Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Otlarda ko’plik - Plurale dei nomi


Ko'pgina hollarda otlarda so’z oxiridagi qo’shimchani o'zgartirish orqali ko'plikni hosil qiladi.

Uchta asosiy turi mavjud:

1. prima classe: -a tugaydigan nomlar mujskoy rodda bo’lsa -i , jenskiy rodda bo’lda -e ga o’zgaradi:

problema ▶ problemi

casa ▶ case

2. seconda classe: -o bilan tugaydigan otlar -i ga o’zgaradi

ufficio ▶ uffici

mano ▶ mani

3. terza classe: -e bilan tugaydigan otlar -i ga o’zgaradi

cane ▶ cani

chiave ▶ chiavi

Ayrim otlar ko’plikda ikki xil shaklga ega, ya’ni ko’plikda ham musjkoy, ham jenskiy bo’lib kelishi mumkin va qaysi rodda kelganiga qarab ma'no farqlashi mumkin:

filo ▶ fili / fila

gesto ▶ gesti / gesta

labbro ▶ labbri / labbra

braccio ▶ bracci / braccia

Ba'zi otlar birlik va ko'plik uchun yagona shaklga ega:

il re ▶ i re

la crisi ▶ le crisi

la specie ▶ le specie

Ba'zi otlar ko'pliksiz ishlatiladi:

aria

ferro

latte

Umuman olganda, undosh bilan tugaydigan o'zlashma so'zlar odatda (!) ko'plikda o'z holicha qoldiriladi, bunda faqat artikl o'zgaradi:

il film ▶ i film

il camion ▶ i camion

l’iPod ▶ gli iPod

Ala va arma so’zari jenskiy rodda bo’lsa ham ko’plikda -i ga o’zgaradi: le ali, le armi.

  • -cia, -gia (urg’u olgan i) bilan tugaydigan otlar qoidaga mos ravishda -cie, -gie ga o’zgaradi:  

la farmacia - le farmacie 

   a magia – le magie

  • -cia, -gia (urg’u olmagan i) bilan tugaydigan otlardan oldin undosh kelsa, -ce va -ge ko’rinishida o’zgaradi:

la pancia - le pance 

la frangia - le frange

la spiaggia - le spiagge

la pronuncia - le pronounce

Agar ular aksincha, unli bilan birga kelsa, ko’plikka -cie, -gie shaklida o’zgaradi:

la camicia – le camicie

la valigia - le valigie

la socia - le socie   

la ciliegia - le ciliegie

Eslab qoling!

Qaysi holatlarda i harfini saqlab qolish, aksincha, qaysi hollarda uning tushib qolishini bilishning oddiy empirik qoidasi bor: agar c va g unli bilan birga kelsa (ciliegia, camicia, fiducia) u holda ko’plikda i harfi saqlanib qoladi; aksincha c va g undosh bilan birga kelsa (pioggia/piogge, pancia/pance), u holda ko’plik shaklida i harfi tushib qoladi. Eng yaxshisi murakkab ko’plik shakllarini lug’atdan tekshirgan ma’qul, chunki lug’atda to’g’ri shakl bilan birga, o’g’zaki nutqda foydalaniladigan shakllari ham ko’rsatiladi: ciliege, valige, provincie kabi.

  • -ca, -ga bilan tugaydigan otlar mujskoy rodda bo’lsa, ko’plikda -chi, -ghi ga o’zgaradi; agar jeskiy rodda bo’lsa, u holda -che, -ghe shaklini oladi:

il monarca - i monarchi

la marca-le marche

il collega - i colleghi 

la bottega-le botteghe

Faqat "belgasifati istisno holatlardan bo’lib, mujskoy rodda ko’plikgi "belgi" shaklida bo’ladi, jenskiy rodda esa qoida asosida "belghe" bo’lib o’zgaradi.

  • -scia bilan tugaydigan jenskiy roddagi otlarning ko’pligi -sce ga o’zgaradi:

la fascia - le fasce

l’angoscia - le angosce

  • birlikda -ìo (urg’u olgan -i bilan) bilan tugaydigan otlarning ko’pligi -ìi shaklida bo’ladi (faqat "dio" so’zi bundan mustasno, uning ko’pligi "dei" shaklida o’zgaradi: gli dei dell’Olimpo);

lo zìo - gli zìi

l’invìo - gli invìi

il pendìo – i pendìi

il leggìo – i leggìi

  • birlikda -io (urg’u olmagan -i bilan) bilan tugaydigan otlarning ko’pligi -i ga o’zgaradi, faqatgina "tempio" so’zi bundan mustasno, uning ko’pligi  "tempi" (bu "tempo" so’zining ko’pligi bo’ladi) emas "templi" bo’ladi:

il bacio - i baci  

l’occhio - gli occhi

il cambio – i cambi

il viaggio - i viaggi

Italyan tilida -io bilan tugaydigan shunday otlar borki, ularning ko’plik shakli boshqa otlar bilan adashtirilishi mumkin. Masalan, principio va principe otlarining ko’plik shakli bir xil principi bo’ladi. Ularni adashtirmaslik uchun ba’zilar oxirida ikkita -i ishlatishadi (principii), boshqalar esa oxirgi "i" ning ustiga sirkumflek urg’u qo’yishadi (principȋ). Bugungi kunda ko’plikda bitta "iqoldirish ma’qullanmoqda, albatta yozuvda ko’plik shaklini urg’u bilan ko’rsatgan holda.

il principio – i princìpi 

il principe- i prìncipi

l’arbitro – gli àrbitri 

l’arbitrio- gli arbìtri

Hozirgi zamon italyan tilida birlikda -co va -go bilan tugaydigan otlar turli ikkilanishli ko’plik shakllarini namoyon etishmoqda.

Umumlashtirgan holda quyidagilarni aytishimiz mumkin:

  • parole piane - ikki bug’inli otlar (oxiridan ikkinchi bug’in urg’u olsa) ko’plik shaklida -chi va ghi ga o’zgaradi:

il cuoco-i chuochi 

l’ago-gli aghi

il fuoco-i fuochi  

  lo spago-gli spaghi

Istisno holatlari:

l’amico-gli amici

il greco-i greci

il nemico-i nemici 

il porco-i porci

  • parole sdrucciole - uch bug’inli otlar (oxiridan uchinchi bug’in urg’u olsa) ko’plikda -ci va -gi ga o’zgaradi:

il medico - i medici 

il teologo - i teologi

il sindaco - i sindaci 

l’asparago - gli asparagi

Istisno holatlari:

l’incarico - gli incarichi 

il dialogo - i dialoghi

il valico - i valichi   

l’obbligo - gli obblighi

 

Ba’zi otlarning esa ko’plikda ikkta shakli ham mavjud:

 il chirurgo = i chirurghii chirurgi

il sarcofago = i sarcofaghi / i sarcofagi

    

Birlikda -o bilan tugaydigan ba’zi mujskoy roddagi otlar, ko’plikda -a qo’shimchasini olib, jenskiy rodga aylanadi:

il centianio – le cantinaia

il paio – le paia

il migliaio – le migliaia 

l’uovo - le uova

Eslab qoling!

-co va -go bilan tugaydigan otlarning ko’plik shaklida ko’plab ikkilanishli holatlari mavjud. Ba’zi holatlarda kichik ishoralar bilan o’zimizga foyda keltirishimiz mumkin.

-logo bilan tugaydigan shaxsni ko’rsatuvchi otlarning ko’pligi -gi ga o’zgaradi: endocrinologo-endocrinologi, psicologo-psicologi, biologo-biologi.

Narsa va shaxsni bildirgan otlarning ko’pligi esa -ghi ga o’zgaradi: dialogo-dialoghi, decalogo-decaloghi, prologo-prologhi.

-fugo bilan tugaydigan otlar esa ko’plikda doimo -ghi ga o’zgaradi: inifugo-inifughi, callifugo-callifughi.

Nuqsonli otlar

Faqat birlikda yoki ko’plikda ishlatiladigan otlar nuqsonli otlar deyiladi.

Faqat birlikda ishlatiladigan otlarga quyidagilar kiradi:

  • deyarli barcha mavhum otlar: il coraggio, la suberbia, la pietà;
  • ba’zi jamlovchi otlar: la gente, la roba, il fogliame;
  • ba’zi kasalliklar nomlari: il raffreddore, la rosolia, il morbillo, la malaria;
  • kimyoviy elementlar va metallar nomlari: l’ossigeno, l’idrogeno, il titanio, l’oro;
  • ko’plab bayramlar nomi: il Natale, la Pasqua, l’Epifania, il Ramadan;
  • oylar nomlari: gennaio, febbraio, marzo ecc;
  • dunyodagi tanho narsalarni bildiruvchi otlar: l’equatore, il Nord, l’Est, l’Ovest;
  • oziq-ovqat mahsulotlari nomlari: il grano, il mais, il farro, la crusca, il pepe;

Eslab qoling!

Ba’zi birlikda ishlatiladigan otlar ko’plikda ham ishlatilishi mumkin, ammo ularning ma’nosi birlikdagidan farq qiladi. Misol uchun le genti -xalqlar, i ferri - ish qurollari, gli ori – taqinchoqlar ma’nosini beradi. Huddi shunday arie so’zi ham ko'chma ma’noda ishlatilishi mumkin. darsi delle arie - o’ziga bino qo’ymoq, havolanib ketmoq ma’nosida yoki musiqiy sohaga oid ma’nosi ham bor: ieri ho ascoltato delle bellissime arie di Bach - aria ma’nosida.

Faqat ko’plikda ishlatiladigan otlarga quyidagilar kiradi:

  • ikkita teng qismdan iborat narsa-buyumlar nomlari: gli occhiali, le forbici, le pinze, le manette, i calzoni, i pantaloni;
  • narsa-buyumlar yoki harakatlar guruhini bildirgan otlar: le stoviglie, i viveri, i dintorni;
  • lotin tilidan o’zlashgan ba’zi otlar: le ferie, le nozze, le esequie, le tenebre, i posteri.
InItalia.uz © 2020-