Shrift o'lchami: A A
Sayt ranggi: A A A A

Initalia.uz sayti yana o’z faoliyatini tiklamoqda





Saytimiz tashrifchilari, bilasizki, bir yil oldin biz o’z oldimizga bir qancha maqsadlar qo’ygan edik. Ammo ish va boshqa sabablar tufayli ular bajarilmasdan qoldi. Yangi 2023-yilda saytni yangi ma’lumotlar va hali joylanmagan grammatik mavzular bilan boyitishga harakat qilaman.

Avvalambor saytning o’tgan yildagi statistikasi bilan bo’lishmoqchimiz. Jumladan, 2022-yil davomida saytga tashrif buyurganlar soni googe analitika bo’yicha karrasiga oshdi va 6 000 ga yetdi. Ko’rishlar soni esi 12 mingdan oshdi.



Yandex metrika bo’yicha esa statistika quyidagicha:



Yuqoridagi ko’rsatkichlar sayt juda ko’plab kishilarga yordam berayotganligidan darakdir va bu men uchun asosiy yutuqdir.

2022-yil so’ngida men faoliyat olib borayotgan Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi jamoasi kafedra saytini yaratishga qaror qilgan edik, mana 2023-yilning 11-yanvar sanasida sayt rasman ishga tushdi.

Sayt orqali biz nafaqat talabalarga, balki italyan tiliga qiziquvchilarga kafedra hayotidan lavhalar, italyan tili bo’yicha grantlar, talabalar uchun muhim yangiliklarni berib boramiz. Saytga quyidagi havola orqali o’tishlaringiz mumkin:
https://italia-uzswlu.uz

Hurmat va ehtirom ila,
Mustafayev Shaxboz

InItalia.uz © 2020-