Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

ITALYAN TILIDA URG'U (L'ACCENTO)


Tonico e grafico

Talaffuzda bir yoki bir necha bo'g'inlarni ajratib aytish urg'u deyiladi. Agar so'z bir bo'g'in¬dan iborat bo'lsa, so'z urg'usi bo'g'in cho'qqisini hosil qiluvchi unli tovushga tushadi. Urg’u quyidagicha amalga oshirish mumkin:

- intensivlikni kuchaytirish orqali ("dinamik yoki ekspirator urg’u");
- ovoz balandligi oshishi bilan ("musiqiy urg’u").

Har bir tilda ikkalasi ham mavjud, ammo odatiga qarab u birini yoki boshqasini qabul qiladi: qadimgi yunon va qadimgi lotin tillari musiqiy urg’uga ega bo'lsa, yangi yunon va italyan tillarida intensiv urg’uga ega. Italyan tilida ham urg'u faqat unli tovushlarga asoslangan.

Grafik urg’u

Tonik urg'u (ya'ni ma'lum bir bo’g’inning fonik urg'usi) unli talaffuz etilganda "ochiqlik darajasi" (tembr xususiyatiga ko’ra) bo'yicha ajralib turadi. Italiyan tilida tonik urg'u faqat oxirgi bo’g’inga qo’yilishi kerak bo’lgan so’zlarda aniq grafik urg’u yordamida belgilanadi:

Cho’ziq urg’u (accento acuto (sé, perché)) tembrning yopiqligiga ishora qiladi;
Qisqa urg’u (accento grave (tè, caffè)) tembrning ochiqligiga ishora qiladi;

Urg'u joylashuvi:

Dunyoning turli xil tillarining grammatik qoidalariga muvofiq urg’ular qat’iy (masalan, fin, polyak, fransuz, esperanto) yoki o'zgaruvchan (italyancha kabi) bo’lishi mumkin. U so'zning istalgan qismiga (ildiz, prefiks, qo'shimchalar) tushishi mumkin.
Italyan tilida biz so'zlarni urg'u tushishiga qarab guruhlarga ajratishimiz mumkin:

Tronche: oxirgi bo’g’inga (caf-fè)
Piane: oxiridan bitta oldingi bo'g'inga (ma-tì-ta)
Sdrucciole: oxiridan uchinchi bo’g’inga (te-lè-fo-no)
Bisdrucciole: oxiridan to'rtinchi bo’g’inga (cà-pi-ta-no)
Trisdrucciole: oxiridan beshinchi bo’g’inga (fàb-bri-ca-me-lo, rè-ci-ta-me-lo va fab-bri- ca-ce-ne)
Quadrisdrucciole: oxiridan oltinchi bo’g’inga (fàb-bri-ca-mi-ce-lo, fàb-bri-ca-mi-ce-ne)

Urg'u vazifasi

Urg'u har bir til tizimida bir nechta funksiyaga ega bo'lishi mumkin. Eng keng tarqalgan bo'lib, ularning har biri odatda bitta urg’uga (kontrastli funktsiya) ega bo'lgan muhim bo’g’inlarni (so'zlarni) ko'rsatishdir.

Ko’chuvchi (yoki dinamik) urg’ular ma'no jihatidan farq qiladigan so'zlarni ajratishga imkon beradi: prìncipi – princìpi, càpitano - capitàno – capitanò.

Manba: SamDCHTI o'qituvchisi M. Rustamova
Chop etilgan sana: 24.12.2020

InItalia.uz © 2020-