Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

BO'G'IN (LA SILLABA)


La suddivisione in sillabe (bo'g'inlarga bo'lish)

Bir nаfаs (hаvо) zаrbi bilаn аytilаdigаn bir yoki bir nеchа tоvush bo‘g‘in dеyilаdi. Аkustik jihаtdаn bo‘g‘in nutqning tоvush pаrchаsi bo‘lib, undа bir tоvush bоshqаlаridаn jаrаngliligi bilаn аjrаlib turаdi. Оdаtdа, unlilаr bo‘g‘in hоsil qiluvchi tоvush bo‘lаdi. So‘zning bo‘g‘inlаrgа аjrаlishi uning tаrkibidаgi unlilаrgа qаrаb bеlgilаnаdi. Undоshlаr esа bo‘g‘in hоsil qilmаydigаn tоvushlаrgа kirаdi, bo‘g‘in hоsil qilishdа ulаr hаr vаqt unli bilаn yonmа-yon kеlаdi yoki umumаn qаtnаshmаydi.

So‘zni yozuvdа bir qаtоrdаn ikkinchi qаtоrgа ko‘chirib yozishdа, bоlаlаrgа bоshlаng‘ich sinfdа sаvоd o‘rgаtishdа vа shе’riyatdа bo‘g‘inning kаttа аhаmiyati bоr.

Barcha so'zlarni bo'g'inlarga bo'lish mumkin, ba'zilari esa bitta bo'g'indan iborat bo'lib, bir bo'g'inli (monosillabe) deb nomlanadi. Bir necha bo'g'indan tashkil topgan so'zlar: ikki bo'g'inli (bisillabe), uch bo'g'inli (trisillabe), to'rt qavatli bo'g'inli (quadrisillabe) yoki ko'p bo'g'inli (polisillabe) deyiladi.

Come dividere in sillabe: le regole fondamentali (umumiy qoidalar)

Italyan tilida har qanday so'zni grammatik jihatdan to'g'ri bo`g`inlarga ajratishga imkon beradigan bir qator qoidalarga rioya qilish kerak. Umuman olganda til kabi, qoidalar ham doimiy ravishda o'zgarib turadigan doimiy evolyutsiyada. To'g'ri imlo uchun hurmat qilinishi kerak bo'lgan asosiy qoidalarni quyida ko'rib chiqamiz.

Bo'g'in bitta unlidan (masalan, amo: a-ma-re), unli va undoshdan (dare: da-re), bir nechta undosh va unli bilan birga (bank: ban-ca) yoki ko'proq unli va ko'proq undoshlardan (buono: buo-no, sguardo: sguar-do) iborat bo`lishi mumkin. Bularning barchasi, avvalambor, har bir bo`g`in tarkibida kamida bitta unli bo'lishi kerakligini darak beradi, bu asosiy va majburiy qoidadir. Shuningdek, bo`g`in bitta unlidan iborat bo'lishi ham mumkin, aksincha bitta undoshdan hosil bo'lmaydi.

1 - Consonante più vocale

Bo`g`in undosh+unli, unli+undoshdan iborat bo`ladi. Bitta bo`g`in bitta undosh va bitta unlidan iborat bo`ladi. Misol uchun LAVORO so`zini bo`g`inga ajratganimizda: LA-VO-RO

2 - Parole che iniziano con una vocale

So`z unli bilan boshlanib, undan keyin keladigan undosh boshqa bo`g`inga tegishli bo`lsa: e-sta-te. Ammo unlidan so`ng keluvchi undosh keyingi bo`g`inga tegishli bo`lmasa va ko`p hollarda ikkita bir hil undoshdan tashkil topgan bo`lsa, so`z boshidagi unliga keyin keladigan undosh birlashadi. AT-TE-SA

Gruppi di consonanti (undoshlar guruhi)

Undoshlar guruhlariga kelsak, ular juda aniq qoidalarga muvofiq ajratilishi yoki bitta bo'g'inda qolishi mumkin.
- Juft undoshlar doim ikki bo`g`inga ajratiladi: as-so
- Hatto "cq" undosh juftligi mavjud bo'lgan so'zlarda ham buljuftlik bo`g`inga bo'linadi: ac-qua
- Talaffuzda bitta tovush hosil qiladigan undosh guruhlarni ajratmaslik kerak ("ch", "gh", "gl", "gn"): po-chi, le-gno
- "s" harfi faqat juft bo’lib kelganda bo’g’inga ajratiladi, ammo boshqa undoshlar bilan birga kelsa bo’g’inga ajratilmaydi: stra-sci-co.
- Ba'zi undoshlar ularga ergashgan "l", "r", "m" va "n" undoshdan ajraladi: mol-to, an-ta, ar-mi
- "str", "cr", "pr" singari guruhlar so'z boshida yoki so'z ichida kelganda undosh guruhlarni ajratmaslik kerak: stra-no, a-cre-di-ne, a-pri-re
- Agar undoshlar guruhi so'zning boshi kelmasa unda undoshlarning birinchisi keyingi bo'g'inga ajraladi: pal-ma

Prefissi (prefikslar)

Prefiks sifatida ishlatilgan so'zlar uchun ilgari ularni bo’g’inga ajratish orqali so'zning qolgan qismidan ajratish edi. Masalan: dis-a-bi-ta-to. Ammo hozirgi kunda prefiksli so'zlarni bo'g'inlarga ajratishning umumiy qoidalari ishlab chiqilgan va ular ustunlik qilmoqda. Bu holda so'z quyidagicha bo'linadi: di-sa-bi-ta-to.

Manba: SamDCHTI o'qituvchisi M. Rustamova
Chop etilgan sana: 24.12.2020

InItalia.uz © 2020-