Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

IL MODO DEL VERBO


Italyan tilida fe’lning 7 shakli mavjud bo’lib ular 2 guruhga bo’linadi:

4 MODI FINITE - 4 ta aniq shakli (shaxsli, tugallangan, mayl)
3 MODI INDEFINITI - 3 ta noaniq shakli (shaxssiz, tugallanmagan)

Fe’lning aniq shakli harakat-holatni amalga oshiruvchi shaxsning SONini aniq ko’rsatganligi uchun shunday nomlanadi hamda ular quyidagilar:

INDICATIVO – aniq, real va obyektiv bo’lgan ish-harakat, holat yoki fikrni ifodalash uchun ishlatiladi. O’zbek tilidagi aniqlik (ijro, xabar) mayliga mos keladi.

CONGIUNTIVO – shaxsiy fikr, qarash, shubha, his-tuyg’u, umid va boshqa hislarini ifodalash uchun ishlatiladi. O’zbek tilidagi ko’proq maqsad mayliga mos keladi.

CONDIZIONALE – orzu-istaklarni ifodalash uchun yoki voqealar haqida ma’lum shartlarga amal qilgan holda gapirish uchun ishlatiladi. O’zbek tilidagi shart mayliga mos keladi.

IMPERATIVO – buyruq berish, taqiqlash, maslahat berish, da’vat qilish uchun ishlatiladi. O’zbek tilidagi buyruq mayliga mos keladi.

Fe’lning noaniq shakli shaxs to’g’risida hech qanday aniq ma’lumot bermaganligi uchun va faqatgina ba’zi holatlarda shaxs-son va rodga ishora qilganligi uchun shunday nomlanadi. Ular quyidagilar:

INFINITO – ish-harakatni shaxs-sonni ko’rsatmasdan, umumiy holatda ifodalaydi. O’zbek tilidagi fe'lning noaniq shakli (-moq).

PARTICIPIO – ish-harakatni nomga (ismga) xos xususiyat sifatida bildiradi va sifat, fe’l yoki ravish sifatida ishlatilishi mumkin. O’zbek tilidagi sifatdoshga mos keladi.

GERUNDIO – harakatning holatini ifodalash yoki uning boshqa harakat bilan bir vaqtda sodir bo’layotganligini yoki avvalroq sodir bo’lganligini ifodalaydi. O’zbek tilidagi ravishdoshga mos keladi.

Mustafayev Shaxboz
01.05.2021

InItalia.uz © 2020-