Avvalambor, apostrof — bu o’zimizning tutuq belgisi. Italyan tilida ikkita unli harfning yonma-yon kelishini oldini olish uchun (asosan bir xil talaffuz qilinadiganlarni) ko’pincha aspostrof («’») ishlatiladi. Ya’ni birinchi so’zning oxirgi unli tovushi tushiriladi va tutuq belgisi bilan almashtiriladi. Biroq tutuq belgisi faqat birlikda ishlatilidi. Italyan tilida tutuq belgisining ishlatilishini quyidagi jadval orqali o’rganamiz:
Qoidaga binoan, unlidan oldin quyidagilarga tutuq belgisi qo’yiladi |
MISOL |
TARJIMA |
Una alcuna/nessuna |
un’amica nessun’altra |
dugona hech qanday boshqasi |
LO va LA aniq artikllari |
l’amico l’amica |
do’st dugona |
Yuqoridagi artikllar bilan kelgan predloglar |
nell’anno 2021 all’università |
2021-yilda oliygohga |
QUESTO va QUELLO |
quest’anno quell’albero |
shu yil o’sha daraxt |
Bello/-a, santo/-a va jenskiy roddagi buona |
Un bell’uomo Sant’Antonio |
Chiroyli erkak Avliyo Antonio |
LO va LA olmoshlari – vositali to’ldiruvchi vazifasida (avvalo o’zi kabi talaffuz qilinuvchi unli oldidan) |
L’ho visto ieri L’abbiamo incontrata in centro |
Men uni kecha ko’rdim Uni markazda uchratdik |
mi, ti, si, ci, vi olmoshlari (o’xshash unli tovushdan oldin kelsa) |
M’interessa molto |
Bu menga juda qiziq |
Ci o’rin ravishi unli bilan boshlanuvchi essere fe’li oldidan kelsa |
C’è Mario? C’era una volta… |
Mario bormi? Qachonlardir…. |
Anche yuklamasi io olmoshi bilan kelsa |
Vengo anch’io |
Men ham boraman |
Odatda (har doim ham emas!) DI predlogi unli bilan boshlanuvchi so’zlar oldidan kelsa |
d’inverno/d’estate d’oro |
qishda/yozda tilla, tillada qilingan |
DA predlogi tutuq belgisini olmaydi (uni DI predlogi bilan chalkashtirmaslik uchun)
Istisno: ba’zi turg’un birikmalar va ifodalardan tashqari |
Sono statada amici Sono andato da Anna |
Dugonalarimnikida edim Annanikiga bordim |
d’altronde d’altra parte d’ora in poi |
aytgancha, darvoqe, aytmoqchi boshqa tarafdan shu daqiqadan
|
06.02.2021
Shaxboz Mustafayev
Mavzu yuzasidan