⬅ Qiziqarli Grammatika bo'limiga qaytish

So'roq olmoshlari - I pronomi interrogativi

   I pronomi interrogativi - noaniq shaxslar yoki narsalarga aniqlik kiritish uchun to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita savol beriladi va so’roq olmoshlaridan foydalaniladi. Ular gapda ega yoki to'ldiruvchi vazifasini bajarishi mumkin.

So'roq olmoshlari 4 ta:
• Chi (Kim) mujskoy/jenskiy rod, birlik va ko'plik uchun bir xil.

Chi è partito? - kim ketdi?
Di chi è questa macchina? - bu mashina kimniki?
Con chi hai parlato? - kim bilan gaplashding?
Gli chiese per chi lavorasse? - cherkovlar kim uchun ishlaydi?.

• Che, che cosa, cosa (Nima) neytral qiymatga ega

Che farai domenica? - yakshanba nima ish qilasan?
Che cosa ti è capitato? - seni nima hayratga soldi?
Cosa fanno i ragazzi? - qizlar nima qilishayapti?

• Quale, quali (Qaysi) rodlarda o'zgarmaydi. Faqat sonda o’zgaradi. Ular odamlarga ham, narsalarga ham tegishli.

Quale studente è il più intelligente? - qaysi talaba eng aqlli?
Quale sport preferisci? - qaysi sport turini afzal ko'rasan?

• Quanto, quanta, quanti, quante (Qancha) ular rod jihatidan ham, son jihatidan ham o'zgaruvchan bo'lib, ular odamlarning va narsalarning miqdori bilan bog'liq savollar berish uchun ishlatiladi.

Quanta strada abbiamo fatto? - qancha yo'l bosdik?
Quanto hai speso? - qancha ishlatding?
Quanti anni avete? - yoshlaring nechida?
Quante pizze hai comprato? - nechta pitsa sotib olding?

Pronomi esclamativi

I pronomi interrogativi (so’roq olmoshlari) pronomi esclamativi (undov gaplar) ni yasashda ham ishlatiladi:

Guarda chi c’è! - qara kim borligini!
Che triste! - naqadar qayg'uli!
Cosa devo vedere! - nimani ko'rishim kerak!
Quanto sei stupido! - naqadar ahmoqsan!

💬 0 Izohlar

🤖 4 + 6 =
Hali izohlar yo'q. Fikr bildirib, munozarani boshlab bering! ✨
⬅ Qiziqarli Grammatika bo'limiga qaytish
☕
Sayt rivojiga hissa qo'shing!
inITALIA.uz loyihasi doimiy ravishda bepul va foydali bo'lib qolishi uchun o'z yordamingizni ayamang. Sizning kichik e'tiboringiz loyiha uchun juda muhim!
💳 Loyihani qo'llab-quvvatlash
Ushbu oyna avtomatik 15 soniyadan so'ng yopiladi