Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

"DA" PREDLOGI


“DA” predlogining semantik ma'nolar bazasiga quyidagilar kiritiladi: kelib chiqish, o’rin-joy, sabab (Sandra è morta dal cancro - Sandra saraton kasalligidan ko‘z yumdi), tavsiflash (Luigi è un bel ragazzo dagli occhi blu - Luigi ko'zlari moviy rangli barno yigit), biror harakatga bog'liqlilik (questa è una macchina da scrivere - bu yozuv mashinasi).

“DA” predlogining yana boshqa vazifalari ham bor:

O'rin holi (moto da luogo)

11 treno arriverà da Napoli.

Poyezd Neapoldan keladi.

Biron o’rin-joy uchun harakat

Vado dal dottore.

Doktorga boraman.

Bir joydagi holat (hol)

Sono da mia zia.

Men xolamlarnikidaman.

O'rin holi (moto per luogo)

È appena uscito dalla porta.

U hozirgina eshikdan chiqdi.

Nasl-nasabi, kelib chiqishi

Provengo da una piccola città del nord d’Italia.

Secondo molti studiosi l’universo sarebbe nato da una gigantesca esplosione.

Men Italiya shimolidagi bir kichkina shaharchadanman.

Ko‘plab olimlar fikricha, olam katta portlash natijasida kelib chiqqan bo’lishi mumkin.

Vaqt (harakatning boshidan)

Studio in Italia da un mese.

Da allora Silvia e Marco non si sono mai più visti.

Men Italiyada 1 oydan beri o‘qiyman.

O‘shandan buyon Silviya bilan Marko boshqa hech qachon ko‘rishishmadi.

Harakatning egasi

Il pranzo è preparato da mia moglie.

Tushlik xotinim tomonidan tayyorlangan.

Sabab

La barca fu travolta dalle onde.

Qayiq to’lqinlar tomonidan ag‘darilib yuborildi.

Masofa

La casa dei Rossi si trova a un chilometro da casa mia.

Rossilar oilasining uyi mening uyimdan 1 km uzoqlikda joylashgan.

Sifat

È un bel giovane dai capelli impomatati.

Sandra era una bionda dagli occhi blu.

Sochlari tartibli barno bir yigit.

Sandra moviy ko‘zli, sariq sochli qiz edi.

Yakun

Occhiali da sole. Servizio da caffè. Spazzolino da denti.

Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar. Qahva xizmati. Tish cho‘tkasi.

Chegara (tana kamchiliklarini ko'rsatish uchun)

Cieco da un occhio. Sordo da un orecchio.

Bir ko‘zi ko‘r. Qulog’ining biri eshitmaydi.

Kesim

Comportarsi da milionario.

Faceva da padre e da madre al piccolo Alberto.

O‘zini millionerday tutmoq.

U kichkina Albertoga ham onalik, ham otalik qilardi.


Mavzu yuzasidan





InItalia.uz © 2020-