Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Italyan tilini o’rganishning asosiy sabablari


• Nima deb o’ylaysiz, nega Motsart o’z operalarini nemis tilida emas, aksincha italyan tilida yozgan?
• Ko’pchilik odamlar italyan tilini eng chiroyli til deb hisoblaydi. Istasangiz bu fikrga ishonch hosil qiling.
• Italyan tilida italyanlar ovqatni qanchalik yaxshi ko’rishini izohlovchi eng ko’p so’zlar mavjud.
• Fellini, Viskonti, Patsolini va boshqa kinorejjisoralarning ijod mahsullarini subtitrsiz ko’rish imkoniyati.
• Dante Alegyerining “Ilohiy komediya” (La Divina Commedia) asarini asliligicha o’qish imkoniyati.
• UNESCO ma’lumotiga ko’ra bashariyatning 60% madaniy merosi Italiyada joylashgan.
• Italiya ― sayyohlar uchun ohanrabo. 2004-yilda turistlar oqimi 339% oshgan. Venetsiyaga bir yilda bir necha million sayyoh borishi ham haqiqat.
• O’zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar beshtaligi orasida ham italyanlar mavjud.
• Italyanlar ajoyib xalqlardan biri bo’lib, juda sersuxan. Ular sizga o’z shahrini bajon-u dil ko’rsatishadi, faqatgina ular bilan italyancha suhbatlashish sharti bilan.
• Italyan tili barcha roman tillarining otasi hisoblangan lotin tiliga eng yaqin bo’lgan tillardan biridir. Italyan tili orqali boshqa tillarni o’rganish osonlashadi.
• Italyan tilida harflar va tovushlarning bir-biriga muvofiqligi juda yaqin (O’zbek tilimizda ham shunday). Undan so’ng ispan tili turadi.
• Italiya ishbilarmonlarilari bilan aloqa o’rnatishda, ular bilan ish boshlashda italyan tili asqatadi, negaki italyanlar ingliz tilida yoki qiynalib yoki xohlamay gaplashishadi.
• San’at, moda, dizayn, opera, pazandachilik va boshqa sohalarda yuqori cho’qqilarga erishmoqchi bo’lgan har bir kishi uchun italyan tilidan xabardor bo’lish juda muhim.




InItalia.uz © 2020-