Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Eufonia hodisasi


Eufonia - italyan tilida mavjud bo'lgan hodisa. Eufonia vazifasini bajaruvchi harflar D, I va R dir.

D eufonica

Eufonia nutqda ham, yozma tilda ham mavjud. Ushbu hodisa d harfining yakuniy qo'shilishidan iborat bo'lsa, unli bilan boshlangan so'zlar bilan talaffuzda qiyinchilik tug'dirmaslik uchun qo’llaniladi. O+d eufonica yozma ko'rinishda deyarli uchramaydi, ammo og'zaki talaffuzda uchrab turadi. O'tmishda va zamonaviy tilshunoslikda D eufonica ko’p holatlarda uchraydi: "a" predlogi (masalan ed ecco, ad andare, ad ascoltare va hk)
"e" (va) bog’lovchisi (ed editore)
"o" bog’lovchisi (suoni od odori, caschi od elmetti)
D eufonica dan foydalanish faqat teng unlilar orasidagi yoki qotib qolgan iboralarda uchraydi. (masalan, "ad esempio" o "tu ed io").

I eufonica

I eufonica dan foydalanish hozirda foydalanishga yaroqsiz. So'zning boshiga I qo'shilishi agar S impura (s, z, x, ps, gn) bilan boshlangan yoki undosh bilan tugagan so'z bo'lsa.
Yana bir sabab so’zning etimologik kelib chiqishi bo’lishi mumkin. Quyidagi misollardan: "Spagna" va "Ispagna" so’zlari "Hispania" dan olingan, "scuola" va "iscuola" so’zlari fransuzcha "ècole" dan olingan.
Bu hodisa XIV asrda paydo bo'lgan va XX asrning boshlarida ishlatilmay qolgan:
strada → istrada
spiaggia → ispiaggia
Spagna → Ispagna
Svizzera → Isvizzera
Svezia → Isvezia
gnocco → ignocco (it. ant., XV secolo)
«Dove vanno tutti gli altri? Prima di tutto, anderemo in istrada» (A. Manzoni, I promessi sposi, cap. XXIX)

R eufonica

Italiya tilida R eufonica ning ishlatilishi D eufonica ga o'xshaydi, u XIX asrda ishlatilmay qolgan, bunda keyingi so'z U bilan boshlanganda predlogga R ning qo'shilishini nazarda tutiladi.
«L'Innominato, dalla soglia, diede un'occhiata in giro; e, al lume d'una lucerna che ardeva sur un tavolino, vide Lucia rannicchiata in terra, nel canto il più lontano dall’uscio.» (Alessandro Manzoni, I promessi sposi, cap. XXI)

InItalia.uz © 2020-