Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Unli birikmalar


Unlilar birlashib unlilar guruhini tashkil etadi va ular o’z navbatida italyan tilida diftong, triftong, iato ga bo’linadi.

Diftong

Diftong (I dittonghi)— bir boʻgʻin hosil qiluvchi 2 fonetik unsur (unli)dan tashkil topgan murakkab unli. Unsurlarning biri bevosita boʻgʻin hosil qiladi, ikkinchisi esa unga ergashib keladi va boʻgʻin hosil qiluvchi hisoblanmaydi. Bo’ginlarga ajratilmaydi. Bitta havo zarbi bilan talaffuz etiladi:

ieri [yeri]

fiore [fyore]

fiume [fyume]

piano [pyano]

questo [kuesto]

cuore [kuore]

mai [may]

noi [noy]

Pasayuvchi (birinchi unli boʻgʻin hosil qiladi va italyan tilida I dittonghi discendenti deb aytiladi) va koʻtariluvchi (ikkinchi unli boʻgʻin hosil qiladi va italyan tilida I dittonghi ascendenti) diftonglar oʻzaro farqlanadi.

I DITTONGHI ASCENDENTI da "i" va "u" unlilari bo'g'in boshida keladi:

-ia, ie, io, iu

pianura, schiena, passione, fiume

-ua, ue, ui, uo

tregua, duemila, suicida, suono 

I DITTONGHI DISCENDENTI da "i" va "u" unlilari bog'inning ikkinchi qismda keladi:

-ai, ei, oi, ui

zaino, farei, foiba, lui

-au, eu

aumento, europeo


E'tibor bering:
  • diftong unlilari bitta bo‘g‘inni tashkil qiladi. Shuning uchun ularni bo’g’inlarga hech qachon ajratmaslik kerak: piaz-za; fiu-me;
  • quidagilar diftonglar emas: qua (que, qui, quo), cia (cie, cio, ciu), gia (gie, gio, jun), scia (scie, schia, sciu), glia (glie, glio, gliu) guruhlarida u va i diftongni keltirib chiqarmaydi, chunki bu holda ular q, g, c, sc, gl kabi tovushlarni berishga xizmat qiladigan sof grafik belgilar: mancia so’zidagi [ch] tovushini berish uchun i unlisi kerak bo`ladi. Questo so`zida esa u tavushi bo`lmaganda [kesto] deb talaffuz qilingan bo`lardi. Biroq, bu guruhlar ham bitta bo'g'inni tashkil qiladi va shuning uchun ularni ajratib bo'lmaydi: man-cia; que-sto.

​Triftong

Triftong (i trittonghi) - bir boʻgʻin hosil qiluvchi 3 fonetik unsur (unli)dan tashkil topgan murakkab unli bo`lib, bir havo zarbi bilan talaffuz qilinadi. Unsurlarning biri bevosita boʻgʻin hosil qiladi, qolganlari esa unga ergashib keladi va boʻgʻin hosil qiluvchi hisoblanmaydi.


E'tibor bering:

Diftonglarda bo'lgani kabi triftonglar ham bog’inlarga hech qachon bo'linmaydi, aksincha bir bo`g`inni tashkil etadi: buoi; a- iuo-la.

Iato

Lo iato (lotincha hiatum, “ochilish, ajralish”) bu bir havo zarbi bilan talaffuz qilinmaydigan va shuning uchun diftong hosil qilmaydigan ikki yoki undan ortiq unlilarning birlashishi. Bu quyidagicha sodir bo'ladi:

  • aeo unlilari bir birlari bilan birlashishadi: paese, creatura, boato, reo;
  • urg`uli i va u  unlilari urg`usiz unlilar bilan birlashadi: vìa, pra, pìo;
  • i unlisi prefiks ri- yoki prefiksoid bi- e tri- tarkibida kelganda: riunire, biennio, triangolo;

E'tibor bering:

Unlilar ikki bo`g`inga tegishli bo`ladi va shuning uchun bo`g`inlarga bo`lishda bo`g`inlarga ajratiladile: pae-se; pau-ra; bu-gie; cor-teo.

InItalia.uz © 2020-