Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

OLMOSH VA UNING TURLARI


Olmosh (il pronome)

      Il Pronome ― lotincha “pro” - o’rniga, “nomen” - ot, ya’ni otning o’rniga kelib, uni namoyish etuvchidir.

Vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. Pronomi personali - kishilik olmoshlari;
  2. Pronomi possessive - egalik olmoshlari;
  3. Pronomi dimostrativi - ko’rsatish olmoshlari;
  4. Pronomi indefiniti - noaniq olmoshlar;
  5. Pronomi relativi - nisbiy olmoshlar;
  6. Pronomi interrogativi e esclamativi - so’roq va his-hayajon olmoshlari;
  7. Pronomi numerali - sanoq olmoshlari.

Kishilik olmoshlari (pronomi personali)

Italyan tilida quyidagi kishilik olmoshlari mavjud:

Olmosh, Birlikda

Tarjimasi

Olmosh, ko’plikda

Tarjimasi

Io

Men

Noi

Biz

Tu

Sen

Voi

Sizlar

Voi

Sizlar (hurmat)

Lei

Siz (hurmat ma’nosida)

Loro

Sizlar (hurmat ma’nosida)

Egli

U (erkaklarga nisbatan)

Essi

Ular (mujskoy rod)

Esso

Lui

Ella

U (ayollarga nisbatan)

Esse

Ular (jenskiy rod)

Essa

Lei

 

 

Loro   

Ular

 

 

       Egli, esso, ella, essa, essi, esse olmoshlari kam qo’llaniluvchi olmoshlardir. Odatda gapda kishilik olmoshi tushirilib qoldiriladi, negaki shaxs ko’rsatgichi fe’ldan anglashiladi. Biroq ba’zi hollarda (fe’l zamoni ham bog’liq) rasman shaxsni aniqlash uchun kishilik olmoshlari ishlatiladi. Misol uchun:

Parli italiano molto bene. - Sen italyancha juda yaxshi gapirarkansan.
Che lui (lei) venga domani! - Mayli u ertaga kelsin!
Se io potessi farlo! - Agar shuni qilolganimda edi!

       Kishilik olmoshlari unga mantiqiy urg’u tushgan hollarda va yana gapda anche (ham),  neanchenemmenoneppure (hatto, hattoki) и stesso (o’zi) so’zlari bo’lganda doimo ishlatiladi:

Io parlo italiano e parli tedesco. - Men italyancha gapiraman, sen esa nemischa.
Anch'io lo so. - Men ham buni bilaman.
Non lo sa nemmeno lui. - Buni hattoki u ham bilmaydi.
Neppure noi lo capiamo. - Hatto biz ham buni bilmaymiz.
Neanche lui vuole partire. - Hattoki uning ham ketgisi kelmayapti.
L'ha detto lui stesso. - Buni uning o’zi aytdi.
L'hanno desico loro stessi. - Buni ularning o’zlari hal qilishdi.

          Egliella faqat insonlarga nisbatan ishlatiladi, essoessaessiesse - insonlar va jonsiz narsalarga nisbatan ham ishlatiladi.

      “Lei” olmoshi hurmat ma’nosini beradi va undan keying fe’l ham 3-shaxsda tuslanadi. Yozuvda ayollarga nisbatan ishlatiladigan “u” olmoshidan farqlash uchun katta harf bilan yoziladi.

Lei, signore è italiano? - Janob, siz italyanmisiz?
Lei signorina, è riuscita a vedere lo spettacolo? - Xonim, siz spektaklni ko’ra oldingizmi?
Dottore, Lei è arrivato martedi? - Doktor, siz seshanba kuni keldingizmi?

Umuman olganda, hurmat ma’nosini beruvchi Voi, Lei, Loro olmoshlari doimo katta harf bilan yoziladi, fe’l ham shunga mos ravishda tuslanadi.

Voi, signori siete italiani? - Janoblar, sizlar italiyalikmasizlarmi?

Loro, signori, sono italiani? - Janoblar, sizlar italiyalikmasizlarmi?

Egalik olmoshlari (pronomi possessive)

Bu olmosh har doim aniq artiklni talab qiladi va biror-bir shaxs yoki narsaning kimgadir yoki nimagadir tegishli ekanligini ko’rsatadi:

                Mia madre conosce la tua - mening oyim sening oyingni taniydi

Egalik olmoshlari quyidagilar:

Shaxs

Olmosh

Tarjimasi

I shaxs birlik

Mio

Mening

II shaxs. Birlik

Tuo

Sening

III shaxs birlik

Suo

Uning

I shaxs ko’plik

Nostro

Bizning

I shaxs ko’plik

Vostro

Sizlarning

I shaxs ko’plik

Loro

Ularning

III shaxs

Proprio

O’zining

 

Ko’rsatish olmoshlari (pronomi dimostrativi)

Bu olmoshlar bir shaxs yoki jismni ko’rsatadi. Ularning ayrimlari quyidagilardan iborat:

Olmosh

Tarjimasi

Questo

Bu

Codesto

O’sha

Quello

Anavi

Costui

Anavi, haligi

Colui

O’sha

Ciò

Shu

Stesso

Shu

Medesimo

Xuddi o’sha

Tale

Shunaqa

 

Ko’rsatish olmoshlari rod va sonda moslashadi: questo (mujskoy) - questa (jenskiy).

  • Quello/quella olmoshlari birlikda ishlatilsa, neytral ma’noga ega bo’ladi:

Questo mi addolora - bu meni qayg’uga solyapti

Quell ache non capisco - shuni tushunmayman

  • Ciò olmoshi ham neytral ma’noga ega bo’lib, shaxs-sonda o’zgarmaydi. Bu olmosh “bu narsa” degan ma’noni beradi hamda yozma nutqda keng ishlatiladi:

Ciò che hai detto non mi convince (la cosa che hai detto non mi convince) - bu aytganing meni ishontira olmaydi (sen aytgan bu narsa meni ishontirolmaydi)

  • Costui/costei/costoro va colui/colei/coloro olmoshlari ega hamda to’ldiruvchi vazifalarini bajarishlari mumkin. Ular yozma nutqda keng tarqalgan v ache nisbiy olmoshi bilan bog’langan qo’shma gaplarda ko’p uchraydi:

Chi sono costoro? Parlerò con coloro che sono venuti a cercarmi - ana ular kimlar? Anavi meni izlab kelganlar bilan gaplashaman.

Gumon olmoshlari (pronomi indefiniti)

         Bu olmoshlar noma’lum sondagi shaxslar va narsalarning sonini ijobiy va salbiy jihatdan ko’rsatadi. Bu olmoshlar sifat ham, gumon olmoshi ham bo’lishi mumkin:

Alcuno (ba’zi), ciascuno (har kim), taluno (bir muncha, qandaydir), molto (ko’p), poco (kam), nessuno (hech kim), alquanto (qanchadir)

Yoki faqat olmosh bo’lishi mumkin:

                Uno (kimdir), ognuno (har kim), qualunque (har qaysi), chiunque (har qaysilari), chicchessia (kim bo’lsa ham, xohlagan odam), checchè (nima bo’lsa ham)

Nimani ifodalashiga ko’ra gumon olmoshlari 2 ga bo’linadi:

  1. Miqdor olmoshlari (di quantità): alcuno, ciascuno, uno, ognuno, ecc.

Ognuno di noi può preparare un intervento per la conferenza - har birimiz konferensiyaga maqola tayyorlashimiz mumkin.

Nessuno ha partecipato alla Guerra - hech kim urushga qatnashmadi

  1. Sifat olmoshlari (di qualità): altro, certo, qualcuno, chiunque, ecc.

Qualcuno ha detto che domani pioverà - kimdir ertaga yomg’ir yog’adi deb aytdi

Certe  (ragazze) preferiscono portare i pantaloni, alter (ragazze) preferiscono le gonne - ba’zilar (qizlar) shim kiyishni yoqtirishsa, ba’zilar (qizlar) yubkani ma’qul ko’rishadi.

Nisbiy olmoshlar (pronomi relativi)

Bu olmoshlar otning o’rnida keladi va ikki sodda gap orasidagi munosabatni ta’minlashga xizmat qiladi.

                Maria ha un Uccello che canta sempre (maria ha un Uccello. L’uccello canta sempre) - mariyaning doim sayraydigan qushi bor (mariyaning qushi bor. U doim sayraydi)

Asosiy nisbiy olmoshlar:

  • Che ― o’zgarmas, ega yoki to’ldiruvchi vazifasida kela oladi:

Il ragazzo che lavora in biblioteca abita di fronte a casa mia - kutubxonada ishlaydigan yigit uyimning qarshisida yashaydi. (ega vazifasida)

Il vino che beviamo è dolce - biz ichadigan vino shirin (to’ldiruvchi vazifasida)

  • Il quale, i quail, la quale, le quail ― o’zlari bog’langan ot bilan moslashadi. Ega yoki to’ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin:

La ragazza alla quale ho parlato di te - bu ― men sen haqingda unga gapirib bergan o’sha qiz

  • Cui ― o’zgarmas, doim predlog bilan ishlatiladigan nisbiy olmosh:

Conosco il problema a cui (= al quale) ti riferisci - sen nazarda tutayotgan muammo haqida bilaman

È la città in cui (=nel quale) sono nata - bu ― men tug’ilgan shahar

So’roq va his-hayajon olmoshlari (pronomi interrogativi e esclamativi)

Bu olmoshlar 3 ta asosiy kategoriya ko’magida so’roq va his-hayajonni ifodalashga xizmat qiladi:

  1. Sifat kategoriyasi (qualità):

Quale testo preferisci? - qaysi asarni ma’qul ko’rasan?

Che spettacolo! - bu qanday tomosha!

  1. Miqdor kategoriyasi (quantità):

Vorrei dell’uva. Quanta? - tuxum bering. Qancha?

Quanti soldi! - qancha pul!

  1. Che (=che cosa), quanto, quale, chi olmoshlaridan so’ng fe’l kelsa, ular so’roq va his-hayajon olmoshlari bo’ladi:

Che ho fatto! - nima qilib qo’ydim!

Che fai? - nima qilding?

Sanoq olmoshlari (pronomi numerali)

Bu olmoshlar aniq miqdorni ko’rsatishadi. Barcha son turlari ushbu vazifada kelishi mumkin:

                Il pronome uno ha la forma femminile una.  - “uno” olmoshi jenskiy rodda “una” shakliga ega.

                La prima studentessa classificata è di Roma, la seconda  è di Firenze - birinchi tanlab olingan qiz rimlik, ikkinchisi florensiyalik.

InItalia.uz © 2020-