Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Neapolitancha qo’shiqlar


Neapolitancha qo’shiqlar ― Neapol xalq qo’shiqlari janri. Bu janrning gullab-yashnashi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davrda mahalliy mashxur sozandalar va shoirlar son-sanoqsiz qo’shiqlar yaratish uchun o’z kuchlarini sinab ko’rishadi. Neapolitan qo’shiqlarining o’ziga xos nomlangan “oltin asri” 1835-yil hisoblanadi, bu vaqtda Neapolda Te voglio bbene assaje (men seni juda sevaman) kuyi keng tarqaladi. Qo’shiq matnini Raffaele Sacco (Raffael Sakko) yozgan, musiqasini Francesco Campanella (Franchesko Kampanella) bastalagan. Qo’shiq ommaga 1839-yil 7-sentabr Piedigrotta bayrami kuni taqdim etilgan. Bu bayram Salvatore di Giacomo, Libero Bovio, E.A. Mario, Ernesto Murolo kabilar uchun o’z qo’shiqlarini taqdim etish uchun ajoyib bahona bo’lib xizmat qilgan. XX asr o’rtalarida bu qo’shiq Festival di Napoli festivali sabab qayta jonlanadi. Neapolitancha qo’shiqlarning keng e’tirof etilishi San Remodagi festival bilan bog’liq. XX asrning 60-yillardan boshlab bu janr so’na boshlaydi, sabab San Remo festivali inqirozi (1970-yil yopiladi). Qo’shiqlar milliy klassik meros bilan bog’liq barcha aloqalarini yo’qotadi. Biroq bu janr shuhrati hali hanuz yo’qolganicha yo’q. Har bir ommadli qo’shiqchi o’z ijodiga Enrico Caruso va Beniamino Gigli kabi mashxur xofizlarning qo’shiqlarini kiritishi odatga aylangan.

Neapolitancha qo’shiqlarning milliy sozlari ― mandolin va gitaradir. Ular safiga zarbli cholg’ular (Tamorre) va tamburelli, kakavella (caccavella) yoki putipu (putipù), trikkaballake (triccaballacche), neapolcha ud (calascione) va boshqa milliy cholg’u asboblarini qo’shishimiz mumkin.

Chop etilgan sana: 31.12.2020

Neapolitancha mashxur ashulalar:

'A casciaforte
Anema e core
'A tazza 'e cafè
Core 'ngrato
Dduje paravise
Era de maggio
Funiculi funiculà
Guaglione
Guapparia
Lacreme napulitane
Luna caprese
Luna Rossa
Malafemmena
'O sole mio
'O cunto 'e Mariarosa
'O surdato 'nnammurato
Passione
Reginella
Tammurriata nera
Te voglio bene assaje
Torna a Surriento
Tu vuo' fa' l'americano
Voce 'e notte

Ba’zi bir sozanda-yu mashshoqlar

Sergio Bruni
Anna Calemme
Renato Carosone
Gigi D'Alessio
Nino D'Angelo
Eduardo De Crescenzo
Beniamino Gigli
Enzo Gragnaniello
Roberto Murolo
Massimo Ranieri
Giacomo Rondinella

Mavzu yuzasidan





InItalia.uz © 2020-