ROJDESTVO yoki MAVLUD – deyarli bir oy davom etadigan (8-dekabrdan 6-yanvargacha) katolik xristianlarining g’aroyib bayramlari yig’indisi. Bu bayram o’z ichiga g’aroyib urf-odatlarni, taomnomadagi o’zgarishlarni va boshqalarni oladi.
MUNDARIJA:
1. Italiyada Rojdestvo an’analarining ibtidosi
2. Advent – Italiyada Rojdestvoni kutish
3. Rojdestvo qahramonlari. Kim Rojdestvoda bolalarga sovg’a beradi
4. Italiyada arafa (24 dekabr) va Vatikandagi mavludiy messa
5. Italiyada Rojdestvo
6. Rojdestvodan keyin. Italiyada yangi yil
7. Yangi yilga oid so'zlar
1. Italiyada Rojdestvo an’analarining ibtidosi
Italyan rojdestvo an’analari xristianlikka asoslangan, biroq u qadimgi rimliklarning majusiy bayrami Saturnaliyga borib taqaladi. Bu bayram, ya’ni dehqonlar homiysi Saturn sharafiga nishonladanadigan bayram azaldan yilda bir kun – 17-dekabrda nishonlangan. Keyinroq, Rim Respublikasi va imperiyasi davrida bayram 5, hatto 7 kun davom etgan.
Saturnaliy bayramida, hosil yig’ib olish va ishlarning yakunlanganidan so’ng dam olish, xursandchilik qilish, dabdabali dasturxon bezatish va yaqinlariga sovg’a ulashish odat tusiga kirgan. Qimor o’ynash ham taqiqlanmagan. Faqat ushbu kunda to’ralar va qullar rollarini almashtirishlari mumkin bo’lgan: qullar dam olgan, to’ralar ular uchun taom tayyorlaganlar. Yana bir faraz borki, yil oxirida sovg’a almashish qadimgi rimning yangi yil va iqbol ilohasi Streniya bilan bog’liq. Farazga ko’ra “sovg’a” ma’nosini beruvchi italyancha strenna (le strenne di Capodanno – yangi yil sovg’alari) so’zi aynan iloha nomidan olingan.
Milodiy IV asrda, xristianlikning tarqalishi bilan rimliklar uchun odatiy hisoblangan Saturnaliy va qishgi quyosh turishi bayrami bitta bayram – Rojdestvo bilan almashtirilgan edi, shu tariqa ba’zi qadimgi rim an’ana va udumlari hozirgi kunlargacha saqlanib qolgan.
2. Advent – Italiyada Rojdestvoni kutish
Advent (lotincha adventus – «kelish», «paydo bo’lish») – Rojdestvodan avvalgi kutish vaqti bo’lib, bu vaqtda xristianlar o’zlarining asosiy bayramlaridan biriga tayyorgarlik ko’rishadi. Adventning ilk kuni katolik dinida Rojdestvogacha bo’lgan 4-yakshanbadan hisoblanadi (bu sana yilga qarab 27-noyabrdan 3-dekabrgacha tushishi mumkin).
Advent ikki xil ma’noga ega. Birinchidan, bu “quvonchli kutish vaqti” – Rojdestvoga tayyorgarlik ko’rish davri. Ikkinchidan, cherkov dindorlarni Iso Masihning qaytishi mumkinligi haqida o’ylashga chorlaydi. Advent kunlari maxsus Advent taqvimida qayd etib boriladi (bu an’ana ko’proq Avstriyaga chegaradosh Italiya shimoliy hududlariga xos), hisobning boshlanishi esa ko’proq 1-dekabr qilib olinadi. Advent taqvimi 1 dan 25 gacha raqamlangan bo’lib, har bir raqam ortida diniy rasm, she’r, topishmoq, shirinlik kabilar bo’lishi mumkin.
Italyan shaharlari Rojdestvoga tayyorgarlikni (bezatish, yoritish va b.) noyabr oxiri dekabr boshida boshlashadi. Odatga ko’ra, 8-dekabrgacha (Bibi Maryamning muqaddas ruhdan homilador bo’lish kuni) tayyorgarlik yakunlanadi, maydonlar hamda mashhur obidalar qarshisida archa o’rnatiladi.
Dekabr oyi butun Italiyada bayram shukuhi seziladi, bayram bozorlarida esa qovurilgan kashtan va pishiriqlar hidi ufurib turadi. Italiyadagi bayram bozorlari (Mercatino di Natale) Germaniya yoki Avstriyadagidek katta bo’lmasa ham, yetarlicha jozibadordir, ayniqsa shimolda. Bu yerda hududning milliy mahsulotlarini, shirinliklar, sovg’alar va boshqa ko’plab hunarmandlar mahsulotlarini sotib olsa bo’ladi. Bozorlar ish vaqti joyga qarab farqlanadi, qayerdadir bir hafta bo’lsa, boshqa yerda 8-dekabrdan 6-yanvarga (Xushxabar) qadar.
Cherkov hovlilari, do’konlar peshoynalari (vitrina), maydonlar va uylar presepe, ya’ni Injildagi Iso Masihning tug’ulish sahnasini gavdalantiradigan haykallar, suratlar bilan bezatiladi. Qoidaga ko’ra, unda g’or va uning markazida Bibi Maryam, jodugarlar va hayvonlar qurshovidagi belanchakda yotgan Iso Masih tasvirlangan. Bu an’ananing paydo bo’lishi O’rta asrlarga, Fransisk Assizskiy davrlariga taqalib Neapol va Amalfitan qirg’oqbo’yida o’zining yuqori cho’qqisiga yetgan. U yerda hunarmandlar Isoning mavludini o’ta murakkab sahna ko’rinishlari va turli-tuman haykalchalar bilan jonlantirishgan. Bu kabi konstruksiyalar maydonlarni va favvoralarni yil bo’yi bezatib turishi mumkin, lekin Iso Masih haykalchasi belanchakda faqat Mavlud bayramida paydo bo’ladi.
Muqaddas Petr maydonida «100 presepi al Vaticano» deb nomlangan xalqaro ko’rgazma bo’lib o’tadi va unda turli materiallardan tayyorlangan 100 ta mavlud sahnalari aks ettiriladi. Oldinlari bu ko’rgazma an’anaviy ravishda Piazza del Popolodagi (xalq maydoni) Bramante zalida o’tkazilardi, ammo 2018-yildan boshlab Vatikanda o’tkaziladigan bo’ldi. 2021-yilda ko’rgazma 5-dekabrda boshlanib 2022-yilning 9-yanvarigacha davom etadi.
Advent mobaynidagi boshqa mashhur odat – uy va cherkovlarni 4 ta sham – Mavludgacha bo’lgan to’rt yakshanba ramzi o’rnatilgan archa shoxlaridan qilingan gulchambarlar (Advent gulchambari) bilan bezatishdir. Shamlar har xil rangli bo’lishi ham mumkin. Gulchambardagi doimiy yashil archa shoxlari va aylana shakl – hayotning uzluksizligi, Xudoning muhabbati va abadiyligini bildiradi. Shamlarning rangi esa yorug’likning zulmat ustidan g’alabasi nishonasidir.
8-dekabrdan boshlab Rim va Kalabriya, Kampaniya va Sitsiliya shaharlari ko’chalarida va cherkovlarida volinka (dam bilan chalinadigan rus xalq cholg’u asbobi) va shalma (XII asr cholg’u asbobi) bilan qurollangan va cho’ponlarning milliy kiyimlarini kiyib olgan cholg’uchilarni bayram qo’shiqlarini chalayotganliklari ko’rish mumkin.
Mavludgacha 9 kun qolganda Novenna (novenna – lot. «9») boshlanadi. Ushbu 9 kun davomida cherkovlarda uzluksiz duolar o’qiladi, bu esa Bibi Maryamning 9 oy davomida Iso Masihni qornida ko’tarib yuganligini bildiradi. Ba’zi yerlarda bolalar cho’poncha kiyinib, uyma-uy yurgan holda she’rlar aytishadi va evaziga pul yoki shirinlik olishadi (Ramazonni eslang).
3. Rojdestvo qahramonlari. Kim Rojdestvoda bolalarga sovg’a beradi
Italyan bolalari ham boshqa xristian bolalari kabi Babbo Natale’ga (Santa Klaus, Qor bobo) xat yozishadi.
Ko’plab tadqiqodchilar fikricha, Santa Klaus shaxsi hoki Italiyadagi Bari shahrida saqlanuvchi qadimgi yunon yepiskopi Muqaddas Nikolay Sehrgarga (Chudotvorets; ingliz – Saint Nicola) borib taqaladi. U asli turk shahri Pataradan. Biz bilgan Qorboboning ustki qizil rang kiyimi esa qadimgi davr yepiskoplarining kiyimidir. Santa Klaus nomi esa gollandcha Sinterklaas so’zidan kelib chiqqan bo’lib, Niderlandiya xalqi Muqaddas Nikolayni shunday chaqirishgan. Nikolay juda ham bolalarni yaxshi ko’rgan. Italiya janubida, Bari shahrida bolalar xatlarini aynan o’sha Muqaddasga yo’llashadi va 5 dan 6-dekabrga (6-dekabr - Muqaddas Nikolay kuni) o’tar kechasi sovg’alar olishadi. Italiyada chaqaloq Isoga xat yozadiganlar ham yo’q emas.
Ammo Babbo Natale italyan madaniyatida milliy sovg’a beradigan qahramon emas. G’alati bo’lsa ham italyan bolalariga sovg’alarni soqolli boboy emas, balki qo’rqinchli yalmog’iz (biri supurgida, biri eshakda) tarqatadi. Biz yalmog’iz Befana haqida gapirayapmiz. Afsonalarga ko’ra, 3 samoviy jodugar Befana huzuriga borib, undan jajji Isoni topishga yordam berishini so’rashadi, lekin Befananing uyida bir dunyo ishi bo’lganligi uchun ularga rad javobini beradi, biroq keyinroq fikrini o’zgartiradi va hozirgacha yo’lida uchragan yaxshi bolalarga sovg’alar berib, “osha” chaqaloqni izlaydi. Aytgancha, Befananing supurgisi nimadan qilinganligi sizlarga qiziqdir-a? Befananing supurgisi “saggina”dan, ya’ni jo’xoridan qilingan.
Befana yomon jodugar emas, aksincha yaxshi: supurgida uchadi, uylarga dudbo’rondan xuddi Qorboboga o’xshab tushib bolalarning ilingan paypoqlariga sovg’a va shirinliklar solib ketadi. Yomon bolalarga esa ko’mir va qora obakidondon qoldiradi. Befananing o’z qarorgohi bor bo’lib, u Urbaniya shahrida (Marke viloyati).
Befana Mavludga aloqasi yo’q, u Epifaniya (Bogoyavleniye; Iso Masihning yerga kelib ketishi yoki Iso Masihning muqaddas suvda cho’milishi kuni) bayramiga aloqador. U 5-dan 6-yanvarga o’tish kechasida uylarga keladi. Aytiladiki, yaxshi uy egasining uyida Befana hatto pollarni artib ham ketarkan. Odat bor: Befana uchun bir bokal vino va bir likopcha ovqat qoldirish.
Italiyaning shimoli-sharqidagi Bergamo, Breshia, Verona va Pyachensa kabi ba’zi shaharlarda bolalar xatlarni muqaddas Lyusiyaga yozishadi va cherkovlardagi maxsus qutilarda tashlashadi. U Sitsiliyaning Sirakuza shahrida yashagan va Iso Masihga bo’lgan muhabbati uchun ko’zi ko’r bo’lgan va o’ldirilgan. Lyusiya ismi lotincha lux (nur) so’zidan kelib chiqqan.
Muqaddas Lyusiya kuni 13-dekabrda nishonlanadi. Odatga ko’ra, Lyusiya – oq libos kiygan yosh juvon, atrofi olovchalar bilan o’ralgan. U eshakda sayr qiladi, yonida esa Kastaldo ismli, Santa Klausning elfiga o’xshash yordamchisi yuradi. Lusiya ham yaxshi bolalarni siylaydi, yomonlarni esa ko’mir bo’lagi bilan taqdirlaydi. U va uning hamrohi uchun oldindan taom tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak.
4. Italiyada arafa (24 dekabr) va Vatikandagi mavludiy messa
Rojdestvo arafasida (Arafa - La vigilia di Natale) dindor italyanlar cherkov messalari (ibodat kuyi) uchun tayyorlanishadi. Odatda bu 24-dekabr yarim oqshomidan boshlanadi va 25-dekabrgacha davom etadi. Bu kunda hayvon go’shti yemaslik kerak. Kechki ovqat esa “Yetti baliq bayrami” nomi bilan mashhur, ya’ni bu katolik cherkovining yetti sirini bildiradi. Yaqin o’tmishgacha arafa kunining taomi qovurilgan ilonbaliq hisoblangan, lekin hozir dasturxonda ko’proq dengiz mahsulotlari va baliq hamda sabzavotlardan qilingan taomlarni uchratish mumkin.
Ba’zilar Rim Papasining tantanavor messasini eshitish uchun Vatikandagi 15 000 kishini sig’diruvchi Muqaddas Petr soboriga borishadi. Messa 24-dekabr 19:30 da boshlanadi va jonli efirda ko’rsatiladi.
Rim papasining 25-dekabrdagi bayramona murojaati “Urbi et Orbi”ni ko’rish uchun chiptalarni oldindan sotib olish kerak. Chiptalar tekin, lekim kichik so’rovnomani to’ldirish kerak. Chiptalarga messaga yarim yil qolganda buyurtma berish kerak, shunda imkoniyat ko’proq bo’lishi mumkin. Messaga 3-4 kun qolganda chiptalarni Papa uyi prefekturasidan (Prefettura della Casa Pontificia) olish kerak. Maydonga kirish uchun ulkan navbatda turish kerak, shunda ham chiptaning borligi maydonga kirish mumkinligini anglatmaydi, agar maydon to’lgan bo’lsa, chiptalilarni ham kiritishmaydi.
5. Italiyada Rojdestvo
Rojdestvo yoki Mavlud – Italiyaning davlat bayrami va rasmiy dam olish kuni. 25-dekabr peshin vaqtida Muqaddas Petr bazilikasi balkonidan Rim Papasi ommaga murojaat qiladi va “Urbi et Orbi” deb nomlangan oq-fotiha beradi.
Mavlud bayrami italyanlar uchun katta, dabdabali bezatilgan stol atrofida oila a’zolari bilan birga o’tkazish. Arafa kechki ovqatidan farqli Rojdestvo dasturxoniga cheklov qo’yilmagan. Aksincha, o’sha kuni go’sht yeyish bu udumning bir qismi.
An’anaviy bayramona dasturxon (cenone) quyidagi taomlarni o’z ichiga olishi mumkin:
Italyanlar bir-birini Buon Natale deya tabriklashadi. Bolalar esa archa ostidan sovg’alar topishadi.
Bayram odatlariga ko’ra, sevishganlar chiroyli omela va doim yashil o’simliklardan qilingan gulchambar ostida bo’lib qolsalar, bir-birlaridan bo’sa olishlari zarur. Kimki Mavlud bayramida atayin gulchambar ostida o’pishsalar, ular unashtirilgan hisoblanadilar.
6. Rojdestvodan keyin. Italiyada yangi yil
26-dekabr – Muqaddas Stefan kuni (Il giorno di Santo Stefano) – rasmiy dam olish kuni.
31-dekabrdan 1-yanvarga o’tar kechasi Italiyada ham Yangi yil nishonlanadi. Mavlud bayramidan farqli ravishda bu kunni italyanlar oila davrasida emas, balki ko’chalarda do’stlar davrasida o’tkazishadi. Barga, klublarga borishadi, maydonlarni aylanishadi.
Yangi yil irimlari: yangi yil kechasida qizil rangli kiyim kiyish yangi yilda omad keltiradi yoki oynadan eski lash-vushlarni, hatto mebellarni uloqtirish (hozirda bu odatdan voz kechishgan).
Yilning ilk kuni Capodanno (aynan “yil boshi”) yoki Muqaddas Silvestr kechki tushligi deyiladi. Bayramona dasturxonda boylik ramzi – cho’chqali taomlar yoki omad va muvaffaqiyat ramzi – yasmikli taomlar. Eski yilni prosekko yoki boshqa vino yoki shampan bokali bilan kuzatishadi.
Odatga ko’ra yangi yilning ilk kunini yaxshi o’tkazish kerak. 6-yanvar Epifaniya bayrami bo’lib, rasmiy dam olish bayrami. Bu bayramning boshqa nomi ham bor – Uch jodugar bayrami. Ular chaqaloq Iso Masihga sovg’a-salomlar olib kelishgan. Bu kunda Rim ko’chalarida Injilda keltirilgan voqealar asosida sahna ko’rinishlari bo’lib o’tadi. Katta shaharlarda rang-barang kiyimli tantanali yurish bo’lib o’tadi. Cherkovlarda esa o’ziga xos qisqa ibodat (molebn) uyushtiriladi: Isoga shoh sifatida oltin, xudo sifatida – ladan (turli o’simliklardan olinadigan xushbo’y smola), inson sifatida – mirra (xushbo’y smola turi va shunday smola beradigan daraxt) qurbonlik keltiriladi.
5-yanvardan 6-yanvarga o’tar kechasi bolalar paypoqlarni ilishadi va Befana ularni sov’alar bilan to’ldirishini kutishadi. Kunduzi bayram tadbirlarini tugallanishiga atab yana katta va taomlarga to’la dastuxon tuzaladi.
7-yanvardan boshlab esa Italiyaning katta-kichik shaharlari odatiy hayot tarziga o’tishadi.
Yangi yilga oid so'zlar
Maqola yozishda wowitaly sayti ma'lumotlaridan foydalanildi.
Mavzu yuzasidan