So'zni darhol italyan tilida condizionale (shart mayli) ikki zamonga bo'linishini aytishdan boshlaymiz: presente (hozirgi zamon, shuningdek, "sodda" deb ham ataladi) va passato (o'tgan zamon, shuningdek, "qo'shma" deb ataladi).
CONDIZIONALE PRESENTE (Hozirgi zamon shart mayli)
Shu o'rinda bir narsaga aniqlik kiritish joiz: italyan tilida fe'llarning shart mayli (condizionale) va kelasi zamon (futuro) shakllari aynan bir xil qoidalar asosida yasaladi va ulardagi istisnolar ham mutlaqo bir xil! Ha! To'g'ri tushundingiz: bu shuni anglatadiki, agar siz FUTURO ni yasashni bilsangiz, demak, CONDIZIONALE ni ham yasay olasiz... va aksincha! Qulay-a? Nima bo'lganda ham, ikkilanayotganlar uchun condizionale presente ning yasalish qoidalarini ko'rib chiqamiz!
Futuro va condizionale o'rtasidagi yagona farq, shubhasiz, shaxs-son qo'shimchalaridadir. Condizionale presente qo'shimchalari barcha fe'l guruhlari uchun bir xil! Zo'r-a?
Bundan tashqari, ushbu qo'shimchalar fe'l o'zagiga emas, balki oxirgi unli -E olib tashlangan holda fe'lning noaniq shakliga qo'shiladi.
Har bir guruh uchun bittadan misol ko'rib chiqamiz:
|
Shaxs |
PARLARE (Gapirmoq) |
LEGGERE (O'qimoq) |
DORMIRE (Uxlamoq) |
|
Io |
parlerei |
leggerei |
dormirei |
|
Tu |
parleresti |
leggeresti |
dormiresti |
|
Lui / lei |
parlerebbe |
leggerebbe |
dormirebbe |
|
Noi |
parleremmo |
leggeremmo |
dormiremmo |
|
Voi |
parlereste |
leggereste |
dormireste |
|
Loro |
parlerebbero |
leggerebbero |
dormirebbero |
-ARE bilan tugaydigan fe'llarning o'ziga xosligini sezdingizmi? -ARE dagi -A harfi -E ga aylanadi!
DIQQAT:
-CARE va -GARE bilan tugaydigan fe'llar barcha shaxslarda -C va -G dan keyin H harfini oladi!
|
Shaxs |
PAGARE (To'lamoq) |
COMUNICARE (Aloqa qilmoq) |
|
Io |
pagherei |
comunicherei |
|
Tu |
pagheresti |
comunicheresti |
|
Lui / lei |
pagherebbe |
comunicherebbe |
|
Noi |
pagheremmo |
comunicheremmo |
|
Voi |
paghereste |
comunichereste |
|
Loro |
pagherebbero |
comunicherebbero |
Aksincha, -CIARE va -GIARE bilan tugaydigan fe'llar barcha shaxslarda -I harfini yo'qotadi!
|
Shaxs |
COMINCIARE (Boshlamoq) |
MANGIARE (Yemoq) |
|
Io |
comincerei |
mangerei |
|
Tu |
cominceresti |
mangeresti |
|
Lui / lei |
comincerebbe |
mangerebbe |
|
Noi |
cominceremmo |
mangeremmo |
|
Voi |
comincereste |
mangereste |
|
Loro |
comincerebbero |
mangerebbero |
Shu bilan tugadi deb o'ylaysizmi? Afsuski, yo'q!
ESSERE va AVERE fe'llari, shubhasiz, butunlay noto'g'ri fe'llardir! Ularning condizionale presente dagi tuslanishi:
|
Shaxs |
ESSERE |
AVERE |
|
Io |
sarei |
avrei |
|
Tu |
saresti |
avresti |
|
Lui / lei |
sarebbe |
avrebbe |
|
Noi |
saremmo |
avremmo |
|
Voi |
sareste |
avreste |
|
Loro |
sarebbero |
avrebbero |
Eslab qolishga arziydigan boshqa istisnolar:
- DARE, FARE va STARE kabi ba'zi -ARE bilan tugaydigan fe'llarda -A harfi -E ga o'zgarmaydi. Ularning to'liq tuslanishi:
|
Shaxs |
DARE |
FARE |
STARE |
|
Io |
darei |
farei |
starei |
|
Tu |
daresti |
faresti |
staresti |
|
Lui / lei |
darebbe |
farebbe |
starebbe |
|
Noi |
daremmo |
faremmo |
staremmo |
|
Voi |
dareste |
fareste |
stareste |
|
Loro |
darebbero |
farebbero |
starebbero |
- DOVERE, SAPERE, VIVERE, POTERE, VEDERE, CADERE kabi ba'zi -ERE bilan tugaydigan fe'llar (P.S. bular orasida ANDARE ham bor!!!) xuddi AVERE kabi tuslanadi, ya'ni ular ikkinchi "E" bilan birga birinchi "E" ni ham yo'qotadi! To'liq tuslanishi:
|
Shaxs |
DOVERE |
SAPERE |
VIVERE |
POTERE |
VEDERE |
CADERE |
ANDARE |
|
Io |
dovrei |
saprei |
vivrei |
potrei |
vedrei |
cadrei |
andrei |
|
Tu |
dovresti |
sapresti |
vivresti |
potresti |
vedresti |
cadresti |
andresti |
|
Lui / lei |
dovrebbe |
saprebbe |
vivrebbe |
potrebbe |
vedrebbe |
cadrebbe |
andrebbe |
|
Noi |
dovremmo |
sapremmo |
vivremmo |
potremmo |
vedremmo |
cadremmo |
andremmo |
|
Voi |
dovreste |
sapreste |
vivreste |
potreste |
vedreste |
cadreste |
andreste |
|
Loro |
dovrebbero |
saprebbero |
vivrebbero |
potrebbero |
vedrebbero |
cadrebbero |
andrebbero |
- Boshqa fe'llar esa nafaqat qo'shimchani, balki o'zakning bir qismini ham yo'qotadi va qo'sh "rr" ("doppia erre") harfi mavjudligi bilan ajralib turadi... Bu VENIRE, RIMANERE, MANTENERE, TENERE, VOLERE va BERE fe'llarida yuz beradi. Tuslanishi:
|
Shaxs |
VENIRE |
RIMANERE |
MANTENERE |
TENERE |
VOLERE |
BERE |
|
Io |
verrei |
rimarrei |
manterrei |
terrei |
vorrei |
berrei |
|
Tu |
verresti |
rimarresti |
manterresti |
terresti |
vorresti |
berresti |
|
Lui / lei |
verrebbe |
rimarrebbe |
manterrebbe |
terrebbe |
vorrebbe |
berrebbe |
|
Noi |
verremmo |
rimarremmo |
manterremmo |
terremmo |
vorremmo |
berremmo |
|
Voi |
verreste |
rimarreste |
manterreste |
terreste |
vorreste |
berreste |
|
Loro |
verrebbero |
rimarrebbero |
manterrebbero |
terrebbero |
vorrebbero |
berrebbero |
CONDIZIONALE PRESENTE qachon ISHLATILADI?
1. ISTAKNI ifodalash uchun
Mi piacerebbe tanto visitare New York! ― Nyu-Yorkka borishni juda xohlardim!
Quanto vorrei che fosse già estate! ― Tezroq yoz kelishini shunchalar xohlardimki!
2. XUSHMUOMALALIKNI ifodalash uchun
Vorrei un caffè per favore! ― Iltimos, menga bir qahva bersangiz!
Mi daresti il tuo numero di telefono, gentilmente? ― Iltimos, menga telefon raqamingizni bera olasizmi?
3. SHAXSIY FIKRNI ifodalash uchun
Lucia vuole organizzare una festa a sorpresa per suo fratello. Sarebbe una cosa carina a mio parere. ― Luchiya akasi uchun kutilmagan bayram tashkillashtirmoqchi. Mening fikrimcha, bu ajoyib ish bo'lardi.
4. MASLAHAT berish uchun
Secondo me, dovresti impegnarti di più nel tuo lavoro. ― Fikrimcha, o'z ishingda ko'proq harakat qilishing kerak/yaxshi bo'lardi.
5. Ergash gapda (protasi) keluvchi congiuntivo imperfetto bilan birgalikda ikkinchi turdagi shart ergash gapli qo'shma gaplarning (periodo ipotetico di secondo tipo) bosh gapida (apodosi) ehtimollikni ifodalash uchun. Periodo ipotetico haqida o’qish uchun bosing.
Se fossi ricca, comprerei una villa a Cannes. ― Agar boy bo'lganimda, Kanndan villa sotib olardim.
Se chiedesse scusa, lo perdonerei. ― Agar uzr so'rasa, uni kechirardim.
6. SHUBHA-GUMONNI ifodalash uchun
Come potrei fare per risolvere questo problema adesso? ― Endi bu muammoni hal qilish uchun nima qilsam ekan?
E quest’uomo chi sarebbe? ― Xo'sh, bu odam o'zi kim bo'ldi?
Bunga bog'liq holda, shart maylini ayniqsa jurnalistikada tasdiqlanmagan YANGILIKLAR, mish-mishlar va shov-shuvlarni YETKAZISH uchun ishlatilishini ko'ramiz.
Tra le vittime del disastro aereo ci sarebbero 5 italiani ― ya'ni: Ba'zi mish-mishlarga qaraganda, qurbonlar orasida 5 nafar italiyalik bor emish / bo'lishi mumkin.
Shu yergacha hammasi tushunarlimi? Endi murakkabrog’iga o'tish vaqti keldi...
CONDIZIONALE PASSATO (O'tgan zamon shart mayli)
Condizionale passato juda sodda usulda yasaladi: ESSERE yoki AVERE yordamchi fe'lining condizionale presente shakli (asosiy fe'l qaysi birini talab qilishiga qarab) + asosiy fe'lning participio passato shakli!
Qaysi fe'llar bilan ESSERE va qaysilari bilan AVERE ishlatilishini darslarimiz orqali takrorlab oling!
|
Shaxs |
ANDARE (Bormoq) |
FINIRE (Tugatmoq) |
|
Io |
sarei andato/a |
avrei finito |
|
Tu |
saresti andato/a |
avresti finito |
|
Lui / lei |
sarebbe andato/a |
avrebbe finito |
|
Noi |
saremmo andati/e |
avremmo finito |
|
Voi |
sareste andati/e |
avreste finito |
|
Loro |
sarebbero andati/e |
avrebbero finito |
CONDIZIONALE PASSATO qachon ISHLATILADI?
Asosan, uni presente qo'llaniladigan holatlarda, ammo o'tgan zamondagi harakatlar va voqealarga nisbatan uchratamiz. Condizionale passatoni ishlatib bo'lmaydigan yagona holat - bu XUSHMUOMALALIKNI ifodalashdir!
1. O'tgan zamondagi ISTAK:
Quando sono stata alla festa, mi sarebbe piaciuto fare più foto, ma purtroppo avevo il cellulare scarico. ― Bazmda bo'lganimda ko'proq rasmga tushishni xohlagan bo'lardim, lekin afsuski, telefonim quvvati tugagan edi.
2. O'tgan zamondagi SHAXSIY FIKR:
Peccato che quella festa sia saltata. Sarebbe stata divertente secondo me. ― O'sha bazm bekor bo'lgani yomon bo'ldi. Fikrimcha, juda qiziqarli bo'lar edi.
Izoh: Voqealar, rejalar va loyihalarga nisbatan ishlatilganda, SALTARE fe'li "amalga oshmaslik", "bekor bo'lish" ma'nosini bildiradi
3. O'tgan zamondagi MASLAHAT yoki TA’NA:
Non avresti dovuto lasciarlo andare! ― Uni ketishiga yo'l qo'ymasliging kerak edi!
4. Uchinchi turdagi shart ergash gapli qo'shma gaplarda (periodo ipotetico di terzo tipo), condizionale passato bosh gapda (apodosi) imkonsizlikni ifodalash uchun ishlatiladi, bunda ergash gapda (protasi) congiuntivo trapassato keladi:
Se tu avessi chiamato Luca, ti avrebbe detto la verità. ― Agar sen Lukaga qo'ng'iroq qilganingda edi, u senga haqiqatni aytgan bo'lardi.
5. O'tgan zamondagi SHUBHA-GUMON:
Quando è andata via, ho pianto tanto. Ma cos’altro avrei potuto fare per fermarla? ― U ketganida men juda ko'p yig'ladim. Lekin uni to'xtatib qolish uchun yana nima ham qila olardim?
6. O'tgan zamondagi tasdiqlanmagan YANGILIKLARNI YETKAZISH uchun:
Il criminale sarebbe stato avvistato al confine con la Svizzera. ― Jinoyatchi Shveytsariya chegarasida ko'rilgan emish.
7. DIQQAT! Biz condizionale passato ni O'TGAN ZAMONDAGI KELASI ZAMONNI (FUTURO NEL PASSATO) ifodalash uchun ham ishlatamiz!!! Bunga juda ehtiyot bo'ling, chunki bu FAQAT italyan tiliga xos bo'lgan odatiy qo'llanishdir!
Mi ha detto che avrebbe fatto tardi! ― U menga kechikishini aytgandi!
Mi avevi detto che saresti venuto alle 9 ― Soat 9 da kelaman deb aytgan eding. (Mehmon mezbonga soat 9 da borishini soat 7 da aytgan, mezbon 9 ga yaqin mehmonga bu xabarni aytyapti)