Sizga qiziq bo'lishi mumkin:
Fe’l (Il Verbo)
Italyan tili grammatikasining eng qiziqarli hamda qiyin qismi, shubhasiz, fe’l so’z turkumidir. Fe’l quyidagilarni ifodalashi mumkin:
Fe’l so’z turkumini turli nuqtai nazardan: vazifa (funzione), tuslanish (coniugazione), zamon (tempo), mayl (modo), shakl (forma), shaxs (persona), son (numero) kategoriyalari jihatidan tahlil qilishimiz mumkin.
Vazifalari (le funzioni)
Fe’lning quyidagi vazifalari bor:
Yordamchi fe’l vazifasi (funzione ausiliare)
Italyan tilida 2 ta asosiy yordamchi fe’l mavjud: essere va avere. Ular boshqa fe’llarning o’tgan zamonda tuslanishiga yordam berishi bois yordamchi fe’l sanaladi. Ularning hozirgi zamonda tuslanishini keltirib o’tamiz:
Shaxs |
Essere (bo’lmoq) |
Avere (bor bo’lmoq) |
Io |
Sono |
Ho |
Tu |
Sei |
Hai |
Lei/lui |
È |
Ha |
Noi |
Siamo |
Abbiamo |
Voi |
Siete |
Avete |
Loro |
Sono |
Hanno |
Kesimlik vazifasi (funzione predicativa)
Gapda fe’l kesim vazifasini bajaradi. U gap egasi to’g’risidagi “cosa fa?” (nima qilyati?), “cosa è?” (nima u?), “come è?” (qanday?) Kabi savollariga javob beradi.
Lui gioca (u o’ynayapti), il tavolo è grande (stol katta), questa è la cosa dellamia amica (bu dugonamning uyi)
Bog’lovchi vazifasi (funzione copulativa)
Fe’lning bu vazifasi gap egasini uning boshqa elementlari bilan bog’laydigan ba’zi fe’llarda namoyon bo’ladi. Eng ko’p qo’llaniladigan bunday fe’llar sirasiga quyidagilar kiradi:
Il papà sembra contento - dadam xursand ko’rinadi
Tayanch vazifasi (funzione d’appoggio)
Bu vazifani bajaruvchi fe’llar o’zi bilan kelgan boshqa fe’llarga qo’shilgan holda yagona kesimni hosil qiladi. Bunday fe’llar modal, frazeologik va sabab fe’llariga bo’linadi
Io devo tornare (necessità) - jo’nab ketishim kerak (zaruriyat)
Posso aiutarti (possibilità) - senga yordam berishim mumkin (imkoniyat)
Io voglio partire (volontà) - ketishni xohlayapman (istak)
Stanno per partire - ular jo’nab ketish arafasida, Marco ha cominciato a ridere - u kulishni boshladi
Maria ha fatto chiamare la polizia - Mariya politsiya chaqirdi
Il direttore ha lasciato uscire i suoi collaborator prima del previsto - rahbar hodimlarini kutilgandan ertaroq chiqib ketishiga ruxsat berdi.
O’timli va o’timsiz fe’llar (I verbi transitivi e intransitivi)
Ba’zida qaysi fe’l o’timli, qaysi o’timsizligini aniqlash qiyin bo’ladi, bunday holatda lug’atlardan foydalanish kerak. Fe’lning zamonda tuslashda uning o’timli yoki o’timsizligiga e’tibor berish juda muhim. Ega bilan gapning boshqa elementlari o’rtasidagi munosabatiga ko’ra fe’llar 2 guruhga bo’linadi:
O’timli fe’llar (verbi transitivi)
Gap egasidan to’g’ridan to’g’ri biror kishiga, hayvonga yoki predmetga ko’chuvchi harakatni bildiruvchi fe’llar o’timli fe’llardir. Bunday fe’llar sirasiga scrivere (yozmoq), leggere (o’qimoq), lanciare (uloqtirmoq), mangiare (yemoq), amare (sevmoq) va boshqalar kiradi. Misol uchun:
Marco |
Legge |
Il libro |
Ega |
Kesim |
To’ldiruvchi |
Marko |
Kitobni |
O’qidi |
Ega |
To’ldiruvchi |
Kesim |
O’timsiz fe’llar (verbi intransitivi)
Gap egasidan to’g’ridan to’g’ri to’ldiruvchiga ko’chmaydigan harakatni bildiruvchi fe’llar o’timsiz fe’llardir. O’timsiz fe’llar o’zidan keyin to’ldiruvchini talab qilmaydi. O’timsiz fe’llar harakatni (andare-bormoq, venire-kelmoq, partire-jo’namoq), taqlid so’zlarni (abbaiare-vovullamoq, miagolare-miyovlamoq), biror holatni (arrossire-qizarmoq, impallidire-oqarmoq) va tug’ilmoq (nascere), morire (o’lmoq) kabi holatlarni ifodalaydi.
Marco sorride. - marko jilmaydi
Tuslanish (la coniugazione)
Fe’l tuslanish xususiyatiga ega. Tuslanish ― bu fe’l shakllarining shaxs-songa qarab o’zgarishidir, ya’ni fe’l fleksiyasi (flessione del verbo). Italyan tilida fe’llar tuslanish kategoriyasiga ko’ra 3 ta katta guruhga bo’linadi:
Bular orasida eng ko’p miqdordagisi -are bilan yakunlanadigan fe’llardir. Morfologik xususiyatlariga ko’ra fe’llar 2 guruhga bo’linadi:
Nisbat shakli (la forma)
Fe’l gapning egasi bilan kirishadigan munosabatiga ko’ra 4 ga bo’linadi:
Aniq nisbat (la forma attiva)
Harakat gap egasi tomonidan bajarilganda fe’l aniq shaklga ega bo’ladi. Barcha fe’llar aniq shaklga ega.
Giovanni ha chiuso la porta (forma attiva) - Jovanni eshikni yopdi (aniq)
Il cane abbaia - it hurayapti
I bambini giocano - bolalar o’ynayapti
Majhul nisbat (la forma passive)
Harakat gap egasi tomonidan emas, balki to’ldiruvchi tomonidan bajarilganda fe’l majhul shaklga ega bo’ladi. Faqat o’timli fe’llar majhul shaklga ega.
Giovanni ha chiuso la porta (forma attiva) - Jovanni eshikni yopdi (aniq)
La porta è stata chiusa da Giovanni (forma passiva) - eshik Jovanni tomonidan yopildi (majhul)
Aniq nisbatdan majhul nisbatga o’tganda, to’ldiruvchi gapning egasiga aylanadi. Shu sababli, to’ldiruvchiga ega bo’lmagan gaplar majhul shaklga ega bo’lmaydi. Italyan tilida majhul nisbat shakli essere fe’li yordamida yasaladi.
Porta (yopdi) - è portato (yopildi)
Scrive (yozdi) - è scritto (yozildi)
Carlo scrive una lettera (Karlo xat yozdi) - la lettera è scritta da Carlo (Xat Karlo tomonidan yozildi)
O’zlik nisbat (la forma riflessiva)
O’timli fe’llar aniq va majhul shaklga ega bo’lishidan tashqari o’zlik shaklga ham ega. Gapning egasi ish-harakatni o’zi ustida bajarganda o’zlik nisbatga ega bo’lamiz. O’zlik nisbatdagi fe’llar boshqa fe’llardan -si qo’shimchasi bilan farqlanadi:
Lavare (yuvmoq) - lavarsi (yuvinmoq)
Pettinare (taramoq) - pettinarsi (taranmoq)
Biroq bu fe’llar -si qo’shimchasisiz ham ishlatilishi mumkin. Bunda o’zlik nisbati yuzaga kelmaydi. Bu qo’shimcha shaxs-songa mos ravishda tuslanadi va fe’ldan oldin qo’yiladi:
|
Lavarsi |
Sedersi |
Vestirsi |
|
Birlik |
I shaxs |
Mi lavo |
Mi siedo |
Mi vesto |
II shaxs |
Ti lavi |
Ti siedi |
Ti vesti |
|
III shaxs |
Si lava |
Si siede |
Si veste |
|
Ko’plik |
I shaxs |
Ci laviamo |
Ci sediamo |
Ci vestiamo |
II shaxs |
Vi lavate |
Vi sedate |
Vi vestite |
|
III shaxs |
Si lavano |
Si siedono |
Si vestono |
Italyan tilida o’zlik nisbat 3 guruhga bo’linadi:
Shaxssiz nisbat (la forma impersonale)
Shaxssiz fe’llar deganda aniq bir egaga ega bo’lmagan va shu tufayli faqat 3-shaxs birlikda ishlatiluvchi fe’llar tushuniladi. Italyan tilidagi shaxssiz nisbat o’zbek tilidagi egasi umumlashgan gapga biroz to’g’ri keladi.
Piove da due giorni. - ikki kundan beri yomg’ir yog’yapti
Shaxssiz nisbat guruhiga quyidagi fe’llar kiradi:
Si mangia bene in questo ristorante - bu restoranda yaxshi ovqatlanish mumkin
Si pensa prima di dire qualcosa - biror ishni qilishdan oldin o’ylash kerak
O’tgan zamonda shaxssiz fe’llar essere fe’li yordamida yasaladi. Biroq ob-havoga oid holatlarni ifodalovchi fe’llar avere fe’li yordamida yasaladi.
Misol, ieri è nevicato. - kecha qor yog’di
Ieri ha nevicato tutto il giorno. - kecha kuni bilan qor yog’di