Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Bosh harflar bilan yozish


Italyan tilidagi otlar ko’p hollarda bosh harflar bilan yoziladi. Quyidagi hollarda bosh harf bilan yozish majburiy hisoblanadi (istisnolar bor):

-gap boshida;

-nuqta, undov va so’roq belgilaridan so’ng;

-o’zlashma gaplarda

 

È andato in Italia.

«Dove vai?»

U Italiyaga ketdi.

«Qayerga ketayapsan?»

Atoqli otlar, familiyalar; xudo va avliyolar nomlari; maydon va binolarning nomlari; shahar, daryo, tog’ va sh.k.larning nomlari

Luisa, signor Rossi, Dio, la Madonna, Via (via) Mazzini, Piazza (piazza) Roma, il Po, il Monte Bianco, il Amudarya va b.

Millatlar, xalqlar va elatlar nomlari an’anaga muvofiq bosh harf bilan yoziladi, lekin hozirda ko’plab istisnolar kuzatilmoqda. Biroq qadimiy xalqlar nomlari doim bosh harf bilan yoziladi. Ya’ni hozirgi millatlar nomi faqat bosh harf bilan yozilishi kerak degan fikr noto’g’ri. O’zbek tilida ham millatlar nomi kichik harflar bilan yoziladi.

i Tedeschi (tedeschi)

gli Etruschi

nemislar

etrusklar

Gazeta, kitob nomlari / sarlavhalar / san’at asari nomlari / film nomlari va boshqalar

Il Corriere della Sera, La Divina Commedia, La Gioconda va b.

Zamonlar, asrlar va davrlarni ifodalashda

gli anni Trenta

l’Ottocento

il Medioevo

30-yillar

XIX asr

O’rta asrlar

Bayramlar nomlari

Natale

Pasqua

Rojdestvo

Pasxa

Tashkilot va muassasa nomlari

 

 

Istisno: qachonki ular tashkilot sifatida ko’rilmasa kichik harflar bilan yoziladi

lo Stato

l’Università

Davlat

Universitet

Adesso vado all’università.

Hozir oliygohga ketyapman.

Mansab va davlat lavozimlari ifodalanganda

il Presidente della Repubblica

Respublika Prezidenti

Dunyo taraflari, qachonki ular ma’lum joyni (viloyat) ifodalaganda. Italiyaning shimol va janubi doim bosh harf bilan yozilad

L’Italia del Sud

Il sole tramonta a ovest

Janubiy Italiya

Quyosh g’arbga botadi

Hurmat ma’nosini ifodalovchi kishilik va egalik olmoshlari so’z o’rtasida kelsa ham bosh harf bilan yoziladi. Faqat gazetalarda bu qoidadan unchalik foydalanishmaydi.

ArrivederLa

Chi è Lei?

È la Sua valigia?

Xayr

Kimsiz?

Bu sizning jamadoningizmi?

Qisqartma so’zlar (abbreviaturalar); firma, partiya va boshqalar nomlarining qisqartirilgan shakllari

FIAT / RAI / ENIT / UNESCO

(Fiat / Rai / Enit deb yozsa ham bo’ladi, lekin Unesco deb bo’lmaydi)


27.01.2021
Shaxboz Mustafayev




InItalia.uz © 2020-