Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

SIFAT VA UNING TURLARI


Sifat (l’aggettivo)

Sifat ― otga qo’shilib unga biror qanday xususiyat yoki ma’no qo’shadi. Umuman olganda, o’zbek tilida sifat qanday vazifalarni bajarsa, italyan tilida ham shunday vazifalarni bajaradi, biroq ular o’rtasida ma’lum farqlar bor. Sifat rod va son kategoriyasida o’zgaradi.

                una ragazza simpatico (yoqimtoy qiz) ― ragazze simpatiche (yoqimtoy qizlar)

Sifat, asosan, 2 xil vazifani bajaradi:

  1. Aniqlovchi vazifasi (funzione attributive) - sifat otga bevosita bog’lanadi:

Un film bellissimo - ajoyib kino

Un viaggio indimenticabile - unutilmas sayohat

Un documentario interessante - qiziqarli hujjat

  1. Kesimlik vazifasi (funzione predicativa)  - sifat otga bilvosita, ya’ni kesim yordamida bog’lanadi.

Questo documentario mi sembra interessante - bu hujjat menga qiziqarli tuyulyapti

Quell film è bellissimo - o’sha kino juda ajoyib

Yasalishi (formazione)

Qo’shimcha qo’shish orqali. Fe’lga qo’shilib sifat yasaydigan qo’shimchalar quyidagilar:

  • -abile ― “-are” bilan tugagan fe’llarga qo’shilib sifat yasaydi:

Amare-amabile (sevmoq-sevimli);

Mangiare-mangiabile (yemoq-yeyimli);

Cantare-cantabile (kuylamoq-kuylab bo’ladigan)

  • -ibile ― “-ere” va “-ire” bilan tugagan fe’llarga qo’shilib sifat yasaydi:

Prevedere-prevedibile (oldindan ko’rmoq-oldindan ko’rib bo’ladigan)

Aprire-apribile (ochmoq-ochib bo’ladigan)

  • -evole ― ba’zi fe’llardan sifat yasaydi:

Maneggiare-maneggevole (boshqarmoq-boshqarib bo’ladigan)

Mutare-mutevole/mutabile (o’zgartirmoq-o’zgartirib bo’ladigan)

Otga qo’shilib sifat yasaydigan qo’shimchalar quyidagilar:

  • -oso ― fumo-fumoso (tutun-tutunli), studio-studioso (o’qish-o’qimishli)
  • -istico ― artista-artistico (san’at-san’atkorona)
  • -ale ―centro-centrale (markaz-markaziy), forma-formale (rasmiyat-rasmiy)
  • -ano ― mondo-mondano (jahon-jahongir)
  • -ico ― democrazia-democratico (demokratiya-demokratik), politica-politico (siyosat-siyosiy)
  • -are ― sole-solare (quyosh-quyoshli)

Geografik sifatlarni yasaydigan qo’shimchalar quyidagilar:

  • -itano ― napoli-napoletano (neapol-neapollik), palermo-palermitano (palermo-palermolik)
  • -ese ― samarcanda-samarcandese (samarqandlik), bari-barese (bari-barilik)
  • -ino ― parigi-parigino (parij-parijlik), firenze-fiorentino (florensiyalik)
  • -ano ― roma-romano (rimlik)

 

Sifatning ma’no turlari (categorie dell’aggettivo)

Italyan tilida sifatning ma’no turlari o’zbek tilidagi bilan o’xshamaydi. Italyan tilida sifatning 2 ta guruhi mavjud:

  1. Sifatlovchi sifatlar (aggettivi qualificativi) ― otga turli sifatlar qo’shish orqali uning uning turli belgilarini, ya’ni xususiyat va sifatlarini ochib beramiz:

Una cravatta verde pisello ―  no’xotday yashil bo’yinbog’

  1. Aniqlovchi yoki ko’rsatuvchi sifatlari (aggettivi determinativi o indicativi) ― otning ba’zi bir tomonlarini aniqlab keladi. O’z navbatida bu guruh 6 ta turga bo’linadi:
  1. Egalik sifatlari (possessivi) - mio, tua, suo, loro…
  2. Ko’rsatish sifatlari (dimostrativi) - questa, questo
  3. Noaniq sifatlar (indefiniti) - qualsiasi, certuno, vario…
  4. So’roq sifatlari (interrogativi) - che? Quale?...
  5. Miqdor sifatlar (numerali) - uno, due, tre…
  6. His-hayajon sifatlari (esclamativi) - che

Ba’zi adabiyotlarda bu guruhga identifikatsiya sifatlari (identificativi)ni ham qo’shishgan (stesso) hamda so’roq va his-hayajon sifatlarini bir turga kiritishgan.

Sifatlovchi sifatlar (aggettivi qualificativi).

Ularning son va rod kategoriyalari.

Otga qo’shilib uning turli xil belgilarini bildiradi. Oddiy so’z bilan aytsak, o’zbek tilidagi sifatning barcha ma’noviy turlari italyan tilining ushbu guruhiga taaluqlidir.

                un lavoro può essere impegnativo, noioso, faticoso, facile, difficile.

                ish - qiziqarli, zerikarli, mushkul, oson, qiyin bo’lishi mumkin.

Sifatlovchi sifatlar o’zgaruvchan (rodda-sonda) va o’zgarmas bo’lishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, mujskoy roddagi sifatlar jenskiy roddagi otga qo’shilib, jenskiy rodga o’zgarishi mumkin.

Rod

Birlik (singolare)

Ko’plik (plurale)

I     mujskoy (maschile)

      jenskiy (femminile)

- o

- e

- a

- i

II    mujskoy va jenskiy

- e

- i

 

Misol:   piccolo appartamento (kichik uy) - piccoli appartamenti              

             una ragazza romana (rimlik qiz) - le ragazze romane

             il cibo mangiabile (yeyimli ovqat) - i cibi mangiabili

Ayrim sifatlar faqat son kategoriyasida (birlik-ko’plik) o’zgaradi, ammo rodda o’zgarmaydi, ya’ni ikki rodda ham oxirgi unlisi (qo’shimchasi) o’zgarishsiz qoladi.

Rod

Birlik (singolare)

Ko’plik (plurale)

Mujskoy va jenskiy

Elegante -xushbichim

Eleganti

 

Boshqa sifatlar faqat ko’plikda o’zgaradi, birlikda - yo’q.

Rod

Birlik (singolare)

Ko’plik (plurale)

Mujskoy rod

Entusiasta (g’ayrat)

Entusiasti

Jenskiy rod

Entusiaste

 

Misol:   alcune persone sono entusiaste - ayrim insonlar g’ayratli

             i ragazzi dovranno essere entusiasti - yigitlar g’ayratli bo’lishi kerak

 

Asosiy o’zgarmas sifatlar quyidagilar:

  • Kelib chiqishi ot bo’lgan ba’zi rang bildiruvchi sifatlar:

Blu, rosa, viola - ko’k, pushti, binafsha

  • Predlog + ravish qolipli sifatlar:

Dabbene (oddiy), perbene (tarbiyali), dappoco (qobiliyatsiz), ammodo (xushmuomala)

  • Anti + ot qolipli sifatlar:

Antimafia - mafiyaga qarshi

Antirughe - ajinga qarshi

  • Kelib chiqishi chet tilidan bo’lgan sifatlar:

beat, jazz, chic, snob

 

Shaxs-sonda moslashishi

Sifat aniqlovchi yoki ot kesim bo’lib kelishidan qat’iy nazar shaxs va sonda moslashadi.

                una bella ragazza - chiroyli qiz

                una borsa pesante  - og’ir sumka

Sifat gapda bir nechta otni ifodalab kelganda, uning otdan oldin yo keyin kelishini farqlash kerak:

  1. Agar sifat jenskiy roddagi otlardan so’ng kelsa, u ham ko’plikga va jenskiy rodga o’zgaradi:

La borsa e la sciarpa nuove (yangi sumka va sharf)

Jenskiy+jenskiy

La borsa e il capello nuovi (yangi sumka va bosh kiyim)

Jenskiy+mujskoy

Il capello e il cappotto nuovi (yangi bosh kiyim va plash)

Mujskoy+mujskoy

 

  1. Sifat otlardan oldin kelganda qaysinisiga yaqin bo’lsa, o’sha bilan moslashadi:

Squisite paste e dolci - shirin ovqat va shirinliklar

  1. Sifat ot kesim bo’lib kelsa, doimo ko’plikga moslashadi:

La borsa e la sciarpa sono nuove (sumka va sharf yangi)

Jenskiy+jenskiy

La borsa e il capello sono nuovi (sumka va bosh kiyim yangi)

Jenskiy+mujskoy

Il capello e il cappotto sono nuovi (bosh kiyim va plash yangi)

Mujskoy+mujskoy

 

Otlashgan sifat (aggettivo sostantivato)

Ba’zi sifatlar otlashib kelishi mumkin:

  1. Egalik olmoshi o’rnida keladigan sifatlar ko’plikda butun oila, ota-ona ma’nosida kelsa:

I miei, i tuoi, i suoi - menikilar, senikilar, unikilar

  1. Mujskoy roddagi butun bir xalqni ifodalovchi sifatlar ko’plikda kelsa, butun millat tushuniladi:

Gli inglesi, i tedeschi - inglizlar, nemislar

  1. Sifatlar ko’plikda jamiyatning ijtimoiy qatlamini ko’rsatsa:

I ricchi, i poveri, le bionde - boylar, kambag’allar, sariq sochlilar (blondinkalar)

 

Sifatlovchi sifatning o’rni (posizione dell’aggettivo qualificativo)

Sifat odatda otdan oldin keladi:

                gli occhi neri - qora ko’zlar

                un ragazzo alto - uzun bola

Otdan oldin kelsa, ma’nosi ham o’zgaradi:

                 è un uomo buono - u yaxshi inson (ko’ngli ochiq) bilan

                è un buon uomo - u yaxshi inson (oddiy)

                è un uomo grande - u odam katta (uzun bo’ylim semiz, baquvvat) bilan

                è un grand’uomo - u katta odam (qo’li uzun, martabali)

 

Aniqlovchi yoki ko’rsatuvchi sifatlari (aggettivi determinativi o indicativi)

Aniqlovchi yoki ko’rsatuvchi sifatlar otni aniqlab kelib, unga egalik (possessiva), ko’rsatish (dimostrativa), noaniqlik (indefinita), so’roq (interrogativa), miqdor (numerale), his-hayajon (esclamativa) kabi ma’nolarni qo’shadi. O’zbek tilida bular olmoshning tulariga to’g’ri keladi.

Egalik sifatlari (aggettivi possessivi)

Predmetning kimga tegishliligini bildiradi. Ular 24 ta:

Shaxs

Birlik

Ko’plik

Mujskoy

Jenskiy

Mujskoy

Jenskiy

1-shaxs birlik

Mio (mening)

Mia

Miei

Mie

2-shaxs birlik

Tuo (sening)

Tua

Tuoi

Tue

3-shaxs birlik

Suo (uning)

Sua

Suoi

Sue

1-shaxs ko’plik

Nostro (bizning)

Nostra

Nostri

Nostre

2-shaxs ko’plik

Vostro (sizlarning)

Vostra

Vostri

Vostre

3-shaxs ko’plik

Loro (ularning)

Loro

Loro

Loro

               Misol:   maria mi ha dato i suoi(aggettivo) libri(nome). - mariya menga o’zining kitoblarini berdi

Ba’zi bir oila a’zolarini bildirgan otlar bilan kelgan egalik sifati artikl talab qilmaydi:

                 mio padre è severo. Mia madre è buona.

Ko’rsatish sifatlari (aggettivi dimostrativi)

Bu sifatlar odam, predmet, vaqt yoki suhbatning ma’lum bir joydan yaqin-uzoqligini ko’rsatadi. Ko’rsatish sifatlari otdan oldin ishlatilib, bunday sifatlardan oldin hech qachon artikl ishlatilmaydi. Ular quyidagilar:

Birlik

Ko’plik

Mujskoy

Jenskiy

Mujskoy

Jenskiy

Questo (bu)

Questa

Questi

Queste

Codesto (bu)

Codesta

Codesti

Codeste

Quello, quell (o’sha)

Quella

Quelli

Quelle

 

                Misol:   questo libro mi piace moltissimo - bu kitob menga juda-juda yoqadi

Tale (bunday) ― “questo, quello” ma’nosida kelganda ko’rsatish sifati sifatida ishlatiladi.

                tale comportamento mi offende - bunday xulq-atvor mening ko’nglimga ozor yetkazadi

Stesso (bir-xil) va medesimo (o’xshash)― ikki predmet orasidagi o’xshashlikni ko’rsatadi. Bular ko’rsatish sifatlari (olmoshlari) hisoblanadi. Ba’zi adabiyotlarda bu ikki birlikni identifikatsiya (identificativo) sifatlari deb ko’rsatishadi.

                siamo dello stesso segno zodiacale - biz bir-xil burj ostidamiz

                abbiamo le medesime idée - bizning g’oyalarimiz o’xshash

                marco e paolo hanno la stessa eta - marko va paolo bir-xil yoshda

 

Noaniq sifatlar (aggettivi indefiniti)

Bunday sifatlar otga qo’shilib miqdor va sifat ma’nosini ifodalaydi. Bu sifatlar o’zbek tilida gumon olmoshlariga biroz to’g’ri keladi. Ular quyidagilar:

Birlik

Ko’plik

Mujskoy

Jenskiy

Mujskoy

Jenskiy

Ogni (har bir)

Ogni

Ciascuno (har kim)

Ciascuna

Nessuno (hech kim)

Nessuna

Qualche (bir qancha)

Qualche

Qualsiasi (har qaysi)

Qualsiasi

Qualunque (har qaysi)

Qualunque

Alcuno (ba’zi bir)

Alcuna

Alcuni

Alcune

Alquanto (qancha)

Alquanta

Alquanti

Alquante

Altrettanto (bir xil miqdorda)

Altrettanta

Altrettanti

Altrettante

Altro (boshqa)

Altra

Altri

Altre

Certo (shubhasiz)

Certa

Certi

Certe

Diverso (boshqacha)

Diversa

Diversi

Diverse

Molto (ko’p)

Molta

Molti

Molte

Parecchio (ko’p)

Parecchia

Parecchi

Parecchie

Poco (kam

Poca

Pochi

Poche

Tale (bunday)

Tale

Tali

Tali

Taluno (ayrim)

Taluna

Taluni

Talune

Tanto (talaygina)

Tanta

Tanti

Tante

Troppo (ko’p)

Troppa

Troppi

Troppe

Tutto (hamma)

Tutta

Tutti

Tutte

Vario (turli)

Varia

Vari

Varie

 

Misol:   qualsiasi canzone mi piacerà. (una canzone non specificata) - har qanday qo’shiq menga yoqaveradi. (aynan bir qo’shiq emas)
             i miei zii tutti gli anni in agosto vanno al mare. (ogni anno in generale, non un anno in particolare) - mening amakilarim har yil avgustda                           dengizga borishadi (umuman har yili, aynan bir aniq yil emas)

So’roq sifatlari (aggettivi interrogativi)

So’roq sifatlari otdan anglashilgan ma’noning sifatini, xususiyatini bilish uchun xizmat qiladi.

Birlik

Ko’plik

Mujskoy

Jenskiy

Mujskoy

Jenskiy

Che (qaysiki)

Che

Che

Che

Quale (qaysi)

Quale

Quali

Quale

Quanto (qancha)

Quanta

Quanti

Quante

 

                Misol:   quale vestito ti piace? - qaysi kiyim senga yoqdi?

                   quanta pasta vuoi? - qancha makaron xohlaysan?

His-hayajon sifatlari (aggettivi esclamativi)

Ushbu sifatlar his-hayajonli gaplarda ishlatiladi.

Quanta gioia! - qanchalar shodlik!
Quale disgrazia! - qanday omadsizlik!
Che aria! - qanday havo!

Miqdor sifatlar (aggettivi numerali)

Bular otdan anglashilgan ma’noning sonini, miqdorini ifodalash uchun xizmat qilib, odatda otdan oldin ishlatiladi. Ular quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Sanoq sifatlar (cardinali) - uno, due, tre, … (bir, ikki, uch)
  2. Tartib sifatlar (ordinal) - primo, secondo, terzo, … (birinchi, ikkinchi, uchinchi)
  3. Ko’paytiruvchi sifatlar (moltiplicativi) - doppio, triplo, … (juft, uch juft)

Misol:   vorrei due camicie e tre gonne. - ikkita ko’ylak va uchta yubka xohlardim.

Sifat darajalari (gradi dell’aggettivo)

Sifatlovchi sifatlarning 3 ta darajasi mavjud. Uni quyidagi jadval orqali tushunib olishingiz mumkin:

Sifat darajalari (grado)

Daraja turlari

Yasovchilari

Misol

Oddiy daraja (grado positivo)

 

 

Laura è simpatico (laura yoqimtoy)

Qiyosiy daraja (grado comporativo)

Kuchaytirma daraja (maggioranza)

Più + sifat + di / che

Laura è più simpatica di te (… senga qaraganda yoqimtoy)

Laura è più simpatica che bella (… chiroyiga qaraganda ancha yoqimtoy)

Ozaytirma daraja (minoranza)

Meno + sifat + di

Laura è meno brava di paolo (… paolodek yaxshi emas)

Tenglik darajasi (uguaglianza)

Altrettanto (-ga o’xshab)

+ sifat + come / quanto

Marco è altrettanto testardo come te (marko sen kabi o’jar)

Tanto (juda, shunday)

Sono tanto stanco come te (men senday juda charchaganman)

Così (xuddi, kabi)

Maria è così carina come sua madre (mariya onasidek mehribon)

Orttirma daraja (grado superlativo)

Nisbiy daraja (relativo)

Il più … (sifat) + di / fra / tra

L’uomo più ricco di / fra tutti (barchaga nisbatan boyroq inson)

Absolyut daraja (assoluto)

-issimo/a

Un amico carissimo (juda qadrdon do’st)

Molto

Sei molto bravo (sen juda zo’rsan)

Tanto

Abbiamo tanto tempo (juda ko’p vaqtimiz bor)

Veramente (haqiqatdan ham)

Sono veramente bravo (men chindan ham zo’rman)

 

Noto’g’ri sifatlarning darajalanishi:

Oddiy daraja

Qiyosiy daraja

Orttirma daraja

Buono (yaxshi)

Migliore

Ottimo

Cattivo (yomon)

Peggiore

Pessimo

Grande (katta)

Maggiore

Massimo

Piccolo (kichik)

Minore

Minimo

Alto (uzun)

Superior

Supremo

Basso (past)

Inferior

Infimo


Mavzu yuzasidan


InItalia.uz © 2020-