Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

gerundio (gerundiy)


Gerundiy (gerundio – [jerundio]) italyan tilida, birinchi navbatda, yozma nutqda uchraydi. Gerundiyning ikki xil shakli mavjud: gerundio semplice va gerundio composto. O’zbek tiliga gerundiy ko’proq ravishdosh bo’lib tarjima qilinadi.

GERUNDIO SEMPLICE’ning YASALISHI

Gerundio semplice infinitiv tarkibidagi “-are, -ere, -ire” qismining “-ando, endo” qo’shimchalariga almashtirilishi bilan yasaladi. Bunda –are  bilan tugagan fe’llar –ando suffiksiga, -ere va –ire bilan tugagan fe’llar esa –endo suffiksiga o’zgartiriladi.

Infinitiv

Gerundio semplice

Andare
Sapere
Partire

Andando
Sapendo
Partendo

Ba’zi noto’g’ri fe’llarni gerundio semplice shakliga qay tarzda aylantirishni yod olgan ma’qul.

Infinitiv

Gerundio semplice

Fare
Dire
Fare
Tradurre

Facendo
Dicendo
Facendo
Traducendo

GERUNDIO SEMPLICE’ning ISHLATILISHI:

  1. Gerundio semplice ikki ish-harakatning o’tmishda, hozirgi zamonda va kelajakda bir vaqtda sodir etilishini ifodalaydi. Demak, 3 zamonda 2 ish-harakat bir vaqtda sodir bo’lsa gerundiy ishlatiladi.

Uscedo ho incontrato Sandra.
Chiqayotib Sandrani uchratib qoldim.

  1. Ergash gaplarda odatda kirish so’z bolib keluvchi mentre yoki quando bog’lovchilarini alamshtirish uchun ishlatiladi. Demak, ergash gap mentre yoki quando bog’lovchilari bilan boshlansa va mazmunan to’g’ri kelsa, gerundiy ishlatish mumkin.

Andando a scuola, passerò da voi - Maktabga ketishda sizlarnikiga kirib o’taman.
Quando vado a scuola, passero da voi – Maktabga ketish vaqtida sizlarnikiga kirib o’taman.

  1. Gerundiyni egalari turli xil bo’lgan gaplarda ishlatib bo’lmaydi, bu yerda nisbiy gap kerak bo’ladi (che bilan boshlanuvchi gaplar).

Ho incontrato Sandra che usciva.
Men Sandrani chiqishi bilanoq uchratdim (yoki “Men chiqayotgan Sandrani uchratdim).

  1. Gerundio semplice sabab-oqibatni ifodalashi mumkin. U bu o’rinda ergash gaplardagi poiché yoki siccome (= chunki, negaki, uchun, tufayli) bog’lovchilarining o’rnida keladi.

Essendo malata, non può venire.
U kassaligi tufayli kelolmaydi.

  1. Gerundio semplice yana shartlikni ifodalaydi va bu o’rinda u shart ergash gaplarning o’rnida keladi (ya’ni, se (agar)  bilan boshlanuvchi gaplar).

Mangiando meno, dimagriresti di sicuro.
Agar kamroq yeganingda aniq ozgan bo’larding.

  1. Gerundio semplice harakatning holatini ifodalashi mumkin.

Uscì sbattendo la porta.
U eshikni qattiq yopgancha chiqib ketdi.

  1. “Stare + gerundio semplice” ayni vaqtda sodir bo’layotgan harakatni yoki harakatlarning bir vaqtdaligini ifodalaydi.

Sto mangiandomen hozir ovqatlanayapman.
Quando hai telefonato, stavo facendo la doccia – menga qo’ng’iroq qilganingda men hammomda edim.

  1. “Andare + gerundio semplice” tendensiyani, intilishni, tadrijiylikni ifodalaydi:

La sua salute va migliorando.
Uning ahvoli asta-sekin yaxshilanmoqda.

YOKI

takrorlanuvchi jarayonni ifodalaydi:

Andava dicendo a tutti che…
U har doim hammaga … aytardi.

  1. Kishilik olmoshlari gerundiyga qo’shiladi.

Vedendolo sorrise.
Uni ko’rib tabassum qildi.

  1. Modal fe’llar (dovere, potere, sapere, volere) ishtirok etganda kishilik olmoshi yoki modal  fe’lga yoki infinitivga qo’shilishi mumkin.

Potendolo fare / Potendo farlo, io…
Agar buni qila olganimda edi…

GERUNDIO COMPOSTO’ning YASALISHI

O’timli fe’llarning gerundio composto shakli avere fe’lining gerundio semplice shakli + asosiy fe’lning o’tgan zamon sifatdoshi (o’tgan zamon shakli, passato prossimo) yordamida yasaladi. O’timsiz fe’llar esa  essere fe’lining gerundio semplice shakli + asosiy fe’lning o’tgan zamon sifatdoshi  yordamida yasaladi. Jadvalga qarang:

AVENDO

Asosiy fe’lning o’tgan zamon shakli

Avendo visto… (Ko’rib u…)

ESSENDO

Essendo partiti… (Ketib ular…)

GERUNDIO COMPOSTO’ning ISHLATILISHI

  1. Sababni ifodalash uchun.

Avendo dormito poco, mi sento stanco
Kam uxlaganligim sababli o’zimni charchagandek his qilayapman.

  1. Shart, ehtimolni ifodalaydi.

Avendo avuto più tempo, sarei venuto anche da voi.
Agar mening ko’proq vaqtim bo’lganida edi, men ham kelgan bo’lar edim.

  1. Gerundio composto Pur bilan birikmali holda kelganida benché, nonostante yoki anche se bog’lovchilari bilan boshlanadigan ergash gaplarni o’rnida keladi.  

Pur non avendo studiato, superò l’esame.
U tayyorgarlik ko’rmagan bo’lishiga qaramasdan imtihonni topshirdi.

4. Ba’zi holatlarda u vaqtinchalik ma’noga ega.

Avendo chiuso la porta, si accorse che…
Eshikni yopib u … ko’zi tushdi (payqadi).

27.03.2021
Shaxboz Mustafayev

Mavzu yuzasidan





InItalia.uz © 2020-