⬅ Umumiy bo'limiga qaytish

Ko'chirma va o'zlashtirma gap

Rasm

Boshqa birovning aytgan gaplarini italyan tilida yetkazish biroz asabga tegadigan holat bo'lishi mumkin! Fe'l zamonlari va mayllarida juda ko'p o'zgarishlar bo'ladi, shunday emasmi? Ammo xavotir olmang! Biz o'zlashtirma gap haqida shu kungacha yaratilgan eng zo'r darsni tayyorladik! (Kamtarlik bizning kuchli tomonimiz emas!)

Biror inson aytgan so‘zlarini boshqalarga yetkazish, xoh yozma bo’lsin xoh og’zaki, har kuni foydalanadigan nutq mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ularni to‘g‘ri ma’noda ifodalash uchun esa ko‘chirma gap (discorso diretto) va o‘zlashtirma gap (discorso indiretto) dan to‘g‘ri foydalanish bilishimiz kerak. Bu ikkala gap turi ham og‘zaki nutqda ham, yozma nutqda ham ishlatilishi mumkin. Ularni tanib olish va bir-biridan farqlash juda oson bo’lishiga qaramay,  bir shakldan ikkinchisiga o‘tkazish har doim ham oson bo‘lmasligi mumkin. Avvalo, bu tushunchalar nimani anglatishini yaxshiroq tushunib olaylik va amaliy misollar orqali yaxshiroq ko‘rib chiqaylik.

KO'CHIRMA GAP NIMA?

Ko‘chirma gap — bu biror shaxs tomonidan aytilgan yoki yozilgan so‘zlarni o‘zgartirmasdan, aynan qanday bo‘lsa shunday holda keltirish usulidir. Bunda gapni aytgan yoki o‘ylagan shaxs (ega) ko‘rsatiladi va uning aytgan so‘zlari qo‘shtirnoq (“…”) yoki fransuz qo‘shtirnog‘i («…») ichida beriladi. Ba’zan bu so‘zlar tire (—) belgisi bilan ham berilishi mumkin. Ko‘chirma gapning asosiy vazifasi nutqda muallif so‘zi bilan aynan boshqa shaxsning aytilgan gapini aniq ajratib ko‘rsatishdir.

Bir misol:

«Come stai?» chiese Marco. «Ora sto meglio» rispose Lucia abbracciandolo. — «Yaxshimisiz?», - deb so'radi Marko. «Endi yaxshiman», - deb javob berdi Luchiya uni quchoqlab.

Kichik hikoya ko'rinishidagi yana bir misol:

L’ho incontrato e la prima cosa che mi ha detto è stata: “Come stai?”. E io appena l’ho visto ho pensato: “Com’è cambiato!”. Allora l’ho abbracciato e ho risposto: “Ora sto meglio”. — Men uni uchratdim va u menga birinchi bo'lib shunday dedi: “Yaxshimisiz?”. Men esa uni ko'rishim bilan shunday o'yladim: “Qanday o'zgarib ketibdi-ya!”. Keyin uni quchoqladim va shunday javob berdim: “Endi yaxshiman”.

Misollardan ko'rinib turibdiki, muallif gapi, ya’ni fe'l quyidagi o'rinlarda kelishi mumkin:

1.     Ko'chirma gapdan oldin:

Gaia mi disse: «Hai sbagliato, dovevi andartene prima» — Gaya menga shunday dedi: «Xato qilding, vaqtliroq ketishing kerak edi»

2.     Ko'chirma gapning o'rtasida:

«Hai sbagliato» mi disse Gaia «dovevi andartene prima» — «Xato qilding», - dedi Gaya menga - «vaqtliroq ketishing kerak edi»

3.     Ko'chirma gapdan keyin:

«Hai sbagliato, dovevi andartene prima» mi disse Gaia. — «Xato qilding, vaqtliroq ketishing kerak edi», - dedi Gaya menga.

O'ZLASHTIRMA GAP NIMA?

O'zlashtirma gap — bu birovning aytgan so'zlarini mazmunini saqlab, o'zgartirib berishdir. Bunday gaplar odatda ergash gap shaklida bo‘ladi va ular nutqni bildiruvchi (darak) fe'llariga (masalan: dire - aytmoq, affermare - ta'kidlamoq, narrare - hikoya qilmoq va hk.) yoki so'roq/murojaat fe'llariga (masalan: pensare - o'ylamoq, domandare/chiedere - so'ramoq, credere - ishonmoq, rispondere - javob bermoq) bog’lanib keladi      .

Yuqoridagi ko'chirma gapning o'zlashtirma gapga aylantirilgan shakli:

Marco le chiese come stesse. Allora Lucia lo abbracciò, pensando tra sé e sé a come fosse cambiato, e gli rispose che in quel momento stava meglio. — Marko undan ahvoli qandayligini so'radi. Shunda Luchiya o'zicha uning qanchalar o'zgarib ketganini o'ylab, uni quchoqladi va hozir yaxshiroq ekanligini aytdi.

Hikoya asosidagi yana bir misol:

L’ho incontrato e la prima cosa che mi chiesto è stata come stessi. E io, appena l’ho visto, ho pensato a come fosse cambiato. Allora l’ho abbracciato e gli ho risposto che in quel momento stavo meglio. — Men uni uchratdim va u mendan birinchi bo'lib ahvolimni so'radi. Men esa uni ko'rishim bilan qanchalar o'zgarib ketganini o'yladim. Keyin uni quchoqladim va o'sha paytda yaxshiroq ekanligimi aytdim.

Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirma gapni yaxshilab tushunib olishda biz avvalgi paragrafdagi misollar asosida ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish jarayonini amalga oshirdik.

Yana shuni ko‘rishimiz mumkinki, agar ko‘chirma gapda darak-tasdiq ma’nosi bo‘lsa, u holda o‘zlashtirma gapda u to‘ldiruvchi ergash gapga aylanadi. Agar so'roq gap bo'lsa, u o'zlashtirma so'roq gapga aylanadi.

Jarayonni tahlil qilamiz:

«Come stai?» chiese Marco > Marco le chiese come stesse«Yaxshimisiz?», - deb so'radi Marko > Marko undan ahvoli qandayligini so'radi

Ko'chirma gapimizda savol bor edi, u o'zlashtirma gapga o'tganda esa bilvosita (ergash) so‘roq gapga aylandi.

Ho risposto: “Ora sto meglio” > Gli ho risposto che in quel momento stavo meglio — Men javob berdim: “Endi yaxshiman” > Men unga o'sha paytda yaxshi ekanligimni aytdim

Ko'chirma gapda darak gap bor edi: u o'zlashtirma gapda to'ldiruvchi ergash gapga aylantirildi.

To'ldiruvchi va so'roq ergash gaplar yashirin (implicita) yoki ochiq (esplicita) shaklda bo'lishi mumkin:

K.G.: Disse loro che potevano andare via — U ularga ketishlari mumkinligini aytdi (ochiq holdagi to'ldiruvchi)

O’.G.: Li invitò ad andare via — U ularni ketishga chaqirdi (yashirin to'ldiruvchi - infinitiv bilan)

K.G.: Gli chiese se poteva accompagnarlo — U undan kuzatib qo'yishi mumkinligini so'radi (ochiq holdagi so'roq)

O’.G.: Lo ha esortato ad accompagnarlo — U uni kuzatib qo'yishga undadi (yashirin so'roq)

KO’CHIRMA GAPDAN O’ZLASHTIRMA GAPGA O’TKAZISHDA RO’Y BERADIGAN TRANSFORMATSIYALAR

Ko'chirma gapdan o'zlashtirma gapga o'tishda bir nechta grammatik o'zgarishlar yuz beradi.

Avvalo, ko‘chirma gapga xos bo‘lgan tinish belgilar (qo‘shtirnoq, tire va hokazo) yo‘qoladi.

I yoki II shaxsdagi kishilik olmoshlari, egalik olmoshlari va sifatlari III shaxsga o'zgaradi.

K.G.: Mi disse: «Arriverò alle 5 in punto» — U menga shunday dedi: «Roppa-rosa soat 5 da kelaman»

O’.G.: Mi disse che sarebbe arrivato alle 5 in punto — U menga roppa-rosa soat 5 da kelishini aytdi

K.G.: Mi confidarono: «Non ce la faremo mai ad arrivare puntuali» — Ular menga sirdoshlik qilishdi: «Biz hech qachon vaqtida yetib kela olmaymiz»

O’.G.: Mi dissero che non ce l’avrebbero mai fatta ad arrivare puntuali — Ular menga hech qachon vaqtida yetib kela olmasliklarini aytishdi

O'rin-payt ravishlari ham o'zgaradi. Masalan: qui (bu yerda) (u yerda) ga aylanadi; adesso (hozir) esa in quel momento (o'sha paytda) ga, ieri (kecha) bo'lsa il giorno prima (bir kun oldin) ga o'zgaradi va hokazo.

K.G.: Mi disse: «Arriverò domani alle 5 in punto» — U menga shunday dedi: «Erta soat 5 da kelaman»

O’.G.: Mi disse che sarebbe arrivato il giorno successivo alle 5 in punto — U menga ertasiga soat 5 da kelishini aytdi

K.G.: Le chiese: «Aspettami qui» — Undan so'radi: «Meni bu yerda kut»

O’.G.: Le chiese di aspettarla lì — Undan uni u yerda kutishini so'radi

Zamonlar moslashuvi (consecutio temporum) qoidasiga ko'ra fe'l zamonlari ham o'zgaradi. Ba’zi asosiy qoidalar quyidagilar:

1.     Agar muallif gapidagi fe'l va ko'chirma gapdagi fe'l hozirgi yoki kelasi zamonda bo'lsa, zamonlar o'zgarmaydi.

K.G.: Mi dice: “Non voglio andare a scuola” — U menga aytadi: “Maktabga borgim kelmayapti”

O’.G.: Gli dice che non vuole andare a scuola — U unga maktabga borgisi kelmayotganini aytadi

K.G.: Mi dirà: “Non ho fame” — U menga aytadi (kelasi zamon): “Qornim och emas”

O’.G.: Mi dirà che non ha fame — U menga qorni och emasligini aytadi

2.     Agar muallif gapdagi fe'l o'tgan zamonda bo'lsa, ko'chirma gapdagi zamonlar ham vaqt nisbatini saqlagan holda o'tgan zamonga aylanadi.

K.G.: Mi disse: “Non ho fame” — U menga shunday dedi: “Qornim och emas”

O’.G.: Mi disse che non aveva fame — U menga qorni och emasligini aytdi

K.G.: Mi ha detto: “Sono appena arrivata” — U menga shunday dedi: “Men hozirgina yetib keldim”

O’.G.: Mi ha detto che era appena arrivata — U menga hozirgina yetib kelganini aytdi

 

Ko'chirma gap

O'zlashtirma gap

Questo (Bu)



«Voglio questo libro» — «Men bu kitobni xohlayman»

Quello (U)



Ha detto che voleva quel libro — U o'sha kitobni xohlashini aytdi

Qui, qua (Bu yerda/ga)



«Torna qua!» — «Bu yerga qayt!»

Lì, là (U yerda/ga)



Gli ha ordinato di tornare là — Unga u yerga qaytishni buyurdi

Quassù, quaggiù (Yuqorida/pastda)



«Vedete quaggiù!» — «Pastga qarang!»

Lassù, laggiù (U yer tepada/pastda)



Ha ordinato che vedessimo laggiù — U bizga pastga qarashimizni buyurdi

Adesso, ora (Hozir)



«Siamo tornati adesso» — «Biz hozir qaytdik»

In quel momento, allora (O'sha paytda/shunda)



Ha detto che erano tornati in quel momento — Ular o'sha paytda qaytganliklarini aytdi

Ieri (Kecha)



«Ieri ho cominciato la dieta» — «Kecha dietani boshladim»

Il giorno prima / precedente (Bir kun oldin/avvalgi kun)



Disse che il giorno precedente aveva cominciato la dieta — U bir kun oldin dietani boshlaganini aytdi

Oggi (Bugun)



«Oggi ho cucinato la pasta» — «Bugun makaron tayyorladim»

Quel giorno (O'sha kuni)



Disse che quel giorno aveva cucinato la pasta — U o'sha kuni makaron tayyorlaganini aytdi

Domani (Erta/Ertaga)



«Domani andrò al mare» — «Ertaga dengizga boraman»

L’indomani / Il giorno seguente / Il g. successivo / Il g. dopo (Ertasi kuni/Keyingi kuni)



Disse che il giorno dopo sarebbe andata al mare — U ertasi kuni dengizga borajagini aytdi

Mesi / settimane / giorni fa (Oylar/haftalar/kunlar oldin)



«L’ho comprato tre mesi fa» — «Buni uch oy oldin sotib oldim»

Mesi / settimane / giorni prima (Oylar/haftalar/kunlar avval)



Ha detto di averlo comprato tre mesi prima — U buni uch oy avval sotib olganini aytdi

Tra poco, poco fa (Birozdan keyin, biroz oldin)



«Ricomincerò tra poco» — «Birozdan keyin yana boshlayman»

Dopo poco, poco prima (Biroz o'tib, sal avval)



Disse che avrebbe ricominciato dopo poco — U biroz o'tib qayta boshlashini aytdi

 

3.     Agar asosiy gapda so‘roq ma’noli fe’l ishlatilsa, o'zlashtirma gapda congiuntivo (shart mayli) ishlatiladi.

K.G.: Mi ha chiesto: “Hai mangiato?” — U mendan so'radi: “Ovqatlandingmi?”

O’.G.: Mi ha chiesto se avessi mangiato — U mendan ovqatlandimmi yoki yo'q, shuni so'radi

4.     Agar muallif gapi o'tgan zamonda, ko'chirma gap kelasi zamonda bo'lsa, o‘zlashtirma gapda condizionale ishlatiladi.

K.G.: Mi disse: “Non mangerò” — U menga shunday dedi: “Men ovqatlanmayman”

O’.G.: Mi disse che non avrebbe mangiato — U menga ovqatlanmasligini aytdi

Biz yetkazishimiz kerak bo'lgan narsaga (yangilik, savol yoki buyruq) va asosiy gapning zamoniga: hozirgi zamon ("dice, chiede, ordina…") yoki o'tgan zamon ("ha detto, chiese, ha ordinato…") qarab zamonlarning moslashuviga juda ehtiyot bo'lishimiz kerak.

XABAR VA MA'LUMOTLARNI yetkazish uchun:

 

Ko'chirma gap

O'zlashtirma gap (Hozirgi zamon: Dice che...)

O'zlashtirma gap (O'tgan zamon: Ha detto che...)

Presente



«Ho fame» — «Qornim och»

Presente



...ha fame — ...qorni ochligini (aytdi)

Imperfetto



...aveva fame — ...qorni och bo'lganini (aytdi)

Imperfetto



«Avevo un cane» — «Mening itim bor edi»

Imperfetto



...aveva un cane — ...iti bor bo'lganini (aytdi)

Imperfetto



...aveva un cane — ...iti bor bo'lganini (aytdi)

Passato prossimo



«Sono tornata» — «Men qaytdim»

Passato prossimo



...è tornata — ...qaytganini (aytdi)

Trapassato prossimo



...era tornata — ...qaytib kelgan bo'lganini (aytdi)

Passato remoto



«Vidi» — «Men ko'rdim»

Passato remoto



...vide — ...ko'rganini (aytdi)

Trapassato prossimo



...aveva visto — ...ko'rib bo'lganini (aytdi)

Trapassato prossimo



«Avevo letto» — «O'qib bo'lgandim»

Trapassato prossimo



...aveva letto — ...o'qib bo'lganini (aytdi)

Trapassato prossimo



...aveva letto — ...o'qib bo'lganini (aytdi)

Futuro semplice



«Mangerò» — «Men yeyman»

Futuro semplice



...mangerà — ...yeyishini (aytdi)

Condizionale passato



...avrebbe mangiato — ...yeyajagini (aytdi)

Futuro anteriore



«Avrò dormito» — «Uxlab qolgan bo'laman»

Futuro anteriore



...avrà dormito — ...uxlab qolgan bo'lishini (aytdi)

Condizionale passato



...avrebbe dormito — ...uxlab qolgan bo'lajagini (aytdi)

YAXSHILAB E'TIBOR BERING:

Agar bosh gap va ergash gapning egasi bir xil bo'lsa, ko'pincha yashirin shakl, ya'ni DI + INFINITO (Noaniq shakl) ishlatiladi.

Misol uchun:

(Lei) Dice che (lei) ha fame → Dice di avere fame — U ochligini aytyapti

(Lei) Dice che è (lei) tornata → Dice di essere tornata — U qaytganini aytyapti

(Lei) Dice che (loro) sono andati → Dice di essere andati — U ularning ketishganini aytyapti

SO'ROQ GAPLARNI yetkazish uchun:

 

Ko'chirma gap

O'zlashtirma gap (Hozirgi zamon: Chiede se...)

O'zlashtirma gap (O'tgan zamon: Ha chiesto se...)

Presente indicativo



«Parti?» — «Ketyapsanmi?»

Presente indicativo



...parto — ...ketyapmanmi (shuni so'radi)

Imperfetto congiuntivo



...partissi — ...ketayotganimni (so'radi)

Imperfetto indicativo



«Dormivi?» — «Uxlayotganmiding?»

Imperfetto indicativo



...dormivo — ...uxlayotgandimmi (shuni so'radi)

Imperfetto congiuntivo



...dormissi — ...uxlayotgandimmi (shuni so'radi)

Passato pross. indicativo



«Hai cenato?» — «Ovqatlandingmi?»

Passato pross. indicativo



...ho cenato — ...ovqatlandimmi (shuni so'radi)

Trapassato congiuntivo



...avessi cenato — ...ovqatlanganmidim (shuni so'radi)

Passato remoto indicativo



«Tornasti?» — «Qaytdingmi?»

Passato remoto indicativo



...tornai — ...qaytdimmi (shuni so'radi)

Trapassato congiuntivo



...fossi tornata — ...qaytganmidim (shuni so'radi)

Trapassato pross. indicativo



«Avevi letto?» — «O'qiganmiding?»

Trapassato pross. indicativo



...avevo letto — ...o'qiganmidim (shuni so'radi)

Trapassato congiuntivo



...avessi letto — ...o'qiganmidim (shuni so'radi)

Futuro semplice indicativo



«Mangerai?» — «Yeysanmi?»

Futuro semplice indicativo



...mangerò — ...yeymanmi (shuni so'radi)

Condizionale passato



...avrei mangiato — ...yegan bo'larmidim (shuni so'radi)

Futuro anteriore



«Avrà sognato?» — «Tush ko'rganmikan?»

Futuro anteriore



...avrà sognato — ...tush ko'rganmikan (shuni so'radi)

Condizionale passato



...avrebbe sognato — ...tush ko'rgan bo'larmikan (shuni so'radi)

DIQQAT!!

Agar biz so'roqlarni o'zlashtirayotgan bo'lsak, yashirin shakldan (DI + INFINITO) FOYDALANA OLMAYMIZ!!!

BUYRUQ VA TALABLARNI yetkazish uchun:

 

Ko'chirma gap

O'zlashtirma gap (Hozirgi zamon: Ordina che...)

O'zlashtirma gap (O'tgan zamon: Ha ordinato che...)

Imperativo



«Prendi!» — «Ol!»

Presente congiuntivo



...io prenda — ...olishimni (buyurdi)

Imperfetto congiuntivo



...io prendessi — ...olishimni (buyurdi)

Imperativo



«Lasciate!» — «Qoldiring!»

Presente congiuntivo



...noi lasciamo — ...qoldirishimizni (buyurdi)

Imperfetto congiuntivo



...noi lasciassimo — ...qoldirishimizni (buyurdi)

Bu holatda ham yashirin shakl (DI + INFINITO) dan foydalanish mumkin (MUHIM: bu yerda bosh va ergash gapning egalari bir xil bo'lishi shart emas!).

Misol uchun:

Gli ordina che mangi → Gli ordina di mangiare — U unga yeyishni buyurdi

Ordina che io vada all’ufficio → Mi ordina di andare all’ufficio — U menga ofisga borishni buyurdi

Eslatma:

Chiedere (so'ramoq) fe'li ham buyruqlarni yetkazish uchun ishlatilishi mumkin:

Gli chiede che compri un gelato → Gli chiede di comprare un gelato — U undan muzqaymoq sotib olishini so'radi (iltimos qildi)

⬅ Umumiy bo'limiga qaytish