Assalomu alaykum, aziz o'quvchi. 2021-yil bizning saytimiz uchun muvaffaqiyatli yil bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz, negaki joriy yilda biz kutilmagan natijalarga erishdik. Quyida Google va Yandex analitikasi bo'yicha saytimizning bir yillik statistikasini ko'rib chiqamiz.
Quvonarlisi, 2021-yil davomida saytimizga tashrif buyuruvchilar soni biz kutgandanda ko'p bo'ldi, ya'ni bir yil davomida saytimizga tashrif buyurgan UNIKAL tashrifchilar soni taqriban 2800 kishiga teng bo'ldi. Bu o'zbek segmentida italyan tiliga qiziquvchilar sonining yetarlicha ko'pligidan dalolat beradi. Bu esa "kamina" uchun juda ham quvonarli holatdir, chunki men yaratgan sayt bu darajada ommalashadi deb o'ylamagan ham edim.
Tashrifchilarning saytga qanday tashrif buyurganligi bo'yicha statistika shuni ko'rsatadiki, 54% tashrifchi qidiruv tizimlaridan foydalangan. Diagramma ko'rinishda quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
Qidiruv tizimlari orasida yetakchilikda Google, undan so'ng Yandex va boshqalar.
Saytga, asosan, smartfonlar (78,7%) va kompyuterlar (20,7%) orqali kirilgan. Planshetlar (0,59%) esa quyi pog'onada.
Saytga kiruvchilarning yoshi esa Yandex bo'yicha quyidagicha taqsimlangan:
Ko'rib turganingizdek, saytimizni ko'pchilik taniy boshlashdi. Qidiruv tizimlarida hozircha saytimiz yuqori pog'onalarda namoyish etilmoqda.
2022-yilda ham saytimizni rivojlantirish ustida ko'proq ishlashga harakat qilamiz. Jahon tillari universitetiga ishga kirganligim tufayli saytga u qadar ko'p e'tibor bera olmadim. Yangi yilda esa saytning to'ldirilmagan qismlarini to'ldirish niyatim bor.
Xabaringiz bordir, telegramda ham italyan tilini o'rgatuvchi maxsus kanalimiz mavjud. Kanalni yosh va umidli ukalarimizdan biri Qodirov Shohruh yuritadi. Kanalda saytda berib bo'lmaydigan kunlik qiziq ma'lumotlar, grammatik qoidalar, turli so'zlar va ularning ishlatilishi, kino-musiqa va boshqa qiziq ma'lumotlar berib boriladi. Kanalning ham muhlislari anchagina bo'lib, hozirda ularning soni 2 mingdan ziyoddir. Nasib qilsa, 2022-yilda ham saytimizni har tomonlama rivojlantirib joriy yildagidanda yaxshiroq natijalarga erishish niyatimiz bor.
Agar qandaydir taklif-savollaringiz bo'lsa, menga telegram bot, sayt ostidagi Jivo messenjeri yoki e-mail orqali yuborishingiz mumkin. Xabarlaringizni albatta ko'rib chiqaman.
Yangi Yilingiz qutlug' va barakotli kelsin!!!
Hurmat va ehtirom ila,
Mustafayev Shaxboz
Qodirov Shohruh