Italiya (ital. Italia), rasmiy nomlanishi ― Italiya Respublikasi ― O’rta yer dengizi markazida joylashgan Janubiy Yevropaning bir davlatidir. NATO hamda Yevro Ittifoq a’zo davlati hisoblanadi, yevro hududning iqtisodiy rivojlangan uchtalik davlati safiga kiradi. Fransiya, Shvetsariya, Avstriya, Sloveniya davlatlari bilan tashqi chegaraga ega, Vatikan va San-Marino bilan esa ichki chegaraga ega. 1861-yil 17-martda Italiya Respublikasiga asos solingan.
Italiya hududida UNESCO merosi ro’yxatiga kirgan 155 ta me’moriy obida bor, bu esa har qanday davlatnikidan ko’proq.
Italiya so’zining kelib chiqishi uning onomastikasi haqida hech qanday ma’lumot mavjud emas. Yunon koloniyalashtirilishi vaqtida bu yerlarda ham yunon koloniyalari vujudga kelgan. Ko’chib kelgan yunonlar bu yerlarni “buzoqchalar o’lkasi” deb nomlashgan, negaki bu vaqtda Italiya hududida chorva juda ham ko’p bo’lgan. Italiya xalqlari ramzi sifatida ba’zida xo’kiz ko’rsatiladi, ba’zida ― bo’ri.
Italiya juda boy tarixga ega. Bu haqida tarix kitoblarida yetarlicha yozilgan. Qisqacha aytib o’tadigan bo’lsak, yunonlar bostirib kirgandan so’ng ular Italiyaning tub aholisi bo’lgan etrusklar bilan nizolashib qolgan. Etrusklardan tashqari bu yerlarda lotinlar, ligurlar, gallar va boshqa xalqlar yashashgan.
Italiya markazlashgan davlatga aylangandan so’ng boshqa hududlarni egallashni boshlab yuboradi. Poytaxt Rim har tomonlama rivojlana boradi. bilamizki, Rim imperiyasining shon-shuxrati Yuliy Sezar imperatorligi davrida bo’ladi. Rim imperiyasi Yevropa bilan cheklanmay, endigi harbiy harakatlarni Afrikaning shimoli va Turkiya hududlarida ham o’tkazadi. Shunday qilib, Rim imperiyasi juda katta maydonni egallaydi.
Harbiy san’atda rimliklarga yetadigani o’sha vaqtlarda topilmagan desa ham bo’laveradi. Imperiyada qullik kuchaya bordi. Spartak qo’zg’aloni kabi namoyishlar aynan shu sababli kelib chiqqan. Ta’lim sohasida ko’plab ishlar amalga oshirilgan bo’lsada, ammo haqiqiy ta’lim olish boshqa davlatlardagi kabi faqat zodagonlarga, boylarga nasib etardi. Imperiya parchalangandan so’ng ko’p o’tmay G’arbiy Rim imperiyasi tarix sahnasidan chiqqib ketdi, davomchisi bo’lgan Vizantiya imperiyasi o’z qudratini yana ancha vaqt namoyish etdi. O’rta asrlarda endi Vizantiya imperiyasi mushtumzo’r davlat sifatida emas, qadimgi boqiy imperiyaning davomchisi sifatida ko’rilardi. Salib yurishlari davrida Vizantiya imperiyasiga ham yakun yasaldi.
Keyingi asrlarda Italiyada mustaqillik uchun kurashlar bo’lib o’tdi. Italiya ko’p yillar davomida o’sha vaqtdagi gegamon davlatlar ta’siri ostida qolib ketdi. Misol uchun, Fransiya, Avstriya-Vengriya va boshqalar. ispaniya va Fransiya davlatlari Italiya hududi uchun bir-biriga qarshi urushlarda qatnashdi. Birinchi, ikkinchi, uchinchi italyan urushlari shular jumlasidandir. 1792-yildan boshlab Italiya davlatini birlashtirish uchun revolyutsiyalar boshlandi. Revolyutsiyalar nashidasi 1871-1894-yillar Birlashgan Italiya davlati paydo bo’ladi.
Birinchi jahon urushi tugagandan so’ng 1922-yildan boshlab Italiya hukumatini Beneto Mussolini boshliq fashistik partiya o’z qo’liga oladi. Ikkinchi jahon urushida Italiya fashistik Germaniya bilan urushga kiradi va oxir-oqibat mag’lub bo’ladi.
1947-yil Italiya konstitutsiyasi qabul qilinadi hamda Birinchi Italiya Respublikasi vujudga keladi. Bu respublika 1993-yilgacha davlatni boshqaradi. 1993-yildan e’tiboran Ikkinchi Italiya Respublikasi tashkil topadi. Italiya davlati hozirda iqtisodiy inqiroz ta’sirida bo’lsa ham, baribir YeIning iqtisodiy rivojlangan davlatlari qatoriga kiradi. Hozirgi Italiya davlatining prezidenti Serdjo Mattarella. Davlat boshqaruvi ― parlament respublikasi. davlat tili ― italyan tili. Aholisi 60 milliondan ortiq. Pul birligi ― yevro, biroq Yevro Ittifoqqa a’zo bo’lgunga qadar pul birligi sifatida “lira” ishlatilgan.
Davlat tuzilishi jihatidan unitar davlat. Asosiy qonun 1947-yilda qabul qilingan konstitutsiya. davlat boshlig’i ― president. hukumatni Italiya vazirlar kengashi raisi boshqaradi. Hozirda Italiyada 13 ta vazirlik mavjud:
1. Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi (Ministero degli Affari Esteri e Cooperazione Internazionale)
2. Ichki ishlar vazirligi (Ministero dell’interno)
3. Adliya vazirligi (Ministero della Giustizia)
4. Mudofaa vazirligi (Ministero della Difesa)
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Ministero dell’Economia e Finanze)
6. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi (Ministero dello Sviluppo Economico)
7. Infrastruktura va transport vazirligi (Ministero delle Infrastrutture e trasporti)
8. Qishloq xo’jaligi, iste’mol va o’rmon siyosati vazirligi (Ministero delle Politiche agricole alimentari e forestali)
9. Ta’lim vazirligi (Ministero dell’Istruzione, Università e Ricerca)
10. Mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi (Ministero del Lavoro e politiche sociali)
11. Madaniy meros va madaniy faoliyat hamda turizm vazirligi (Ministero dei Beni e Attività Culturali e Turismo)
12. Atrof-muhit va Italiya dengizi va yerlarini himoya qilish vazirligi (Ministero dell’Ambiente e Tutela del Territorio e del Mare)
13. Sog’liqni saqlash vazirligi (Ministero della salute)
Parlament 2 palatadan iborat. Deputatlar palatasi 630 a’zodan, senat esa 315 a’zodan iborat va ular 5 yilga saylanishadi. Italiya davlatida 50 ga yaqin siyosiy partiyalar mavjud. yirik partiyalar sirasiga quyidagilar kiradi:
1. “Demokratik partiya”
2. “Besh yulduz harakati”
3. “Olg’a, Italiya”
4. “So’llar, ekologiya, ozodlik”
5. “Yangi o’ng markaz”
6. “Fuqaro tanlovi”
7. “Shimol ligasi”
8. “Italiya xalq partiyasi”
9. “So’l demokratlar”
10. “Birlashgan xristian demokratlari”
11. “Ozodlik xalqi”
Partiyalar o’ng (XDP, Shimoliy Liga, Ozodlik xalqi) va so’l (Xalq partiyasi, ekologlar, Sotsial partiya) ittifoqlarga uyushishgan.
Davlat huquq tizimi sud, prokuratura, adliya va taftish-nazorat organlari tomonidan boshqariladi. eng yuqori turuvchi sud hokimiyati ― oliy kassatsiya sudi (Corte suprema di cassazione). undan tashqari appelyatsiya sudlari mavjud. Italiyada oliy nazorat organi ― Hisob palatasi (Corte dei conti). Mafiyaga qarshi kurash maqsadida Oliy kassatsiya sudi bosh prokuraturasi qoshidagi Mafiya bilan kurashish milliy boshqarmasi (Direzione nazionale antimafia), appelyatsiya sudlari bosh prokurorlar qoshidagi Mafiya bilan kurashish hududiy boshqarmalari (Direzione distrettuale antimafia), ichki ishlar vazirligi jamoat xafvsizligi bo’limining Mafiya bilan kurashish tergov-qidiruv bo’linmalari (Direzione Investigativa Antimafia) va mafiya huquqbuzarliklari bilan kurashishni muvofoqlashtirish ishlari bo’yicha komissar (Alto commissario per il coordinamento della lotta contro la delinquenza mafiosa), mafiya bilan kurashish bo’yicha milliy prokuror (Procuratore nazionale antimafia) faoliyat olib bormoqda.
-----------------------------------------------------------------------Italiyaning davlat bayrog’i 1797-yil qabul qilingan. davlat bayrog’i ― yashil, oq va qizil rangdan iborat. Yashil rang Italiyaning o’tloqlarini, yaylovlarini hamda tabiatini o’zida aks ettiradi. Oq rang, avallo, tinchlikni, keyin esa Alp tog’laridagi qorliklarni aks ettiradi. Qizil rang Italiyaning yagona davlat holiga kelguniga qadar bo’lib o’tgan janglarda mag’lub bo’lgan fidoiy jangchilarga bo’lgan hurmat belgisidir.
Italiya ramzlaridan biri ― gerb 1948-yil qabul qilingan. Gerb chizmasi Paolo Pasketto tomonidan chizilgan va 1947-yilda bo’lib o’tgan tanlovda g’olib chiqqan. Italyan gerbi o’zida tishli g’ildirak ustiga qo’yilgan besh qirrali, qizil chegarali yulduzni va bir tomondan zaytun bargli novda, ikkinchi tomondan eman shoxi bilan o’ralgan hamda ostida Italyan Respublikasi deb yozilgan tasmani aks ettiradi. tishli g’ildirak ― mehnat, yulduz ― millat himoyasi, zaytun novdasi ― tinchlik, eman novdasi esa italiyaliklar kuchi hamda g’ururi ramzidir.
Italiya madhiyasi matnini Goffredo Mammelli yozgan, uning kuyini Mikel Novaro bastalagan. Madhiya 1847-yil yozilgan. 1946-yildan 2017-yilgacha Italiyaning norasmiy madhiyasi hisoblangan, 2017-yil 15-noyabrdan e’tiboran Italiyaning rasmiy madhiyasi hisoblanadi. Xalq orasida u “Fratelli d’Italia” (Italiya og’a-inilari), “Goffreso madhiyasi”, “Italiya madhi” kabi nomlari bilan mashxur.
-------------------------------------------------------------------------Italiyaning qurolli kuchlari tarkibiga armiya, flot, havo kuchlari va karabinerlar kiradi. 2005-yildan buyon harbiy majburiyat bekor qilingan. ungacha esa chaqiruv 18 yoshdan boshlangan va 10 oy davom etgan. Shunday qilib, 1985-yildan so’ng tug’ilganlar harbiy xizmatga chaqirilmaydi. Karabinerlar Italiya hududida politsiya vazifasini, harbiy qo’shin orasida harbiy politsiya vazifasini bajaradi.
Italiya ― markazlashtirilmagan unitar davlat. davlat poytaxti ― Rim. Davlat 20 ta viloyatga bo’lingan. Ushbu viloyatlardan 5 tasi: Sitsiliya, Sardiniya, Trentino-Alto-Adidje, Valle d’Aosta va Friuli-Venetsiya-Juliya ― maxsus maqomga ega. Davlat 110 ta provinsiya (tuman)dan tashkil topgan. Provinsiyalar o’z navbatida kommunalarga bo’linadi va ularning soni hozirda 8101 ta. Muhtor viloyatlarning o’z vakillik organlari ― hududiy kengashlar va ijro etuvchi organlari ― juntalarga ega. Quyida Italiyaning ma’muriy bo’linishi bilan tanishishingiz mumkin:
Viloyat | Poytaxt | Maydoni (kv km) | Aholi |
Abruzzo | Akuila | 10794 | 1324000 |
Apuliya | Bari | 19 362 | 4 076 000 |
Bazilikata | Potensa | 9992 | 591 000 |
Emiliya-Romanya | Bolonya | 22 124 | 4 276 000 |
Friuli-Venetsiya-Juliya | Triyest | 7855 | 1 222 000 |
Kalabriya | Katandzaro | 15 080 | 2 007 000 |
Kampaniya | Neapol | 13 595 | 5 811 000 |
Latsio | Rim | 17 207 | 5 561 000 |
Liguriya | Genuya | 5421 | 1 610 000 |
Lombardiya | Milan | 23 861 | 9 642 000 |
Marke | Ankona | 9694 | 1 553 000 |
Molize | Kampobasso | 4438 | 320 000 |
Pyemont | Turin | 25 399 | 4 401 000 |
Sardiniya | Kalyari | 24 090 | 1 666 000 |
Sitsiliya | Palermo | 25 708 | 5 030 000 |
Toskana | Florensiya | 22 997 | 3 677 000 |
Trentino — Alto-Adidje | Trento | 13 607 | 1 007 000 |
Umbriya | Perudja | 8456 | 884 000 |
Valle-d’Aosta | Aosta | 3263 | 126 000 |
Venetsiya | Venetsiya | 18 391 | 4 832 000 |
Italiya davlati Fransiya, Shvetsariya, Avstriya va Sloveniya davlatlari bilan chegaradosh. Italiyada Etna, Vezuviy, Stromboli, Vulkano, Marselye kabi yirik vulqonlari mavjud. Ular orasida Etna Yevropaning eng baland vulqoni sifatida taniqli bo’lsa, Vezuviy tarixda Pompey kabi shaharlarni kulga aylantirganni bilan dong taratgan. Italiya ― nisbatan tog’li mamlakat. Eng uzun daryosi Po bo’lib, 682 km uzunlikka ega. Eng katta ko’li ― Garda. Iqlim ―subtropik; kuzga yaqin shu darajada dim bo’ladiki, ko’chada kunduzi odam topish mushkul.
Davlatda italyanlardan so’ng ruminiyaliklar, shimoliy afrikaliklar, albanlar, xitoylar va boshqalar ko’pchilikni tashkil etishadi. Xristian dinining katolik oqimi eng keng tarqalganidir, undan tashqari bu yerda xristianlikning boshqa oqimlari va ateistlik (xudosizlik) keng tarqalgan.
Davlat tili ― italyan tili. bundan tashqari har bir hududning o’zining shevasi (dialekt) bor. Neapolitan, sitsiliyan, venetsiyan va boshqalar shular jumlasidandir. Adabiy til toskan dialektiga asoslanadi. Nemis tili Bolsani va Janubiy Tirolda, sloven tili Goritsiya va Triyestda, fransuz tili Aosta hududida italyan tili bilan bir maqomda yoki ikkinchi til sifatida ishlatiladi.
2015-yilda Italiyaga 40 mln chet el sayyohlari tashrif buyurishgan. Sayyohlar tarkibi orasida xitoyliklar son jihatdan birinchi o’rinda turadi, ya’ni yiliga 3 mln. shu sababli ham Rim va Milanda xitoylik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida xitoylik politsiyachilarni jalb etishgan.
Italiya davlatining O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari yildan yilga oshib bormoqda. O’zbekistonda Italiya investitsiyalari asosida tuzilgan korxonalar anchani tashkil etadi. Har tomonlama o’zaro aloqalar yo’lga qo’yilgan. Har yili O’zbekistondan Italiyaga til o’tganish uchun talabalar turli imtiyozlar asosida jo’natiladi.