Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

eliziya va apokopa hodisasi


Eliziya /// l’elisione

Eliziya     — talaffuzni osonlashtirish uchun so’zdagi tovush yoki bo’g’inning tushib qolishidir va bu italyan tilida ushbu lingvistik hodisa “rasmiy” maqomga ega. Eliziya hodisasi ko’pincha unlilarning yonma-yon kelishida yuzaga keladi. Ammo bunda birinchi unli semantik jihatdan muhim bo’lmasligi kerak.  Ushbu hodisa italyan tilining musiqiyligi sabab italyan tiliga qattiq bog’lanib qolgan. Yozuvda eliziya sodir bo’lgan so’z oxiriga apostrof qo’yiladi. So’z ichida eliziya sodir bo’lsa apostrof qo’yilmaydi.

MUHIM: eliziya hodisasi doim jarangsiz tovush, harf va bo’g’inlar bilan sodir bo’ladi.


Eliziya hodisasi yozma nutqdan ko’ra og’zaki nutqda keng tarqalgan, shu sababli ham tez-tez eliziyani qo’llanishi bo’yicha baxslar bo’lib turadi: qaysi birida eliziya majburiy, qaysinisida esa ixtiyoriy.

 «La grammatica italiana» (Treccani, 2012) ga ko’ra yozuvda eliziya hodisasi quyidagi holatdagina majburiydir: mujskoy roddagi aniq artikl lo bilan unli yoki “h” (akka) “gung” harfi bilan boshlanuvchi ot yoki sifat kelganda: l’uomo, l’amico.
Qolgan barcha eliziya holatlari ixtiyoriy tusga ega, biroq ularning ko’pchiligi deyarli har doim ishlatiladi va majburiy hisoblanadi, ba’zilari ikki variantda ham qo’llaniladi, yana eliziyaning istisnolari ham bor. Shuning uchun ham barcha holatlarni 3 ta guruhga ajratishimiz mumkin:

1.Odatiy eliziya – unli yoki “h” harfi bilan boshlanuvchi so’zlar boshida sodir bo’ladi va ko’plab kitoblarda “majburiy” deyilgan:
    — jenskiy roddagi la aniq artikli va   una noaniq artikli so’nggi unlisini yo’qotadi va ot yoki sifat bilan apostrof yordamida ajratiladi: 

l’anima, l’amica, un’anima, un’amica

    —yuqoridagi qoidaga binoan l’ + qoidasi artikllashgan predloglarga ham faqatgina birlikda amal qiladi: all’dall’dell’nell’sull’(!);
    — ko’rsatish olmoshlari, faqat: 

questo/questa  quest’quello/quella  quell’codesto/codesta  codest’

    — ci ravishi «е» bilan boshlanuvchi fe’llar oldidan: 

c’è, c’erano, c’entra

    — ba’zi bir birlikdagi sifatlar: 

bello/bella  bell, santo/santa  sant’grande ⇨ grand’

2. Ehtimoliy eliziya. Tez-tez:
    — urg’usiz egalik olmoshlari bilan sodir bo’ladi: lo, la, mi, ti, ci, si, vi, ne, ve

 Yodda tuting!: 
1)  il passato prossimo (yaqin o’tgan zamon)da agar jenskiy roddagi la olmoshidan oxirgi harfni olib tashlasak o’tgan zamon sifatdoshining oxirgi harfida o’zgarish sodir bo’ladi, ya’ni unlining almashinishi sodir bo’ladi: la ho visto ⇨ l’ho vista, biroq bu mujskoy roddagi lo olmoshi bilan sodir bo’lmaydi: lo ho visto  l’ho visto;
2) agar fe’l shakli ot bilan shakldosh bo’lsa (italyan tilida deyarli tez-tez uchrab turadi), bunday holatlarda eliziya faqat otlar bilan sodir bo’ladi: l’odio (ot), lo odio (1 shaxs, birlik).


    — sonlar bilan: 

quattr’occhi (quattro occhi), cent’anni (cento anni), la sest’ultima volta

    — di predlogi o’zining unli harfisiz ham ishlatiladi, d’ bilan boshlanuvchi ko’plab qotib qolgan birikmalar mavjud: 

d’accordo, d’oro

    — nisbiy olmosh funksiyasida:

quanto  quant’altro

    — qotib qolgan birkmalar: 

tutt’al più, tutt’altro, nient’altro

3. Eliziyaning kam uchraydigan holatlari:
    — ba’zi predloglar, asosan, agar ularning ortidan kelayotgan so’zning bosh harfi predlogning so’nggi harfi bilan bir-xil bo’lsa: senza+  senz(senz’altro), mezzo+ mezz’sotto+ faqatgina o unlisi bilan boshlangan so’zlar  sott’occhio;
    — ko’plikdagi aniq artiklning ishlatilishi gli + iva le+e: gli italiani  gl’italiani // le erbe  l’erbe     — ham unday, ham bunday yozishadi, ammo qisqa shakl eskirgan hisoblanadi, shu sababli "gl’italiani" deb yozmagan ma’qul;
    — eliziya jenskiy roddagi alcunanessunaciascuna olmoshlari va buona sifati bilan ham sodir bo’ladi (yuqoridagi so’zlarning mujskoy roddagi shakllari apostrof bilan ajratilmaydi, negaki bu holatda apokopa sodir bo’ladi (kesib tashlash));
    — se bog’lovchisi unli harfini  yo’qotmaydi,  se io ⇨ s’io и se egli ⇨ s’egli dagi ehtimoliy holatlardan bo’lak;
    — da predlogi eliziyaga uchramaydi, ammo u bilan boshlanuvchi tarixan qotgan birikmalar mavjud: 

d’altronded’ora in poid’ora in avantid’altra parted’allora

MUHIM:
    — ci olmoshi va ravishi faqatgina e va i unlilari oldidan kelsagina apostrof bilan ajratiladi,  aou unlilari oldidan hech qachon apostrof bilan ajratilmaydi;
    — quale va tale olmoshlari hech qachon eliziyaga uchramaydi, ammo apokopaga uchraydi;
    — ko’plikdagi gli va le  artikllari (va shunga mos artikllashgan predloglar) to’liq shaklini saqlashadi, lekin eskirgan shakllari bor (deyarli ishlatilmaydi) gl’ + i bilan boshlanuvchi so’z va  l’ + e bilan boshlanuvchi so’z;
    — y unlisi (o’zlashma so’zlar) va ia, ie, io diftonglari bilan boshlanuvchi so’zlar boshida artikllar bilan eliziya sodir bo’lmaydi:

uno/lo yogurt, uno/lo iato, uno/lo yeti, uno/lo Ionio

    — umumiy roddagi so’zlarda, agar u ayol kishiga nisbatan qo’llanilsa apokopa sodir bo’ladi, eliziya emas, masalan, un autista (muj.r.) / un’autista (jen.r.);

    — ba’zi hollarda ikkilangan eliziya sodir bo’ladi: 

d’un’altra casa, l’altr’anno.

   Ichki eliziya — ikki va undan ortiq so’zlar qo’shilishi vaqtida tez-tez uchraydigan hodisa. Masalan: 

vent(i)unocontr(o)altareall(e)arme

APOKOPA /// l’apòcope yoki troncamento (kesish)

Eliziyadan tashqari italyan tilida apokopa hodisasi ham tez-tez uchrab turadi. Bu hodisa eliziyaga juda o’xshash, lekin apokopada so’zlar apostrof bilan ajratilmaydi (tarixan shaklangan birikmalardan tashqari). O’zbek tilida ham bu kabi hodisalar uchraydi, oddiy misol qaratqich kelishigining tushirilib qoldirilishi yoki qaratqichning o’rniga tushum kelishigining ishlatilishi. Bo’g’inlarning qisqarishi zamonaviy italyan tilining shakllanishi davomida sodir bo’lgan. Lotin tilidan kirgan ko’plab so’zlar ham “qirqilgan”.

Tarixan o’z shaklini o’zgartirgan so’zlar:

    — otlar: 

città  cittadelibertà  libertadevirtù  virtude;

    — il futuro semplice (oddiy kelasi zamon) fe’llarining 1-chi va 3-chi shaxs birlikdagi turg’un shakllari va il passato remoto (uzoq o’tgan zamon)ning ba’zi shakllari;
    — po’ di  poco di и mo’ di  modo di so’zlari, hamda mal di  male di (ba’zi barqaror birikmalarda);

Og’zaki nutqda va yozishmalarda qirqilgan so’zlar tez-tez uchrab turadi. Masalan, fe’llar (asosan, yordamchi fe’llar) undan keyin keluvchi so’zning qaysi harf bilan boshlanishidan qat’i nazar oxirgi unlisini yo’qotadi: far(e) vedere, aver(e) sete, hann(o) da finire. Ko’plab she’r va qo’shiqlarda musiqiylikni ta’minlash uchun apokopani qo’llashadi. Biroq rasmiy doirada apokopaning o’z qonun va istisnolari mavjud.

«La grammatica italiana» (Treccani, 2012) ga ko’ra yozuvda undosh bilan boshlanuvchi mujskoy roddagi otlar boshida apokopa majburiydir:
    — bello  belbuono  buonsanto ⇨ san

Ehtimoliy hollar, lekin amalda doim qo’llaniladigan holatlar, undosh bilan boshlanuvchi mujskoy roddagi otlar boshida:
    — uno artikli  un va uning hosilasi: 

nessuno  nessunalcuno  alcun va sh.k.

    — -ello bilan tugallanuvchi mujskoy rod ko’plikdagi ko’plab so’zlar qisqartirilgan tugallanmaga ega bo’ladi: -el

quello  quel

    — atoqli otlar boshida cherkov ahlini yoki monastir (makon)ni bildiruvchi otlar bilan:

frate ⇨ fra Paolo (monax)
suora ⇨ suor Teresa (singil)

santo ⇨ san Valentino (avliyo)


    — yuqoridagi qoidaga muvofiq atoqli otlar oldidan keluvchi kasb yoki murojaat otlari ham qisqartiriladi:

signore ⇨ il signor Rossi
professore ⇨ il professor Petroff
dottore ⇨ il dottor Caddi

    — quale va tale olmoshilari qisqartirilgan qual va tal shakllariga ega. Ushbu shakllar unli bilan boshlanuvchi so’zlar oldidan ham ishlatilishi mumkin. 

Keng tarqalgan holatlar ham mavjudki, ular quyidagilar:
    — е bilan tugallanuvchi ba’zi sifatlar mujskoy va jenskiy rod birlikdagi otlar oldidan: 

grande ⇨ gran, nobile  nobil

    — birinchisi -re yoki -le bilan tugallanuvchi juft sifatlar:

elettoral(e)-politico
popolar(e)-televisivo

    —  toponimlarda tez-tez valle, torre, colle, piano, casa bilan boshlanuvchi apokopa uchrab turadi:

valle ⇨ Valsugana
piano ⇨ Pian del Voglio
casa ⇨ Ca’ del Sole

    — buyruq maylidagi 2-chi shaxs birlikdagi ba’zi fe’l shakllari  (imperativo):

fare  fai  fa’, dire  dici  di’, dare  dai  da’, andare  vai  va’, stare  sta  sta’

Qisqartirilgan shakllari apostrof bilan qo’llaniluvchi ba’zi so’zlar mavjudki, bu yerda go’yo eliziya sodir bo’lgandek tuyuladi, lekin aslida apokopa sodir bo’lgan (og’zaki va dialektal qisqartirishlar juda ko’p). Quyida shunga o’xshash yanglish fikr paydo qiluvchi so’zlarni keltiramiz:

 mamma  ma’papa  pa’zio  zi’bene, ebbene  be’togli (toglierening 2-shaxs, birlikdagi buyruq mayli)  to’.

30.01.2021
Shaxboz Mustafayev

Mavzu yuzasidan video





InItalia.uz © 2020-