Biz hozirda yuqori tezlikdagi shosse, biz zumlik xabar almashish va ovqatni tezda tayyor qilib bo’ladigan zamonda yashamoqdamiz. Hozirda turli xil til kurslari sizga istalgan tilni bir haftadan bir oygacha bo’lgan muddatda o’rganishingiz mumkinligi haqidagi takliflarni berishi mumkin.
Bu maqolada biz sizga nafaqat italyan, balki barcha yevropa tillarini o’rganishda asqatishi mumkin bo’lgan universal – “5 qadam” metodi haqida ma’lumot beramiz. O’zingizga, albatta, hamroh toping, bu bilan sizning til o’rganishni qiziqarli, maroqli va foydali o’tadi. Til o’rganish davomida til egalari bilan suxbatlashing va Italiyaga borish imkoniyatlarini ham ko’rib chiqing.
Mundarija
Italyan tilini tez o’rganishning “5 qadam” metodi
Mutaxassislardan italyan tilini o’rganish bo’yicha maslahatlar
Til o’rganishda qilish kerak bo’lmagan TOP-5 ta xato
Italyan tilini o’rganish uchun foydali bo’lgan 30 ta resurs
Umumiy xulosalar
Italyan tilini tez o’rganishning “5 qadam” metodi
Bu universal metod hisoblanib, aksariyat yevropa tillarini o’rganish uchun asqatadi. U o’zida o’quv jarayonini sinchini, skeletini mujassamlashtiradi, shu sababli uni o’z xohishingiz, qiziqishingiz, qo’ygan maqsadlaringizga ko’ra to’ldiring, tahrir qiling.
5 qadam quyidagilardan iborat:
Motivatsiya nafaqat o’qishda, balki hayotda ham abadiy dvigatel bo’lib xizmat qiladi. Aynan u sizni og’ir kundan so’ng shug’ullanishga majburlaydi, omadsizliklarga qarshi turib bera olishni va o’ziga bo’lgan ishonchni so’ndirmaslikka undaydi. Oldingizga qo’ygan maqsadlaringiz uchun motivatsiyasini ishlatish kerak. Nega siz italyan tilini o’rganmoqdasiz? Shunchaki – bu savolga yaxshi javob emas. Siz til o’rganish afzalliklarini bilib oling va ular sizning hayotingizni qay darajada o’zgartirishini tushunib yeting. O’shandagina siz motivatsiyaga ega bo’lasiz.
Maqsadni katta qo’yish kerak. U aniq, erishib bo’ladigan va vaqt bilan chegaralangan bo’lishi kerak. To’gri qo’yilgan maqsadga namuna: “Men Milanga ko’chib ketish va kelajakda Italiya fuqaroligini olish uchun italyan tilini 2 yil ichida intermediate darajasigacha o’rganmoqchiman”.
Reja qo’yilgan maqsadga erishish uchun qilinishi kerak bo’lgan vazifalar yo’riqnomasi vazifasini o’tashi kerak. Rejani imkon qadar maxsus kurs va qo’llanmalar mualliflari maslahatlariga ko’ra tuzgan samaraliroq. Ularni internet orqali topish oson. Yodda tutingki, har bir rejani o’zingizga moslashtirishingiz kerak.
Tartibga qat’iy amal qilish kerak. O’z oldingizga haftalik rejalar tartibini tuzib oling. Faqat shanba kuni 2 soat shug’ullangandan ko’ra, har kuni 15 daqiqa shug’ullaning. Vazifalarni sababsiz tashlab qo’ymaslik, ortga surmaslik kerak. Ammo o’zingizni urintirib qo’ymang – siz italyan tilini bir haftada yoki bir oyda o’rgana olmaysiz, bu utopiya (xomxayol), imkonsiz. Natijani faqatgina uzluksiz mashg’ulotlar keltiradi.
Muvaffaqiyat – sizning ta’limingiz natijadorligini asosiy ko’rsatkichidir. Pedagoglarga ko’ra o’qish davomida tez-tez nazorat sinovlari o’tkazib turish kerak. Ulardan yaxshi o’tolsangiz, bu siz barini tog’ri qilayotganligingizni bildiradi. Motivatsiyani yo’qotmaslik uchun erishgan yutuqlaringizdan so’ng o’zingizni rag’batlantirib borishni unutmang.
Mutaxassislardan italyan tilini o’rganish bo’yicha maslahatlar
Quyida pedagog va poliglotlarning bizga samarali va o’z navbatida nostandart tuyulgan 3 ta fikrini keltirib o’tamiz.
Italiyaga borish yo’llarini izlang
1 oy Italiyada yoki o’sha til muhitida bo’lish 5-6 oylab uy sharoitida til o’rgangandan samaraliroq hisoblanadi. Tilni zo’r bilmoqchimisiz – Italiyaga boring. Qaynoq (arzon) turlarni izlang, almashinish doirasida Italiyaga borishga harakat qiling.
Italiyada o’qish imkoniyatlarini ko’rib chiqing
Oddiy yo’l bilan Italiyaga ketish qiyin bo’ladigan bo’lsa, Italiyada o’qish harakatini qiling. Bu juda oson ish emas, lekin uddalasa bo’ladigan ish. Grantlarni izlang, agar o’zingiz qila olmasangiz o’qishga yuboradigan kompaniyalarga murojaat qiling. Agar talaba bo’lsangiz, ERASMUS MUNDUS orqali Italiyaga borishga urinib ko’ring. Loyiha orqali istalgan mutaxassislik bo’yicha bir qancha dasturlarni topish va tanlangan dastur yoki yo'nalish yoinki mutaxassislik bo’yicha chet el oliygohiga grant bilan ketish mumkin.
Til o’rganuvchilar jamiyatiga qo’shiling
Ijtimoiy tarmoqlarda italyan tilini o’rganayotganlarning maxsus guruhlari va kanallari mavjud. O’sha guruh va kanallarga a’zo bo’ling, guruhlarda faollik ko’rsating. Maslahat so’rang, muloqot qiling, guruhdagi materiallardan foydalaning.
Til o’rganishda qilish kerak bo’lmagan TOP-5 ta xato
Odamlar orasida tarqalgan eng katta yanglish bu tilni 1-2 oyda o’rganish mumkin degan fikr. Bu muddat orasida siz keng tarqalgan gap va so’zlarni yod olishingiz va kichik matnlar tuza olishingiz mumkin, biroq bu italyan bilan erkin muloqotga kira olasiz degani emas. Quyida keltirilgan 5 ta keng tarqalgan xatolardan uzoqlashishga harakat qiling:
Yuqoridagilar bilan birgalikda italyan tilini o’rganishni marafonga aylantirmang, o’zingizni azoblamang. Sizga til o’rganish oson va yoqimli bo’lishi kerak.
Tilni uy sharoitida o’rganayotgan bo’lsangiz ham o’z oldingizga global maqsadlar qo’ymang. Bir mashg’ulot davomiyligi 1 yarim soatdan oshmasligi kerak, eng ma’quli 45-60 daqiqa.
Italyan tilini o’rganish uchun foydali bo’lgan 30 ta resurs
Siz uchun biz o’quv jarayoniga yordam beradigan 30 ta sayt va mobil ilovalar ro’yxatini tuzdik. Agar siz mustaqil qanday qilib italyan tilini o’rganishni bilmasangiz – optimal metodikani tanlang, o’zingizga moslashtiring va mashg’ulotlarga kirishing. Agar o’zingizning rejangiz bo’lsa, quyidagi resurslar qaytaga sizning o’qishingizga yordam beradi.
Italyan tilini mustaqil o’rganish mumkin bo’lgan TOP-7 ta sayt
Audio:
Grammatika:
Leksika – so’z boyligi:
Fonetika:
Vaqtichog’lik:
Biz 30 ta mashxur resurlarni keltirib o’tdik, lekin ular bilan chegaralanmaslik kerak, internet tarmog’ida bundan-da ko’p resurslar mavjud.
UMUMIY XULOSALAR
Yuqoridagi maqoladan kelib chiqqan holda sizga quyida italyan tilini o’rganish uchun e’tibor berishingiz kerak bo’lgan maslahatlarni jamladik:
Maullif: Shaxboz Mustafayev
O'zDJTU italyan tili o'qituvchisi
02-aprel, 2022