β¬… Myblog bo'limiga qaytish

Bulutli xizmatlar: 9 ta foydali bulutli saqlagichlar

Rasm

Biz ushbu maqolada hozirda internet olamida mashxur va narx-sifat jihatdan maqbul bo'lgan servislarni bir yerga jamladik. Bulutli saqlagich, bulut yoki shunchaki bulutli sandiq - ma'lumotlarni saqlashning zamonaviy usulidir. Bulut yordamida siz rasmlar, videolar, fayllar, qo'shiqlar va boshqa turli tuman ma'lumotlaringizni kompyuter xotirasini band qilmasdan saqlash imkoniga ega bo'lasiz. Saqlangan ma'lumotlardan siz qayerda ekanligingizdan qat'i nazar internetga ulanish imkoni bo'lgan taqdirda foydalanishingiz mumkin. Hozirda turli kompaniyalar o'z mahsulotlarini taqdim etmoqdalar va doimiy raqobatdalar, shuning uchun ham bu maqolada bulutli saqlagichlar haqida yozishni lozim topdik. 



1. «Google Disk» (Google One)

  • Narxi: 15 GB tekin, 30 GB - 6,48 $/oyiga, 2 TB - 12,96 $/oyiga, 5 TB - 21,6 $/oyiga (obunaga Gemini SI qo'shilgan)
  • Dasturlar: Windows, macOS, iOS, Android.
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar egalari uchun eng ajoyib variantlardan biri, chunki Google Drive ilovasi ushbu OS asosidagi smartfon va planshetlarga allaqachon o'rnatilgan bo'ladi. Biroq, bepul saqlashning katta hajmi tufayli ushbu xizmat boshqa qurilmalar egalari uchun ham jozibador bo'lishi mumkin. Qo'shimchasiga - u ko'plab Google xizmatlari bilan chuqur integratsiya qilingan: Gmaildan tortib Google Photos'gacha.

Ro'yxatdan o'tish

2. Dropbox

  • Narxi: 2 GB tekin, 2 TB - 11,99 $/oy, 3 TB - 22 $/oy, 9 TB - 24 $/oy, 15 TB - 32 $/oy
  • Dasturlar: Windows, macOS, Linux, iOS, Android.
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

Bu bulutga Paper o'rnatilgan bo'lib, bu sizga Dropbox ichida hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari, siz loyihalarni boshqarish, shuningdek, jamoaviy ishlash uchun boshqa ko'plab tashqi servis va xizmatlarni Dropboxga ulashingiz mumkin. Dropbox taqdim etayotgan bepul xotira kengaytirilishi mumkin: ilovani sizning taklifingizga ko'ra o'z kompyuteriga o'rnatgan har bir do'stingiz uchun siz 500 MB bonus olasiz.

Ro'yxatdan o'tish

3. Mega

  • Narxi: 20 GB tekin, 400 GB - 4,99 €/oy, 2 TB - 9,99 €/oy, 8 TB - 19,99 €/oy, 16 TB - 29,99 €/oy
  • Dasturlar: Windows, macOS, Linux, iOS, Android, Windows Phone.
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

Bepul versiyasida yaxshigina xotira taqdim etadigan boshqa bir xizmat. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, barcha ma'lumotlar serverlarda shifrlangan shaklda saqlanadi va shuning uchun hatto Mega xodimlari uni o'qiy olmaydi. Akkauntni tiklash uchun beriladigan kalit yo'qotilgan taqdirda uni qayta tiklab bo'lmaydi.

Ro'yxatdan o'tish

4. Yandex.Disk

  • Narxi: 5 GB tekin, 200 GB - 199 β‚½/oy, 1 TB - 399 β‚½/oy, 3 TB - 799 β‚½/oy
  • Dasturlar: Windows, macOS, Linux, iOS, Android
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

Bu Rossiyada ishlab chiqilgan bulut. Albatta, xizmat Yandex ekotizimiga yaxshi integratsiyalangan. Bundan tashqari, foydalanuvchilar Yandex.Disk ilovasi o'rnatilgan smartfonda olingan suratlar uchun cheksiz xotiraga ega bo'lishadi. Kamchiliklardan: bepul versiyada reklama ko'rsatiladi.

Ro'yxatdan o'tish

5. OneDrive

  • Narxi: 5 GB tekin, qolgan tariflar O'zbekiston uchun yopiq
  • Dasturlar: Windows, macOS, iOS, Android, Windows Phone, Xbox
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

Windows 10 va ko'plab Microsoft xizmatlariga integratsiyalangan bulutli disk. Masalan, OneDrive barcha fayllarni Word, PowerPoint va boshqa ofis dasturlari o'rtasida qurilmalarda avtomatik sinxronlashtiradi. Microsoft Office foydalanuvchilari uchun juda qulay bo'lgan servis.

Agar siz Office 365 Personal xizmatiga obuna bo‘lsangiz, ofis dasturlariga qo‘shimcha ravishda 1 TB OneDrive xotirasiga ega bo‘lasiz. Office 365 Home obunasi 6 foydalanuvchining har biriga 1 TB beradi.

Ro'yxatdan o'tish

6. Mail.Ru Cloud

  • Narxi: 8 GB tekin, 128 GB - 149 β‚½/oy, 264 GB - 199β‚½/oy, 1 TB - 399 β‚½/oy, 2 TB - 699 β‚½/oy
  • Dasturlar: Windows, macOS, iOS, Android
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

Rossiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yana bir bulutli disk. Yandex.Disk bilan solishtirganda, Mail.Ru Cloud kamroq xotira taklif qiladi va mobil qurilmalardan rasmlar uchun cheksiz saqlashni ta'minlamaydi. Lekin u yanada moslashuvchan tarif jadvaliga ega. Foydalanuvchi 128 Gb dan 4 TB gacha bo'lgan oltita rejadan birini tanlashi mumkin.

Ro'yxatdan o'tish

7. ICloud

  • Narxi: 5 GB tekin, 50 GB - 0,99 $/oy, 200 GB - 2,99 $/oy, 2 TB - 10,99 $/oy, 6 TB - 32,99 $/oy, 12 TB - 64,99 $/oy
  • Dasturlar: Windows
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

5 Gb bepul xotira yetarli bo'lmasligi mumkin, ammo bu bulut iCloud iPhone va iPad'dan rasmlar va boshqa fayllarni zaxira nusxalashning eng qulay usuli hisoblanadi.

Xizmat macOS'dagi Finder dasturiga integratsiyalangan - bu barcha Mac kompyuterlarining ish stolidir. iWork ofis to'plami orqali yaratilgan hujjatlar ham iCloud'da saqlanadi, shuning uchun ularni qurilmalar o'rtasida sinxronlashtirish mumkin. Platformada Windows uchun rasmiy mijoz ham mavjud bo'lib, uning yordamida kompyuteringizdagi fayllarni yangilab turishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish

8. Box

  • Narxi: 10 GB tekin, 100 GB - 16 $/oy
  • Dasturlar: Windows, macOS, iOS, Android
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

Xizmat o‘zining shaxsiy ekotizimiga ega bo‘lmasa-da, G Suite va Office 365 paketlaridagi dasturlar kabi yuzlab uchinchi tomon vositalariga ulana oladi. Box ish stoli mijozlari nafaqat sinxronlashtirish, balki fayllarni tahrirlash imkonini beradi.

Ro'yxatdan o'tish

9. pCloud

  • Narxi: 10 GB tekin, 500 GB - 49,99 $/yil yoki 199 $/umrbod, 2 TB - 99,99 $/yil yoki 399 $/umrbod, 10 TB - 1190 $/umrbod
  • Dasturlar: Windows, macOS, Linux, iOS, Android
  • Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
  • O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q

Kompaniya Shveytsariyada ro'yxatdan o'tgan, bu mamlakat maxfiylikka oid qat'iy qonunlari bilan mashhur. Yiliga qoΚ»shimcha $48 evaziga siz pCloud Crypto xizmati orqali fayllarni toΚ»gΚ»ridan-toΚ»gΚ»ri qurilmalaringizda shifrlashingiz mumkin bo'ladi.

Ro'yxatdan o'tish

πŸ’¬ 0 Izohlar

πŸ€– 8 + 4 =
Hali izohlar yo'q. Fikr bildirib, munozarani boshlab bering! ✨
β¬… Myblog bo'limiga qaytish
β˜•
Sayt rivojiga hissa qo'shing!
inITALIA.uz loyihasi doimiy ravishda bepul va foydali bo'lib qolishi uchun o'z yordamingizni ayamang. Sizning kichik e'tiboringiz loyiha uchun juda muhim!
πŸ’³ Loyihani qo'llab-quvvatlash
Ushbu oyna avtomatik 15 soniyadan so'ng yopiladi