Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Digramma va trigramma


Digraf yoki digramma — bitta fonemani (tovushni) ifodalovchi ikki belgili harf. Ingliz tilida quyidagi digraflar mavjud: th, ch, sh, oo, qu va boshqalar. Oʻzbek tilida boʻlsa shch va ng digraflari bor.

Italyan tilida esa quyidagilar:

  • "ch" -i va -e unlilari oldidan kelsa [k] fonemasini beradi (qattiq C);
  • "ci"  -a, -o va -u unlilari oldidan [ʧ] fonemasi (yumshoq C, ya'ni CH);
  • "gh" -i va -e unlilari oldidan  [g] fonemasi (qattiq G);
  • "gi" -a, -o  va -u unlilari oldian  [ʤ] fonemasi  (yumshoq G, ya'ni J);
  • "gl" -i unlisi oldian   [ʎ] fonemasi (yumshoq L);
  • "gn"  [ɲ] fonemasini;
  • "sc" -i va -e  unlilari oldian [ʃ] fonemasi beradi.

Misol uchun:

GL + i = figli (fil'i)

GN + barcha unlilar = agnello (anyello)

CH + e/i = oche, dischi (oke, diski)

GH + e/i = margherita. ghiro (giro)

SC + e/i = scelta, nascita (nashita)

CI+a – CI+o – CI+u = bacio (bachio)

GI+a – GI+o – GI+u = giuria (juria)

Trigramma - bitta fonemani (tovushni) ifodalovchi uch belgili harf.

  • "sci"  -a, -o, -e va -u unlilari oldian [ʃ] (sh) tovushini beradi;
  • "gli" unlilar oldian  [ʎ] (yumshoq L) tovushini beradi.

Misol uchun:

GLI+ barcha unlilar = magli(mal'ia)

SCI+ a, o, u = sciopero (shopero)

CHI + barcha unlilar = chiave (kiave)

GHI + barcha unlilar = ghianda (gianda)

31.01.2021
Shaxboz Mustafayev

Mavzu yuzasidan video


InItalia.uz © 2020-