Hayotda u-bu narsani bajartirish maqsadida kimgadir buyruq beriladi, talab qilinadi. Italyan tilida buyruq mayli orqali tavsiya, iltimos, maslahat kabilar ham ifodalanishi mumkin.

ISHLATILISHI
- Buyruq mayli talab va buyruqni ifodalaydi:
Smetti di fumare! – Chekishni to’xtat!
Giri a sinistra! – Chapga buril!
Andiamo! – Ketdik! Yur!
- 3-shaxs ko’plikda o’ta rasmiy murojaat
Si accomodino, signori! – Janoblar, o’tirib olingizlar (joylashingizlar)!
buyruq maylida 2-shaxs ko’plik shakliga o’tadi:
Accomodatevi! – O’tiringizlar (joylashingizlar)!
- Ba’zi hollatlarda buyruq mayli shakllari turg’un iboralarga aylangan bo’lib, ya’ni qotib qolgan bo’lib, o’zining asl buyruq ma’nolarini yo’qotgan:
Si figure! / S’immagini! – Qo’ysangizchi! Hech qachon!
Senta! – Bir qaraysizmi! Eshiting!
Abbi pazienza! – Chida! Sabrli bo’l!
- Buyruq mayli kishilik olmoshlari bilan kelganda quyidagi qoidalarni yodda saqlash kerak:
- 2-shaxs birlik va ko’plik yoki 1-shaxs ko’plik shaklidagi tasdiq buyruq maylida urg’usiz kishilik olmoshlari fe’lga qo’shiladi:
Compralo! – Buni sotib ol!
Compriamolo! – Buni sotib olaylik!
Compratelo! – Buni sotib oling!- 3-shaxs birlik va ko’plik shaklda kishilik olmoshlari buyruq mayli oldidan keladi:
Lo compri! – buni sotib oling! (hurmat shakli, birlik)
Lo comprino! – buni sotib olingizlar! (hurmat shakli, ko’plik)- 2-shaxs birlik va ko’plik yoki 1-shaxs ko’plik shaklidagi inkor buyruq mayli bilan urg’usiz kishilik olmoshlari ham fe’l oldidan, ham fe’lga qo’shilib kelishi mumkin:
Non farlo! / Non lo fare! – Unday qilma!
Non mangiatelo! / Non lo mangiate! – Buni yemanglar!- Fare, dare, stare, dire, andare fe’llarining 2-shaxs birlikdagi buyruq shakliga qo’shiladigan olmoshlarning birinchi undoshi ikkilanadi. Gli va glie olmoshlari bundan mustasno!
Fammi questo favore! – Menga bir xizmat qilsangiz!
Dammelo! – Uni menga ber!
Stammi a sentire! – Meni eshit!
Daglielo! – Uni unga ber!
YASALISHI
A) To’g’ri fe’llar
Buyruq maylining yasalishi anchagina oson. Fe’lning barcha 3 tuslanishidagi 1-chi va 2-chi shaxs ko’plik shakllari hozirgi zamonning aniqlik mayli bilan bir xil.
-ere va –ire bilan yakunlanuvchi fe’llarning 2-shaxs birlik shakli ham shu qoidaga bo’ysunadi.
Fe’lning 3-shaxs birlik va ko’plik shakllari congiuntivo presentening ayni shunday shakllari bilan xil.
|
|
Lavorare |
Scrivere |
Aprire |
|
tu |
lavora |
scrivi |
apri |
B) Ba’zi noto’g’ri fe’llar
-ire bilan yakunlanuvchi ba’zi fe’llar (finire, pulire, agire) hozirgi zamonda tuslanishida fe’lning noaniq shakli qo’shimchasi o’ziga xos ravishda o’zgaradi (Qarang: Presente). Ushbu fe’llar shu xossasini, ko’rinishini buyruq maylida ham saqlab qoladi.
Buyruq maylida noto’g’ri fe’llarning tuslanishini noto’g’ri fe’llar jadvaliga qarab yod olish kerak. Babla.ru sayti orqali fe’llarning barcha tuslanishini topish mumkin.
|
Finire |
|
|
tu |
finisci |
Buyruq maylini hosil qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- buyruq maylining inkor shakli yuqorida keltirilib o’tilgan shakllarga mos keladi, ammo faqatgina 2-shaxs birlik non + fe’lning noaniq shakli (infinitiv) konstruksiyasi yordamida yasaladi:
Non fumare! – Chekma!
Non farlo! – Unday qilma!
Non andarci! – U yerga borma!
- dai, fai, stai, vai buyruq shakllari ko’p holda da’, fa’, sta’, va’ ko’rinishida qisqartiriladi:
Va’a vedere cosa fanno! – bor, ular nima qilishayotganliklarini ko’rib kel!
Sta’un po’zitta! – Biroz jim tur!
BUYRUQNI QAYTA TA’RIFLASH
Italyan tilida o’zbek tilida bo’lgani kabi buyruqni majhul nisbatda, umumiy qilib yoki izohlash usuli bilan ifodalash mumkin, negaki to’g’ridan to’g’ri buyruq qo’pol va behurmatlikday taassurot uyg’otadi:
- turli xil qo’llanmalar, yo’riqnomalar, taomnomalarda hamda barchaga qaratilgan talabnomalarda buyruq shakli infinitivga almashtiriladi:
Agitare prima dell’uso! – Foydalanishdan oldin silkitilsin (aralashtirilsin)!
Non salire! – Chiqilmasin!
… tagliare a pezzetti la carne… – … go’sht bo’laklarga bo’linsin…
- talab yoki ko’rsatmani savol ko’rinishida shakllantirish mumkin:
Chiudi la finestra? – Derazani yopasanmi?
- oddiy kelasi zamon ba’zi hollarda buyruq maylini o’rnida kelishi mumkin:
I partecipanti si presenteranno in segretaria! – Qatnashchilar kotibiyatda ro’yxatdan o’tishadi!
10.04.2021
Shaxboz Mustafayev
Mavzu yuzasidan