2020-yilning dekabr oyi InItalia.uz sayti ishga tushirilgan sana hisoblanadi. Sayt ro'yhatdan o'tkazilgandan buyon bora-bora yangidan yangi ma'lumotlar bilan boyitilmoqda. 2020-yilning bir oyi ichida saytning ma'lumotlar bazasi anchayin kengaydi va bu boshlangan ishning ibtidosidir. Sayt yaratilgan buyon italyan tilini o'rganmoqchi bo'lganlardan turli xil xabarlar kelib turdi.
Joriy yilda ham saytni yanada ko'proq ma'lumotlar bilan boyitishga harakat qilamiz. Yil davomida saytga 15 dan ziyod yangi maqola, 10 dan ziyod test, 20 tadan ko'p grammatik ma'lumotlarni kiritish va sayt mediatekasini boyitishni maqsad qilib qo'yganmiz. Yana ijtimoiy tarmoqlarda kanal ochish va italyan tili kursini tashkil qilish niyati ham bor.
Sayt til sohasiga bag'ishlangan o'zbek segmentidagi ilk saytlardan biri bo'lganligi bois uning auditoriyasi sekin-astalik bilan ko'payib bormoqda. Sayt kamchiliklardan holi emas, agarda saytda xatolikni ko'rsangiz shu haqida xabar bersangiz sayt rivojiga hissa qo'shgan bo'lardingiz. Sizlardan sayt takomili uchun har qanday xabarlarni kutib qolamiz.
Hurmat bilan,
Shaxboz Mustafayev
Qodirov Shohruh