Ko'pgina hollarda otlarda so’z oxiridagi qo’shimchani o'zgartirish orqali ko'plikni hosil qiladi.
Uchta asosiy turi mavjud:
1. prima classe: -a tugaydigan nomlar mujskoy rodda bo’lsa -i , jenskiy rodda bo’lda -e ga o’zgaradi:
problema ▶ problemi
casa ▶ case
2. seconda classe: -o bilan tugaydigan otlar -i ga o’zgaradi
ufficio ▶ uffici
mano ▶ mani
3. terza classe: -e bilan tugaydigan otlar -i ga o’zgaradi
cane ▶ cani
chiave ▶ chiavi
Ayrim otlar ko’plikda ikki xil shaklga ega, ya’ni ko’plikda ham musjkoy, ham jenskiy bo’lib kelishi mumkin va qaysi rodda kelganiga qarab ma'no farqlashi mumkin:
filo ▶ fili / fila
gesto ▶ gesti / gesta
labbro ▶ labbri / labbra
braccio ▶ bracci / braccia
Ba'zi otlar birlik va ko'plik uchun yagona shaklga ega:
il re ▶ i re
la crisi ▶ le crisi
la specie ▶ le specie
Ba'zi otlar ko'pliksiz ishlatiladi:
aria
ferro
latte
Umuman olganda, undosh bilan tugaydigan o'zlashma so'zlar odatda (!) ko'plikda o'z holicha qoldiriladi, bunda faqat artikl o'zgaradi:
il film ▶ i film
il camion ▶ i camion
l’iPod ▶ gli iPod
Ala va arma so’zari jenskiy rodda bo’lsa ham ko’plikda -i ga o’zgaradi: le ali, le armi.- -cia, -gia (urg’u olgan i) bilan tugaydigan otlar qoidaga mos ravishda -cie, -gie ga o’zgaradi:
la farmacia - le farmacie
a magia – le magie
- -cia, -gia (urg’u olmagan i) bilan tugaydigan otlardan oldin undosh kelsa, -ce va -ge ko’rinishida o’zgaradi:
la pancia - le pance
la frangia - le frange
la spiaggia - le spiagge
la pronuncia - le pronounce
Agar ular aksincha, unli bilan birga kelsa, ko’plikka -cie, -gie shaklida o’zgaradi:
la camicia – le camicie
la valigia - le valigie
la socia - le socie
la ciliegia - le ciliegie
Eslab qoling!Qaysi holatlarda i harfini saqlab qolish, aksincha, qaysi hollarda uning tushib qolishini bilishning oddiy empirik qoidasi bor: agar c va g unli bilan birga kelsa (ciliegia, camicia, fiducia) u holda ko’plikda i harfi saqlanib qoladi; aksincha c va g undosh bilan birga kelsa (pioggia/piogge, pancia/pance), u holda ko’plik shaklida i harfi tushib qoladi. Eng yaxshisi murakkab ko’plik shakllarini lug’atdan tekshirgan ma’qul, chunki lug’atda to’g’ri shakl bilan birga, o’g’zaki nutqda foydalaniladigan shakllari ham ko’rsatiladi: ciliege, valige, provincie kabi.
- -ca, -ga bilan tugaydigan otlar mujskoy rodda bo’lsa, ko’plikda -chi, -ghi ga o’zgaradi; agar jeskiy rodda bo’lsa, u holda -che, -ghe shaklini oladi:
il monarca - i monarchi
la marca-le marche
il collega - i colleghi
la bottega-le botteghe
Faqat "belga" sifati istisno holatlardan bo’lib, mujskoy rodda ko’plikgi "belgi" shaklida bo’ladi, jenskiy rodda esa qoida asosida "belghe" bo’lib o’zgaradi.
- -scia bilan tugaydigan jenskiy roddagi otlarning ko’pligi -sce ga o’zgaradi:
la fascia - le fasce
l’angoscia - le angosce
- birlikda -ìo (urg’u olgan -i bilan) bilan tugaydigan otlarning ko’pligi -ìi shaklida bo’ladi (faqat "dio" so’zi bundan mustasno, uning ko’pligi "dei" shaklida o’zgaradi: gli dei dell’Olimpo);
lo zìo - gli zìi
l’invìo - gli invìi
il pendìo – i pendìi
il leggìo – i leggìi
- birlikda -io (urg’u olmagan -i bilan) bilan tugaydigan otlarning ko’pligi -i ga o’zgaradi, faqatgina "tempio" so’zi bundan mustasno, uning ko’pligi "tempi" (bu "tempo" so’zining ko’pligi bo’ladi) emas "templi" bo’ladi:
il bacio - i baci
l’occhio - gli occhi
il cambio – i cambi
il viaggio - i viaggi
Italyan tilida -io bilan tugaydigan shunday otlar borki, ularning ko’plik shakli boshqa otlar bilan adashtirilishi mumkin. Masalan, principio va principe otlarining ko’plik shakli bir xil principi bo’ladi. Ularni adashtirmaslik uchun ba’zilar oxirida ikkita -i ishlatishadi (principii), boshqalar esa oxirgi "i" ning ustiga sirkumflek urg’u qo’yishadi (principȋ). Bugungi kunda ko’plikda bitta "i" qoldirish ma’qullanmoqda, albatta yozuvda ko’plik shaklini urg’u bilan ko’rsatgan holda.
il principio – i princìpi
il principe- i prìncipi
l’arbitro – gli àrbitri
l’arbitrio- gli arbìtri
Hozirgi zamon italyan tilida birlikda -co va -go bilan tugaydigan otlar turli ikkilanishli ko’plik shakllarini namoyon etishmoqda.
Umumlashtirgan holda quyidagilarni aytishimiz mumkin:
- parole piane - ikki bug’inli otlar (oxiridan ikkinchi bug’in urg’u olsa) ko’plik shaklida -chi va ghi ga o’zgaradi:
il cuoco-i chuochi
l’ago-gli aghi
il fuoco-i fuochi
lo spago-gli spaghi
Istisno holatlari:
l’amico-gli amici
il greco-i greci
il nemico-i nemici
il porco-i porci
- parole sdrucciole - uch bug’inli otlar (oxiridan uchinchi bug’in urg’u olsa) ko’plikda -ci va -gi ga o’zgaradi:
il medico - i medici
il teologo - i teologi
il sindaco - i sindaci
l’asparago - gli asparagi
Istisno holatlari:
l’incarico - gli incarichi
il dialogo - i dialoghi
il valico - i valichi
l’obbligo - gli obblighi
Ba’zi otlarning esa ko’plikda ikkta shakli ham mavjud:
il chirurgo = i chirurghi / i chirurgi
il sarcofago = i sarcofaghi / i sarcofagi
Birlikda -o bilan tugaydigan ba’zi mujskoy roddagi otlar, ko’plikda -a qo’shimchasini olib, jenskiy rodga aylanadi:
il centianio – le cantinaia
il paio – le paia
il migliaio – le migliaia
l’uovo - le uova
Eslab qoling!-co va -go bilan tugaydigan otlarning ko’plik shaklida ko’plab ikkilanishli holatlari mavjud. Ba’zi holatlarda kichik ishoralar bilan o’zimizga foyda keltirishimiz mumkin.
-logo bilan tugaydigan shaxsni ko’rsatuvchi otlarning ko’pligi -gi ga o’zgaradi: endocrinologo-endocrinologi, psicologo-psicologi, biologo-biologi.
Narsa va shaxsni bildirgan otlarning ko’pligi esa -ghi ga o’zgaradi: dialogo-dialoghi, decalogo-decaloghi, prologo-prologhi.
-fugo bilan tugaydigan otlar esa ko’plikda doimo -ghi ga o’zgaradi: inifugo-inifughi, callifugo-callifughi.
Nuqsonli otlar
Faqat birlikda yoki ko’plikda ishlatiladigan otlar nuqsonli otlar deyiladi.
Faqat birlikda ishlatiladigan otlarga quyidagilar kiradi:
- deyarli barcha mavhum otlar: il coraggio, la suberbia, la pietà;
- ba’zi jamlovchi otlar: la gente, la roba, il fogliame;
- ba’zi kasalliklar nomlari: il raffreddore, la rosolia, il morbillo, la malaria;
- kimyoviy elementlar va metallar nomlari: l’ossigeno, l’idrogeno, il titanio, l’oro;
- ko’plab bayramlar nomi: il Natale, la Pasqua, l’Epifania, il Ramadan;
- oylar nomlari: gennaio, febbraio, marzo ecc;
- dunyodagi tanho narsalarni bildiruvchi otlar: l’equatore, il Nord, l’Est, l’Ovest;
- oziq-ovqat mahsulotlari nomlari: il grano, il mais, il farro, la crusca, il pepe;
Eslab qoling!Ba’zi birlikda ishlatiladigan otlar ko’plikda ham ishlatilishi mumkin, ammo ularning ma’nosi birlikdagidan farq qiladi. Misol uchun le genti -xalqlar, i ferri - ish qurollari, gli ori – taqinchoqlar ma’nosini beradi. Huddi shunday arie so’zi ham ko'chma ma’noda ishlatilishi mumkin. darsi delle arie - o’ziga bino qo’ymoq, havolanib ketmoq ma’nosida yoki musiqiy sohaga oid ma’nosi ham bor: ieri ho ascoltato delle bellissime arie di Bach - aria ma’nosida.
Faqat ko’plikda ishlatiladigan otlarga quyidagilar kiradi:
- ikkita teng qismdan iborat narsa-buyumlar nomlari: gli occhiali, le forbici, le pinze, le manette, i calzoni, i pantaloni;
- narsa-buyumlar yoki harakatlar guruhini bildirgan otlar: le stoviglie, i viveri, i dintorni;
- lotin tilidan o’zlashgan ba’zi otlar: le ferie, le nozze, le esequie, le tenebre, i posteri.