincuorato dagli amici, Matteo rimase comunque triste per tutto il giorno — Do‘stlari tasalli berganiga qaramay, Matteo baribir kun bo‘yi g‘amgin yurdi.
Shuningdek, o‘tgan zamon sifatdoshining mutlaq qo‘llanishi ham mavjud. Bu holatda ergash gapning egasi bosh gapning egasidan farq qiladi. Masalan:
Date le ultime disposizioni, il direttore dichiarò terminata la riunione — So’nggi ko‘rsatmalar berilgach, direktor yig‘ilish tugaganini e’lon qildi.
Eslatma:
1. Hozirgi zamon sifatdoshi sifat vazifasida kelganda otlashib, ya’ni ot sifatida ham ishlatilishi mumkin.
2. Yuqoridagi misolda “laureati” o‘tgan zamon sifatdoshi deyarli otga aylangan. Xuddi shunday boshqa sifatdoshlar ham ot sifatida ishlatiladi: “l’entrata” (kirish), “il trattato” (traktat), “il significato” (ma’no), “gli invitati” (taklif etilganlar) va boshqalar.
Maqola - talabaning tarjima mahsuli (tahrirlangan), asl matnga o'tish uchun bosing