Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

TRAPASSATO REMOTO


YASALISHI

Trapassato remoto zamoni Passato remotoda tuslangan AVERE va ESSERE yordamchi fe'llari hamda asosiy fe'lning o'tgan zamonda (passato prossimo) tuslangan sifatdosh shakli yordamida yasaladi. Tushunarliroq bo'lishi uchun jadvalga e'tibor bering:

1. AVERE yordamchi fe'li yordamida

 1-tuslanish2-tuslanish3-tuslanish
lavorarecrederesentire
Birlik 1-shaxsebbilavoratoebbicredutoebbisentito
2-shaxsavestiavestiavesti
3-shaxsebbeebbeebbe
Ko'plik 1-shaxsavemmolavoratoavemmocredutoavemmosentito
2-shaxsavesteavesteaveste
3-shaxsebberoebberoebbero

2. ESSERE yordamchi fe'li yordamida

 1-tuslanish2-tuslanish3-tuslanish
andarecaderepartire
Birlik1-shaxsfuiandato (-a)fuicaduto (-a)fuipartito (-a)
2-shaxsfostifostifosti
3-shaxsfufufu
Ko'plik1-shaxsfummoandati (-e)fummocaduti (-e)fummopartiti (-e)
2-shaxsfostefostefoste
3-shaxsfuronofuronofurono

ISHLATILISHI

Trapassato remoto zamoni italyan tilida faqat yozma nutqda ishlatiladi (og'zaki nutqada deyarli doim Passato remoto bilan almashtiriladi. Passato remotoning o'zi ham (shimolda) kam ishlatiladi va Passato prossimo yoki Imperfetto bilan almashtiriladi) va harakatning uzoq o'mishda bo'lganligini bildiradi. Trapassato remoto ko'pincha ergash gaplarda ishlatiladi va harakatning Remoto yoki boshqa o'tgan zamonga nisbatan oldinroq bo'lganligini bildiradi. Osonroq tushuntiradigan bo'lsam, Trappasato remoto barcha italyan o'tgan zamonlarining eng qarisi va shuning uchun u yo'qolib bormoqda. Quyida ushbu zamonning ishlatilishiga bog'liq qoidalarni ko'rib chiqamiz:

A) (non) appena (che), dopo che, quando, allorché, finché bog'lovchilari ishlatilgan ergash gaplardagina qo'llaniladi:

Appena ebbi ricevuto la telefonata, uscii - Menga qo'ng'iroq qilishlari bilanoq men ketdim

B) bosh gapdagi fe'l doim passato remotoda turishi kerak:

Finché non fui tornata a casa, mia madre non andò al letto - Men uyga qaytmagunimga qadar oyim uxlashga kirmas edilar.
Solo dopo che ebbi pagato i debiti, mi sentii tranquilla - Faqat qarzlarimdan qutulganimdan so'nggina tinchlandim.

C) bajarilgan harakatlar o'rtasida uzviy bog'liqlik bo'lishi kerak, trapassato remotoda ifodalangan harakatning bosh gapdagi harakatga nisbatan qachon bajarilganligiga ham (ilgariroq) e'tibor berish kerak. Agarda ushbu qoidalarga rioya qilinmagan bo'lsa trapassato remotoni qo'llash mumkin emas:

Finché non ebbe capito bene, continuò a studiare - U tushunmaguniga qadar o'qishni davom ettirar edi.

Trapassato amalda sifatdoshli, ravishdoshli iboralar, ergash gaplarda esa Trapassato prosimo va Remotodagi kesimlar bilan almashtiriladi. Taqqoslang:

Dopo che mi ebbe
consegnato la lettera, usci.
Dopo avermi consegnato...
Avendomi consegnato...
Consegnatami la lettera...
Dopo che mi aveva consegnato..
Quando mi consegno...
Non usci finchè non mi ebbe
consegnato la lettera.
...finchè non mi consegno...
Non usci prima di avermi
consegnato la lettera.

13.02.2021
Shaxboz Mustafayev

Mavzu yuzasidan


InItalia.uz © 2020-